N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

162


Bolalarni 
bilim, 
malaka,
ko‘nikmalami kattalar bilan
o‘zaro munosabatda bo‘lishi
orqali egallab borishidir. Bu
muomala mehnat faoliyati va
shu kabilar bilan belgilanadi.
Birinchi yo‘l
Ikkinchi уоЧ
Maxsus tayyorgarligi bor kishi-
laming maxsus o'qiiV muassasa­
larida bolalarni 
kerakli 
bilim,
malaka, 
ko’nikmalardan 
rejali
ravishda xabardor bo‘lib borishidir.
Bunday yo‘l bilan ta’lim berishdan
maqsad yosh avlodni zamonaviy
ishlab 
chiqarishda, jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida
faol qatnashtirish uchun zarur
bo’lgan 
fan 
yutuqlari 
bilan
tanishtirishdir.
Bolalarga ta'lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metod­
lardan, usullardan foydalanish:
Ko'rgazmali
Og'zaki
Amaliy
O'yin metodlari
Kuzatish
Tushunish
Mashq
Didaktik o'yinlar
Ko'rsatish
Hikoya qilish
Mustaqil ish
Harakatli o'yinlar
TV dan 
foydalanish
So'zlab berish
Oddiy tajriba
Mashqli o'yinlar
0 ‘qib berish
Insenirovkalar
Suhbat
Kundalik axborot
Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish 
imkonini beradi, Bunda bolalar ko'rish, eshitish, sezish idrokla-
163


ri orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa 
asosan yangi bilim berishda qo'llaniladi.
Kuzatish - bolalarning narsa, voqealarning ma'lum maqsadi 
Dilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma'lum obyektlar- 
rri kuzatishda yetakchi o'rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalar- 
?a narsani o'zini yoki tasvirini ko'rsatadi. Bu bevosita ko'rib 
Do'lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, 
D'simliklar, kishilar hayoti bilan) qo'llaniladi.
Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta'sir chan ba- 
/on qilish. O'rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o'qib 
Derish.
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o'tkazilmaydi. 4-5 
yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o'tkaziladi. 6 yoshdan 
boshlab suhbat mustaqil mashg'ulot sifatida o'tkaziladi.
Mashg'ulot - m aktabgacha yoshdagi bolalarga ta ’lim 
berishning asosiy shakli
Mashg'ulot ta'lim muassasida bolalarga ta’iim berishning 
asosiy shaklidir. Mashg'ulot - pedagogning bolalarni kerakli 
bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbi­
yachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: 
ularning bilimlarini boyitadi, madaniy gigenik, xulq madani­
yati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tu- 
man malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo 
ta’lim berishda bosh rolni mashg'ulot egallaydi. Mashg'ulotlar 
maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limni tashkil etish shak­
lidir.
Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalar­
ning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tarti- 
bida ma’lum bir vaqtda o'tkaziladi.
Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi 
Угаго ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek, kun tar- 
:ibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
164


Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limning frontal (umu­
miy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. 
Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, di­
daktik o'yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg'ulotdan 
tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik 
qilish jarayonida amalga oshirilib boriiadi.
Mashg'ulot maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar 
uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, 
kun tartibida unga malum o'rin va vaqt ajratjlgan. Mashg'ulot 
tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda 
bolalarni yangi bilimlardanxabardor qiladi, bolalarning amaliy 
mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni 
asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahami­
yatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab 
oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish 
kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish nati- 
jasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish kat­
ta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlari- 
ga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon 
qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berish­
ning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, 
jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yo- 
pishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy 
raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda 
paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning biriashgan 
do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda 
ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tar- 
biyalanadi, javobgarlik hissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga 
intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar ho­
sil qilinadi.
Bolalarni maktab ta'limiga ruhiy jihatdan tayyorlash­
ni ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yax-
165


shi o'zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va malakalar 
mashg'ulotlar jarayonida hosil qilinadi.
Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi 
tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga 
ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy 
g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malaka- 
larni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.
Mashg'ulotda tarbiya vazifalari hal etiladi. Mashg'ulot bo­
lalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib 
ma'lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta'lim muassasa­
si ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomi­
da o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan.
Tayyorlov guruhlarida mashg'ulotlar orqali bolalarda 
tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol ta- 
fakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish 
kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, 
javobgarlik, xissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qi­
lish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o'rgatish ishi muntazam amalga 
oshirib boriladi.
MTMda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bi­
lan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasav-
166


vurlarini o'stirish mashg'ulotlari, musiqa mashg'ulotlari, qu- 
rish-yasash, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari olib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlar 
katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali surat- 
da muomalada bo'lishidan iborat bo'lib, bu mashg'ulotlarning 
maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib bo- 
rishdir; bu esa bolalarni mashg'ulotlarga tayyorlash bos- 
qichidir; go'daklar ixtiyoriy diqqat o'sib borgani sari, bunday 
mashg'ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun gu­
ruh bolalari bilan bir yo'la olib boriladi.
Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy 
zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan 
bog'liq bo'lib bola maTum natijaga erishish uchun intiladi, bu 
esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shu­
ning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, im­
koniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun 
tartibidagi o'rnini dasturning har xil boTimlarini to'g'ri al- 
mashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg'ulotlarni kuning birinchi yarmida o'tkazish maqsad­
ga muvofiqdir, chunki birinchidan, bola ertalabki soatlarda 
aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorugTik bilan 
yaxshi ta'minlangan bo'ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg'ulot o'tkazilishi, 
uning mazmuni va har bir mashg'ulot yosh guruhlari bo'yicha 
necha daqiqa davom etishi MTM tarbiya dasturida ularning 
yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda belgilab berilgan.
Birinchi kichik guruhda mashg'ulot bolalarni ikki guruhga 
bo'lgan holda o'tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil 
bo'ladi. Mashg'ulot jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish 
qobiliyati yuqoriroq bo'ladigan kun tanlanadi. Ma'lumki haf- 
taning o'rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalar­
ning ish qobiliyati yuqori bo'lar ekan, bu kunlarga bolalarning 
aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg'ulot tan­
lanadi (elementar matematika, nutqni rivojiantirish, savodga 
o'rgatish va h.k). Jadval tuzganda bu mashg'ulotlarni birinchi
167


qo'yish kerak, bolalardan ko'p harakat qilishni, hissiy nagru- 
zkani talab etuvchi mashg'ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, 
tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo'yildi.
Bolalar o'zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiya­
lovchi bo'lishi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi 
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilim- 
larning (bular tabiatga muhabbat uyg'otadi, o'simliklar va hay- 
vonlarga g'amxo'rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib 
toptirishni nazarda tutadi: bilimlarni o'zlashtirib olish asosi­
da bolalarda jonajon shahriga, o'z vataniga, xalqiga muhabbat, 
ulug' kishilarga muhabbat va hurmat, o'lkaning ijtimoiy hayo- 
tiga qiziqish paydo bo'Iadi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda 
ijtimoiy hodisalar, voqealar to'g'risida, umumlashgan tasav- 
vurlar tarkib topadi. Masalan, qo'shni o'lkalardagi bolalarning 
hayoti, oddiy kishilarning mehnati, boshqa xalqlarning hayoti 
va do'stligi haqidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keladi. Tar­
biyachi yangi mashg'ulotlarning mazmunini belgilar ekan, ular 
u yoki bu mashg'ulotlarda o'zlashtirilgan bilimlar bilan qanday 
bog'lanishini o'ylab ko'radi. Masalan, oshpaz, kutubxonachi bi­
lan o'qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma-xil mehnat 
turlari haqidagi ma'lumotlar sistemasining bir qismidir.
Pochtadagi turli xodimlar mehnati haqidagi bilimlar - ijti­
moiy mehnatning jamoa xarakteri to'g'risidagi bilimlar siste­
masining bir qismi. Mehnatning ijtimoiy xarakteri, mohiyati- 
ni tushunish uchun bola shunga o'xshash ko'pdan ko'p mehnat 
turlari bilan tanishishi lozim. Mashg'ulot quyidagi turlarga 
bo'linadi:
1. 
Bolalarga 
yangi 
bilim 
beruvchi 
mashg'ulotlarni 
o'tkazishdan maqsad - ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, 
tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to'g'risidagi bil­
imlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday mashg'ulotlarga 
yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib so'zlab berish va boshqa- 
lar kiradi. Mazkur mashg'ulotlar hamma yosh guruhlarida 
o'tkaziladi.
168


2. Bolalarning to'plagan bilim va tajribalarini mustahkam- 
lovchi va sistemaga soluvchi mashg'ulotlar. Undan ko'zlangan 
asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va dast­
labki umumlashtirishga o'rgatishdir. Buning uchun tanish 
obyekt kuzatiladi, ikki narsa, solishtiriladi (xona o'simliklari, 
daraxtlar, hayvonlar), didaktik o'yinlar, suhbatlar o'tkaziladi. 
Bunday mashg'ulotni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani 
yaxshi o'zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o'zlashtirilmaganini 
bilib oladi. Tarbiyachi mashg'ulot jarayonida bolalarning bili- 
mini yangi narsalar - detallar bilan boyitib boradi.
3. Bolalarning bilimini sinovchi mashg'ulotlar. Bunday 
mashg'ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo'yicha 
o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim va malakalarni o'zlashtirib 
oladilarmi-yo'qmi, shuni bilib oladi va o'zining bo'lajak ish 
mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg'ulotning tarbiyachi o'z 
xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek 
mudira va metodistning iltimosiga binoan o'tkazishi mumkin.
4. Kompleks mujassam mashg'ulotlar bolalar bog'chasi 
tajribasida keng tarqalgan bo'lib, bunday mashg'ulotlarda bo­
lalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar mustahkamla- 
nadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan bilim va mala­
kalarni amalda qo'llashga o'rgatiladi. MTMda tasviriy faoli-
169


yat, konstruksiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va ta­
biat bilan tanishtirish, nutqni o'stirish, savod o'rgatish, eng od­
diy matematik tasavvurlarni rivojiantirish, musiqa va jismoniy 
tarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladi. Mashg'ulotga to'g'ri tay­
yorgarlik ko'rib, uyushgan holda o'tkazilganda bolalar oldiga 
ma'lum aqliy vazifa qo'yilgan taqdirda, ularning fikrlash faoli­
yati rivojlanadi. Aqliy vazifalarning birligi va muayyan qiyin- 
chilik bolalarni uyushtiradi va ularning diqqatini ma'lum to- 
monga yo'naltiradi. Eng avvalo, bolaning aqliy vazifani hal 
etish yo'lidagi qiyinchilikni yengish imkoniyati tug'iladi, nati- 
jada bolada faoliyatga qiziqish uyg'onib, u malakani egallash 
uchun mustaqil intiladi, o'ylaydi va vazifaning uddasidan chi­
qish uchun fahm-farosatini ishga soladi.
Nusxa olish tarzidagi vazifani bajarish natijasida bo­
la tarbiyachi ko'rsatmasi va namunasiga qarab malaka va 
ko'nikmalarni o'rganadi. Bu bolalarni amaliy va aqliy faoliyat 
usullarini egallab olishlari uchun zarurdir, Bolalar qalamni, 
mo'yqalamni, qaychini ushlashni, rasm chizish, narsa yasash, 
solishtirish, umumlashtirish, abstraktiyalashni o'rganadilar. 
Tarbiyachi bir narsaning takrorlanaverishiga yo'l qo'ymasligi 
kerak.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin