6 «Pedagogika» fanidan izohli lug’at. -Т.: 2010. 534-535 betlar.
126
uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo'yilgan zaminga,
taqlid qilishga ham bog'liq bo'Iadi. Hayotning dastlabki yillar-
ida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib
borishni o'z ichiga oladigan yo'l-yo'riq tadqiqot faoliyati bola
lar faoliyatining asosiy turlari bo'Iadi. Tarbiyachilar bolalar bi
lan muomalada bo'Iar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib
kiradilar. Shunday yo'I bilan bolalar o'ziga xos buyumlar bilan
bog'liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o'zi bola
uchun zarur ehtiyojga aylanadi.
Buyumlar bilan bog'liq faoliyatni tashkil etish oilada ham,
maktabgacha ta'lim muassasasida ham bir va ikki yoshli bo
lalarni tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu
faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulq-atvor
sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rah
barligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan qilinadigan
harakatlar to'g'risida dastlabki bilimlarni o'zlashtiradilar,
Bola ikki yarim yoshga to'lganda buyumlar bilan bog'liq
faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga eri-
shadi, o'yin va tasviriy faoliyatga o'tish uchun asos yaratiladi.
Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o'zini-
o'zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o'zini
atrofdagi odam lard an ajratadigan, o'z imkoniyatlarini anglab
yetadigan bo'la boshlaydi. Mustaqillik rivojlanishining ana shu
bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga
intiladilar. O'zini-o'zi anglashning dastlabki shakllari xulq-at
vor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo'Iadi.
Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita
katta odamning ishtiroki va ta’siri ostida ro'y bersa, 4-6 yosh
li bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o'z xohishlariga
ko'ra qo'shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba'zan ijodiy
xususiyatga ega bo'Iadi.
Ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, Maktabgacha ta'lim yo-
shida yetakchi bo'ladigan o'yin faoliyatida maktabgacha yosh
dagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar
rahbarligidagi o'yinlar chog'ida bolalar turli harakat usullari-
127
ni, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to'g'risidagi
bilimlarni o'zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatla-
rini, o'xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab yeta-
dilar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o'yinlar harakat-
larning rivojlanishiga, makonda yo'l-yo'riq topishga yordam
beradi. Birgalikdagi o'yinlarda bolalar odamlar o'rtasidagi
munosabatlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishmng ahami-
yatini anglab yetadilar va o'zlashtiradilar, atrofdagi narsalar
to'g'risidagi tasavvurlarini kengaytiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin faoliyatining
mazmuni xilma-xil bo'ladi va har tomonlama rivojlanish im-
koniyatlari kengayadi. O'yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi
voqelik, odamlar mehnati to'g'risidagi bilimlarni chuqurlashti-
rishga, shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirish-
ga ko'maklashadi.
Muntazam mehnat topshiriqlari o'z faoliyatini jamoat man-
faatlariga bo'ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish,
mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko'nikmalarini
tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Mashg'ulotlardagi eng oddiy o'quv faoliyati atrofdagi tabiat,
ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o'zlashtirishga,
shuningdek aqliy va amaliy ko'nikmalarni shakliantirishga
yordam beradi. Agar 3-4 yoshda ta'lim paytida bolalarning
e’tibori tabiat, odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga
qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta'lim berish muhim aloqalar
va munosabatlarni o'zlashtirishga va aloqalarni umumlashti-
rishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakliantirishga qa
ratilgan bo'ladi, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining ri
vojlanishiga olib keladi. O'zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan
aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o'yinlarda va mehnatda
qo'llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishi
ga ta'sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni
shakllantiradi.
128
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg'ular, sabab-
lar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga ye-
tadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o'qishga o'tish imkoni
ni beradi.
Kichik maktab yoshida asosiy narsa o'qish bo'lib qoladi va
uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushu-
nadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o'z xatti-haraka-
tini va tengdoshlarining xatti-harakatini o'zgacha nuqtayi na-
zardan maktab o'quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart
qilib qo'yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko'rsatib, kattalarning un
ing xulq-atvoriga va faoliyatiga qo'yayotgan tobora murak-
kablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-
tarixiy tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilgan
bo'ladi, Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda,
san'atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoli
yati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo'lgan
paytda tarbiya va ta'lim vositasida katta avloddan kichiklarga
beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakl
lanadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini
uyg'otib, yangi xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam
bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.
Dostları ilə paylaş: |