bilig» asari, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i, Kaykovus-
ning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.
Mazkur ta'limiy asarlarda inson shaxsini ma'naviy kamol-
ga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina
amalga
oshirish mumkin, degan g'oya ilgari surilgan. Haqiqiy
bilimga asoslangan ta'limiy uslub shakllanadi, natijada ta'lim-
tarbiya olimlar diqqat markazida bo'Idi.
Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson ta-
komilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda riimalarga e'tibor
berish zarurligi, taTim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr
yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga
erishuv
to'g'risida», «Ilmlarning kelib chikishi» kabi maorifiy asarlar
ida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan.
Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqida
gi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. 0 ‘quvchiga bi
lim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hoka-
zolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson ka-
molotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi zamon
pedagogikasida e'tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezo-
ni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar jo-
hil bo'Iadi,
ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan
kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan
og'irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar
bolalar yoshiga mos bo'lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi
va qobiliyatlarini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar
bilan olib borish kerakligini uqtiradi.
Pedagogik fikr rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiy-
ning
pedogogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predme-
ti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan.
«Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma'lum
bo'lib, u ta'limning ko'rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish
masalalarini ishlab chiqdi.
Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi
Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo'ldi.
Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika
sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi.
Undan
tashqari «Onalar maktabi» degan Maktabgacha ta'lim qo'llan-
masi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy
o'zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg'un
bo'lishi to'g'risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani
tarbiyalaganda, bog'bon daraxtning biologik o'sish qonuniyat-
ini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hi
sobga olishi shart, deydi. Komenskiy o'qishga hammaning jalb
qilinishini, hamma umumta’lim olishi kerakligini uqtiradi.
«Ta'lim to'g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy das
turi» qabul qilinganiga qadar ham biz Maktabgacha ta’lim
to'g'risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yan
gicha yondashmoqdamiz. Zero, dastur talablariga asosan mak
tabgacha ta’lim turi - bolani maktabga tayyorlash bilan birga,
uni sog'lom bo'lib o'sishini ta’minlaydi, muntazam ta'lim olish
ga tayyorlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yan
gi tarmog'i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat
maktabgacha ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabga
cha ta'lim muassasalari,
bolalarga xoreografiya, tasviriy va
musiqa san'ati, kompyuter savodxonligini o'rgatuvchi guruh
lar soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bularning hamma-
si maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni «Kadrlar tayyor
lash milliy dasturi» talablari asosida tarbiyalash uchun shart-
sharoit yaratmoqda.
Dostları ilə paylaş: