N. M. Kayumova


Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi
Hissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida aha­
miyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o'rin tutadigan manti- 
qiy bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har 
qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hi­
soblanadi.
Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asosla- 
nadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish 
tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to'laligi sensor ja- 
rayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tar­
biya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivoj- 
lantirishdir. "Sensor" so'zi lotincha "sensus" - "tuyg'u”, "sezgi", 
"idrok”, “sezish qobiliyati” ma’nolarini anglatadi. Borliqni bi­
lish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.
Inson ko'rish, sezish va hokazolar yordamida tevarak -
atrofdagi narsa va hodisalar to'g'risida bilimga ega bo'ladi, 
faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayon- 
lari hosil bo'ladi.
Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 
10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil 
etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo'lsa, insonning tevarak- 
atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo'ladi. 
Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivoj­
lanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim 
shart-sharoit hisoblanadi.
Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, 
jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.
177


Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojianti­
rish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim 
o'rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini 
shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan 
pedagogik ta’sir sistemasidir.
Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg'a su- 
ruvchi usullar majmuyi bo'lib, ma'nan yetuk, mustaqil fikrlov- 
chi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shi- 
fokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha ta'lim 
metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida- 
gi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-ona­
lar o'z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg'ularini 
uyg'ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odam- 
larga, balki o'z ota-onasiga ham hissiz bo'lib qoladilar. Monte­
sori metodikasi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sen­
sor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak;
1. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.
2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to'liq shakllan- 
magan barcha ruhiy jarayonlarni rivojiantirish kerak. Chunki 
diqqat, intellekt va iroda to'liq rivojlanmagan bo'ladi.
3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo'lish.
4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojiantirish, so'z boyliklari- 
ni oshirish.
5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq 
tarzda, o'z-o'ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojian­
tirish.
Yuqorida ko'rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish 
uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullari­
ni tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatni ri- 
vojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin