roq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo'shiladi. Ilk yosh
bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha
emas, doimiy ahamiyatga ega bo'ladi. Mazmun, metodlar, tash
kil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha
tarbiyaning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli
ko'zi ojiz va kar bolalar uchun mo'ljallangan jamoat muassa
salarida ayniqsa, aniq namoyon bo'ladi. Bunday bolalar uchun
ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat
faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi. Biroq, tarbiya bola rivoj
lanishini jadallashtirmasligi, uning biror tomonining ruhiy ri-
vojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning
uchun Maktabgacha ta'lim pedagogikasida bola shaxsini har
tomonlama va uyg'un rivojiantirish, uning rivojlanishini boyi-
tish maqsadi o'rtaga qo'yiladi (A. V. Zaporojes).
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli
pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shax
sini shakllantirish uchun mas'uliyatini qaror toptiradi. Taniq-
li pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini
ta'kidlab shunday yozgan edi:
«Tarbiyaviy ta'sirning g'oyat qudratli ta'sir ko'rsata olishiga
ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo'lsa, bun
da faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi
bo'lsa, buning uchun u tarbiyadan, o'z bolaligidan qarzdordir»5.
Dostları ilə paylaş: