«Ilk qadam»
dasturida ko'zda tutilgan vazifalarni to'laqonli
amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi
va bajarilishini nazorat qiladi;
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish
kurslarida
ma'ruzalar
o'qishga,
seminar-mashg'ulotlar
o'tkazishga va to'garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida
tashkil etilgan uslubiy Kengash
metodikasi kabinetlari
faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va
texnologiyalarni joriy etishga mas'uldir.
Kengash tarkibiga
metodistlar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari
va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari,
oliy o'quv yurtlarining yetuk professor-o'qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta'lim
metodikasi kabinetining ish rejasi,
bajarilgan va rejalash-
tirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi,
ta'lim-tarbiya ishlarini
yanada takomillashtirish, jumladan,
metodika kabinetlarining ilg'or pedagogik tajribalarni to'plash
borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta'lim bo'yicha
uslubiy qo'llanmalarni
muhokama qilish, tasdiqlash bilan
bog'liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida
xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli
shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma'ruzalar,
seminar-
treninglar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi).
4.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida
ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona
tashkil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: