N. M. Kayumova


Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni
Sensor tarbiyaning maqsadi Maktabgacha ta’lim yoshdagi 
bolalarning sensor qobiliyatlarini o'stirishdan iborat.
178


Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar 
buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi ye­
tarli bo'lib qoimay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok eti- 
shi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo'lganda xilma-xil 
sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbi­
yachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor 
berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir 
joydan ikkinchi joyga olib qo'yishda ularning og'irligini his qi­
lish, buyumni qo'lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini - is­
siq yoki sovuqligini ana shunga o'xshashlarini aniqlashi kerak.
Bolalarning yoshi ulg'ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoit­
lar ning o'zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo'yiladigan 
talab ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning kat- 
ta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlar- 
ning og'irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligi- 
ni, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollar- 
ni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo'yish boshqa 
harakat sezgilarini uyg'otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur 
chiziqlar va hokazolarni idrok qilishni talab etadi.
Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari 
belgilanadi:
- Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish.
- Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabati to'g'risidagi 
umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakl­
lantirish.
Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qil­
ingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, no- 
talarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi 
ana shunday etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar 
va ularning og'zaki ifodalanishi bilan tanish bo'lsa, uning te- 
varak-atrofni bilishi oson bo'Iadi, u o'zi uchragan buyumlarni 
ma'lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, 
shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini ay- 
tib beradi.
179


Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy 
faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasi­
ni shakllantirish.
Sensor tarbiyaninng mazmuni o'z ichiga tevarak-atrofda­
gi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning 
hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor 
asosga egadir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va 
ularning nomini aytishga o'rgatiladi, ularda rang tuslari ha­
qida, bo'yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tus- 
lar paydo bo'lishi to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi, shuning­
dek ular (nutqning tovush tomonlarini, so'zning tovush tu- 
zilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o'quvini 
rivojiantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor 
tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifati- 
ni paypaslab, ko'rib farqlash va ularni to'g'ri aytish (silliq, ma- 
yin, dag'al, yumshoq, og'ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar] 
ko'nikmalarni rivojiantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn 
biridir.
Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda 
vaqt tushunchasini o'zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va 
davomliligini anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha", "bugun", 
"ertaga" tushunchalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini 
(bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo'ladi. 
Bunga tajribaning to'planib borishi va biror maqsadga qaratil­
gan ta'lim natijasida erishiladi.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalar­
ning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mum­
kin.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin