N. M. Kayumova


MAKTABGACHA TA'LIM DIDAKTIKASI



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

MAKTABGACHA TA'LIM DIDAKTIKASI
Maktabgacha yosh davrining inson kamolotining keyingi 
rivojlanishidagi, bolani maktab ta'limiga tayyorlashdagi alohi- 
da roli maktabgacha ta'limning maqsadini belgilash, maktab­
gacha yoshdagi bolalarni o'qitish metodlari va tashkiliy shakl- 
larini o'ziga xos mazmunini ishlab chiqishni, bolalarni har to­
monlama kamolga yetkazishga o'qitishning rolini tadqiq qilish 
zarurligini shart qilib qo'ydi. Bu esa maktabgacha ta'lim didak- 
tikasi sohasining yaratilishiga olib keldi. Maktabgacha ta'lim 
didaktikasi bu - umumiy didaktikaning sohasidir.
Maktabgacha ta'lim didaktikasi - maktabgacha yoshdagi 
bolalar ta'limi va o'qitish nazariyasi hisoblanib, uning maqsa­
dini belgilaydi, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonla­
ma rivojlantirish va ularni maktabdagi o'qishga tayyorlash­
ni ta'minlovchi ta'limning mazmuni, metodlari va tashkiliy 
shakllarini ishlab chiqadi, Maktabgacha ta'lim didaktikasining 
asoschilari Y.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiy tadqiqotlarida 
yoritilgan. Y.A.Komenskiyning "Onalar maktabi" nomli asari­
da maktabgacha ta'limning maqsadi - atrof-muhit haqidagi 
oddiy bilimlarni o'zlashtirish, axloqiy odatlarni rivojlantirish 
va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash ekanligini ta'kidlab, 
bolalarga beriladigan bilimlarning ilk dasturini belgilab ber- 
di. Olim rejani tarbiya va ta'limning boshlanishi maktabgacha 
yoshdadir, degan g'oyani ilgari surgan edi. K.D.Ushinskiy mak­
tabgacha ta'limning vazifasi aqliy salohiyat va nutq qobiliyati­
ni rivojlantirishdan, ularni maktabga tayyorlashdan iboratdir
- debta'kidlaydi. Bunda u ko'rgazmalilikka, mashg'ulotlarning 
qiziqarliligiga tayanish zarurligini uqtiradi.


Y.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiyning qimmatli mero- 
si o'tmish pedagoglari tomonidan maktab didaktikasini ish­
lab chiqishda foydalaniladi. O'tmish pedagoglari maktabgacha 
yoshdagi bolalarning bilim olish huquqini - hayotni anglashga, 
dunyoqarashni kengaytirishga, bilim, ko'nikma va malakalar 
huquqini kafolatlash lozim deb ta’kidlaydilar. Ular bilimlarning 
aqliy rivojlanishi va nutqning o'sishida, o'yin va tasviriy faoli- 
yatlarni rivojlantirishda, atrofdagi voqelikka munosabatning 
shakllanishida muhim rol o'ynashini ko'rsatib o'tdilar.
Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalari dasturiga 
kiritilishi zarur bo'lgan bilimlar doirasini belgilab berdilar. Bu- 
lar - tabiat, jamiyat, kishilar mehnati, buyumlar va materiallar 
haqidagi bilimlardir. Ularning ta'kidlashicha, bilimlar dasturi­
ni barcha bolalar o'zlashtirib olishlari lozim va buning uchun 
bolalar imkoniyatlarini, ularni o'qitish metodlarini o'rganish, 
o'yin va mashg'ulotlarni ular bilan aloqadorlikda qo'llash 
lozimdir. Bu g'oyalar maktabgacha ta'lim didaktikasidagi tad 
qiqotlar yo'nalishini belgilab berdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o'stirish naza- 
riyasini E.I.Tixeeva ilmiy jihatdan asoslab berdi. U buyum­
lar, kishilar mehnati, tabiat hodisalari haqidagi bilimlar maz­
munini kichik va katta maktabgacha yoshdagi bolalar yoshi- 
ni hisobga olgan holda belgilab, atrof-muhit haqidagi bilimlar 
bola lug'ati boyligini o'stirishdagi o'rnini, bolalar tasavvurla- 
rini shakllantirishga va qiziqarli mashg'ulotlar turlarini, ular­
ni o'tkazish metodlarini ishlab chiqdi. Y.LTixeeva ta'limning 
ko'rgazmali bo'lishini, bolalar faoliyatiga tayanish zaruriyati- 
ni, uni o'yin bilan bog'liqligini isbotladi, o'qitish muayyan bi­
limlar doirasi va nutq ko'nikmalarining tarbiyachi tomonidan 
berilishi va uni bolalar tomonidan o'zlashtirilishidan iborat 
faoliyat sifatida ifodalab berdi.
L.S.Vigodskiy (1896-1934) psixolog olim, maktabgacha 
ta'limning dasturiyligi haqidagi masalani ko'tarib chiqdi. 
U maktabgacha yoshdagi bolalarga mo'ljallangan bilimlar­
ning muntazamlilik prinsipini asoslab, maktabgacha yoshda-
20


gi o'qish dasturining maktabdagi ta’lim dasturidan farqini yo­
ritib berdi. U ta'limning maktabgacha yoshdagi bola kamolo- 
ti va uni maktabdagi ta'lim ishining mazmunini shundaygina 
ko'chirib qo'ymaslikka chaqirdi. XX - asrning o'rtalarida bo­
lalarni maktab ta’limiga tayyorlash ehtiyoji tufayli maktabga­
cha ta'lim didaktikasi muammolarni keng tadqiq qilish jara- 
yonlari avj oldi.
Maktabgacha ta'lim didaktikasining rivojlanishida maktab­
gacha pedagogika sohasi bo'yicha olima A.P.Usova (18984965) 
tadqiqotlari, ta'lim prinsiplarining ahamiyati katta bo'ldi. U 
maktabgacha yoshdagi bolalarni o'yin, ta'lim, sensor tarbiya, 
pedagogik jarayonlarni va xalq amaliy ijodiyoti masalalarini il­
miy jihatdan asoslab berdi, U maktabgacha ta'lim muassasa- 
sidagi o'quv jarayonlarning tashkiliy shakllari va metodlari- 
ni, bolalarni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirishdagi, 
ularni maktabga tayyorlashdagi ahamiyatini ko'rsatib berdi. 
Uning rahbarligida bolalar bog'chasi dasturi ishlab chiqilgan.
O'qitish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda shu 
yoshdagi bolalarga xos bo'lgan va katta yoshli kishilar faoliyat­
iga kirgan - bilish hissi, obrazli tafakkur kabi qobiliyatlarini 
rivojiantirish g'oyalarini A.V.Zaporojes va N.N.Podyakovlar il­
miy jihatdan tadqiq qildilar. Bu esa maktabgacha ta'lim muas- 
sasidagi ta'limiy jarayonni rivojlantiruvchi hisoblanadi.
Maktabgacha ta'limdagi qator tadqiqotlar natijasida maktab­
gacha ta'lim metodikalariningbolinish jarayonlari sodir bo'ldi.
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarga 
matematik 
bilim­
lar berishning mazmuni va metodikasi. (A.M.Leushina), 
ona tili o'qitish va nutq o'stirish metodikasi (E.I.Tixeeva, 
A.M.Leushina, LA.Penevskaya, Y.I.Radina va boshqalar), mak­
tabgacha tabiatshunoslik metodikasi (N.N.Bistrov, E.I.Zalkind, 
P.G.Samorukova va boshqalar), tasviriy faoliyatga o'rgatish 
metodikasi (E.A.Flerina, N.P.Sakulina va boshqalar), musiqa 
tarbiyasi metodikasi (N.A.Metlov, N.A.Vetlugina va boshqalar), 
jismoniy tarbiya metodikasi (A.I.Bikova, M.Y.Kistakovskaya va 
boshqalar) ni ishlab chiqdilar.


Maktabgacha ta'lim didaktikasi muammolarini nazariy va 
amaliy tarzda ishlab chiqish maktabgacha ta'lim-tarbiya das­
turida "Mashg'ulotlarda ta'lim berish" degan bo'lim ochish im- 
konini yaratdi.
Didaktika pedagogik fan sohasi sifatida o'qitishning mohiya- 
tini yorituvchi kategoriyalar va tushunchalar bilan ifodalanadi.
Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari: ta'lim, 
bilim (bilim, bilim olish], ko'nikma, malaka, ma'lumot, tarbiya, 
rivojlanish va shakllanishdir.
Kategoriya - fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim 
asosiy tushunchadir.
Ta'lim - bu ta'lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxas- 
sislar yordamida bilim berish va ulardagi ko'nikma hamda ma­
lakalarini shakllantirish jarayoni bo'lib, bu bolaning shaxs si­
fatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta'limning asosiy vazifasi ta'lim oluvchini o'qitishdan ibo­
rat. Shuningdek, u oila, ishlab chiqarish va ma’lumot berish 
vazifasini bajaradi.
Ta’lim berish - ta'lim beruvchining intellektual salohiyati- 
ni yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyat bo'lib, u shaxs­
ning aqliy faoliyatini rivojlantirish, o'qish - o'qitish jarayonini 
mazmun - mohiyatining ongli ravishda anglab yetishlari orqa­
li amalga oshiriladi.
Ta'lim - o'qitish jarayonida tarbiyalanuvchilar tomonidan 
egallangan bilim, ko'nikma, malakalarni o'zida ifoda etadi.
Bilim - bu ijtimoiy tarixiy ong, insoniyat hayoti davomi- 
da to'plangan, amalda sinovdan o'tgan va obyektiv dunyoni 
chuquroq anglashga, hamda o'zgartirishga yo'naltirilgan tabi­
at, jamiyat, tafakkur va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi 
ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlashtirilgan majmuidir. 
Bilim o'z navbatida kundalik, ilmiy, emperik, nazariy bilimlar- 
gabo'linadi.
Kundalik bilim - bu sog'lom fikrga va kundalik amaliy faoli­
yat shakllariga aoslanadi. Insonning atrof-muhitga moslashuvi, 
uning hayotiy harakatlari va oldindan ko'ra bilish uchun asos
22


bo'lib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta'lim - tarbiya jarayonini 
nazorat qilishga ko'maklashishdir. Ta’lim - tarbiyani uyushti- 
rishda nazariy, emperik va ilmiy bilimlar muhim ahamiyatga 
ega.
Ilmiy bilim - ta'lim tarbiyani takomillashtirish muammola- 
rini, yechimlarini topishda qo'l kelib, tizimni asosli va narsa -
hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bilimdir. U em­
perik va nazariy darajada bo'ladi.
Nazariy bilim - emperik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa 
- hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlarni 
ochishni nazarda tutadi.
Emperik bilim - bilishni kuzatish, o'lchash, tajriba usulla­
rini qo'llash natijasi. U narsa - hodisalarning sifat va ko'nikma 
ko'rsatkichlarini ifodalaydi. Emperik ko'rsatkichlar orasida- 
gi bog'liqliklarning muntazam shakllanishi emperik qonun- 
lar yordamida ifodalanadi, ular ko'pincha ehtimoliy xarakter- 
ga ega bo'ladi.
Bilim - bilimni amalga oshiruvchi asosiy omil bo'lib, dunyoni 
bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika -
texnologiyalar rivojlanishi ta'minlanadi. Bilimga qo'yiladigan 
talablar:
- Bilimning tushunarliligi;
- Bilimni tushunishlik;
- Bilimning mukammalligi;
- Bilimning chuqurligi;
- Bilimning operativligi;
- Bilimning ixchamligi;
- Bilimning aniqligi va umumiyligi;
- Bilimning tizimiyligi.
Bilim olish - idrok etish, o'rganish, mashq qilish va egallan- 
gan tajriba asosida xulq va faoliyatda yangi shakllarning yuza­
ga kelishi, mavjud bilimlarning o'zgarib, takomillashib, boyib 
borish jarayonidir.
Ta’lim mazmunining navbatdagi komponenti ko'nikma va 
malakadir.
23


Ko'nikma - bilim kabi harakatda, kishi biror natijaga eri­
shish uchun har xil faoliyat turida izchil bajariladigan uslub- 
lar tizimidir.
U ongni faoliyat (harakat)ni tez, ta’limni to'g'ri, ham jis­
moniy va aqliy kuch sarflagan holda bajarish jarayoni natijasi- 
dir. U shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Harakat turlari 
bo'yicha u uch turga:
- Harakat ko'nikmalari
- Sensor ko'nikmalar
- Aqliy ko'nikmalarga bo'Iinadi.
Ko'nikmalar muntazam mashq qilish (takrorlash) orqa- 
li zarur darajada saqlanadi. Ana shu bilan uning ta'lim-tarbi- 
yadagi ahamiyati beqiyosligini ko'rsatadi.
Ko'nikma - insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan 
faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyatidir.
Ko'nikma - bu shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar 
va уо'1-yo'riqlardan iborat bo'lib, ular yordamida rejalashtiril- 
gan maqsadga erishiladi yoki muayyan bir faoliyat amalga 
oshiriladi.
Ko'nikma - u yoki bu ishni bajarishning avtomatlashgan 
usuli bo'lib, ongli ishning bajarilishini nazorat qilishdan ozod 
qiladi va uni ishda qo'yilgan maqsadga qaratadi.
Inson faoliyatida ko'nikmalar malaka tarzida ham namoyon 
bo'ladi. Har qanday malaka ko'nikma bo'la oladi, lekin har qan­
day ko'nikma malaka bo'la olmaydi. Ko'nikmalar avtomatlash­
gan mohiyat kasb etsagina malaka bo'ladi.
Ko'nikmani inson faoliyati turlariga ko'ra quyidagi:
- Mehnat ko'nikmalari;
- Bilishga oid ko'nikmalar;
- Aqliy faoliyatga oid ko'nikmalar;
~ O'quv faoliyatiga oid ko'nikmalar;
- Nutqiy faoliyat ko'nikmalari;
- Badiiy faoliyatga oid ko'nikmalar.
24


Insonning jamiyatda muomala va o'zini tutish ko'nikmalarda 
o'z aksini topadi, ko'nikmalar bilimlar asosida tarkib topadi va 
o'z ichiga avval orttirilgan malakalarni oladi.
Bu mashq qilish yo'li bilan shakli anti rilgan puxta harakat- 
lar bo'lib, ko'nikma va murakkab harakatlar tarkibiga kiradi.
Ta’limning tarkibiy qismi sifatida shakllantirilgan malaka- 
lar o'z mazmuniga ko'ra murakkabdir. Bular jamiyatning hara­
kat madaniyatini aks etgan harakat malakalari (yurish, yugu- 
rish, sakrash, mehnat va xat yozish malakalari), aqliy faoliya­
tiga oid malakalar (hisob, o'qish, tashkil qilish va boshqaruv), 
xulq va muomala malakalari (jamiyatda o'zini tutish, muomala 
madaniyati), nutqiy malakalar (gap tuzish, nutqning muayyan 
ohangi, sur'ati, artikulyatsiya sofligini saqlash)dir.
Ko'nikma va malakalar maqsadga yo'naltirilgan faoliyat ja­
rayonida shakllanadi. Ta'lim mazmunidagi asosiy jihat —
zarur 
bilim va ko'nikmalarni mustaqil egallash, egallangan bilimlar 
hamda avval hosil qilingan ko'nikma va malakalar asosida vu­
judga keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobili­
yatini shakllantirishdan iboratdir.
Ma'lumot - ta'lim-tarbiya natijasida olingan va tizim- 
lashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'nikma va malakalar hamda 
tarkib topgan dunyoqarashlar majmuidir.
Turli manbalardan ma’lumotlar yig'iladi va ular o'z maqsad- 
vazifalari bo'yicha saralanadi (tizimlarga ajiratiladi) hamda 
ular tashkil etilib, foydalanishga tavsiya etiladi. Ma'lumot be­
rishda nafaqat o'qitish, balki o'ziga mustaqil bilim olish, omma- 
viy axborotlar ta'sirida bo'lishi bilan birga insonning ilmiy tizi­
mini egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko'zda tuti­
ladi.
Ma’lumot - kishi sezgi a'zoiari, asboblar va boshqalar у or- 
damida qayd etiladigan, tashqi olamdan olingan belgilar 
to'plamidir.
Ma'lumot maqsadi - voqea va hodisalarning ifodalanishini 
o'rganish.
25


Ma'lumotning vazifalari - manba to'g'risida tavsifnoma olih, 
manba to'g'risida axborot tayyorlashga asosnoma hosil qilish, 
manba to'g'risida tasavvur paydo qilish va ularni keyingi faoli- 
yatga uzatish.
Tabiat va jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalari ma'lu- 
motsiz faoliyat ko'rsata olmaydi, chunki ma'lumotlar orqali ax­
borot paydo bo'ladi va ular manbalarni o'rgatish hamda ularni 
tashkil qilishda asosiy omil bo'lib hisoblanadi.
Ma'lumotlar berish - bu o'rganilayotgan obyektiv (ta’lim va 
tarbiya jarayoni, ta'lim-tarbiya oluvchilar va h.k)ning xususi­
yatlari va xossalari haqidagi ma'lumotlarni ifodalash jarayoni 
bo'lib, uni obyekt to'g'risida sonli va sifatli ma’lumotlar aks et- 
tiriladi. Bu nafaqat o'qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy 
axborotlar ta’sirida bo'lish bilan birga insonning ilmiy tizimni 
egallash, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko'zda tutiladi.
Tarbiya - ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va 
ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o'qituvchining o'quvchi bi­
lan, tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qa­
ratilgan o'zaro ommaviy va nazariy muloqotdir.
Tarbiya - keng ma'noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy 
guruhlarning maqsadiga muvofiq odamlarning yangi avlodlari- 
ga, avval avlodlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini uzatish vosita- 
si bilan jamiyatning rivojlanishini ta'minlovchi vazifadir.
Tarbiya maqsadi: talaba yoshlarda milliy g'oya va milliy 
mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodla­
rini qo'llash.
Tarbiya vazifasi: ma'naviy manbalar va hozirgi zamon ta­
lablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda tarbiyalovchi bi­
lan tarbiyalanuvchi aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning 
samaradorligi, tarbiyaning qanday metoddan foydalanishga 
bog'liqligidir.
Tarbiya jarayoni - shaxsni tarbiyalash, uni bilim olish­
ga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin 
ko'nikmaga aylantirib borishdagi asosiy jarayondir.
26


Tarbiyaning xususiyatlari:
Tarbiyaviy texnologiyaning komplektlik xususiyati 
Tarbiyaviy texnologiyaning ierarxiyalik (mantiqiy ketma- 
ketlik asosida, uzviylik - uzluksizlik saqlash) xususiyati 
Tizimlilik xususiyati 
Yaxlitlik xususiyati
Rivojlanish - oddiy dan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski 
sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangUanish, yangining pay­
do bo'lishi, eskini yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining si­
fat o'zgarishiga o'tishini ta'minlovchi, murakkab harakat jara­
yoni sanaladi. Rivojlanishning manbayi qarama-qarshiliklar 
o'rtasidagi kurashlardan iboratdir. Bola shaxsining rivojlani­
shi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta'limotga asosla- 
nadi. Bola shaxsi rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuni- 
yatlari, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi. 
Tarbiya rivojlanishidagi muhim jarayon hisoblanadi. Tarbiya­
ning samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuni- 
yatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qator- 
da inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyat in­
son tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq 
o'zgartirishga yo'naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o'ziga 
xos shaklidir. Insonning qobiliyat va yoshi u tomondan tashkil 
etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko'ra belgilanadi. Faoliyatning 
asosiy turi muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo'lishi mumkin.
27



Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin