yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam
bo'lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri
va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga
qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli,
birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi
va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim
muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan
jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi.
Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni
qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi
ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim
metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa
ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni,
ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va
tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining
kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma
va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam
berishdan iborat.
Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan
tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning
uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va
boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va
takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: