N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim muassasalarida



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta'lim muassasalarida
m ehnat tarbiyasini amalga oshirish
yo'nalishlari
X
\
/
\
/
Bolalarning o'zini
mehnatga o'rgatish
\
у
Kattalar mehnati
bilan tanishtirish
X
/
227


Bolalar mehnatining mazmuni «MTMda ta'lim va tarbi­
ya dasturi»ning birinchi va ikkinchi kichik guruhlar uchun 
«Mehnat faoliyati uchun zamin tayyorlash» bo'limida, o'rta, 
katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa «Mehnat» 
bo'limida berilgan.
Kattalar mehnati bilan tanishtirish hamma yosh guruhlari 
uchun «Mashg'ulotlarda ta'lim berish», «Tevarak-atrof bi­
lan tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalariga qiziqishni tar­
biyalash» bo'iimlarida berilgan. Katta va maktabga tayyorlov 
guruhlari uchun qo'l mehnatining mazmuni «Qurish-yasash» 
bo'limida berilgan.
Dasturda bolalar mehnatiga mustaqil faoliyat va axloqiy 
tarbiyaning vositasi sifatida qaraladi.
Kattalar mehnati bilan tanishtirish
Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni Maktabgacha ta'lim yo­
shidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqa­
li ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo'lib, 
narsa va buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir 
kishi va butun xalq uchun zarur ekanligi to'g'risida tushun­
cha berib boriladi. Masalan, o'simliklarni, hayvonlarni parva- 
rish qilish orqali ulardan olinadigan mahsulot kimlar uchun va 
nima maqsadda ishlatilishi to'g'risida bilim va tushunchalar 
berib boriladi.
Kattalarning mehnati bilan tanishtirish yana quyida­
gi maqsadni ko'zlab ham amalga oshiriladi: kattalar mehna­
ti to'g'risida aniq bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va 
mehnat natijalarini qadrlashga o'rgatish, mehnatga qiziqish 
va muhabbat uyg'otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va 
ishni sifatli bajarishga o'rgatish.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni 
quyidagilardan iborat:
- har bir kishi mehnatining ijtimoiy mohiyati;
228


V.I.Loginovaning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarida 
1
'kidlanishicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular 
lehnat va mehnat malakalari to'g'risidagi bilimlar sistemasini 
zlashtirib olishlari kerak ekan:
1. Mehnat maqsad qo'yish va uning natijasini belgilab olish- 
m boshlanadi: maqsad - mehnat tasviri.
2. Mehnat qilishdan ko'zlangan maqsad bo'yicha kerakli ma- 
riallarni tahlab (ajratib) olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajra-
b) olish.
4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.
Bu sistemani quyidagi sxemada keltirish mumkin: maqsad,
ehnatni tanlash, materialni tanlash, mehnat faoliyati -
ehnat quroli, mehnat natijasi.
Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida mehnat faoli- 
iti shakllantiriladi. Pedagog rahbarligida mehnatning ijti- 
oiy sabablarini hamma muhim tomonlari shakllanadi. Katta- 
r mehnati va uning ijtimoiy ahamiyati to'g'risidagi bilimlar 
zlashtirilib olinadi.
Maktabgacha ta'lim yoshi davrining o'ziga xos tomonlari- 
m yana biri bolalar mehnatining o'yin bilan bog'liqligidir.
O'yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jara- 
>nini aks ettirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Ikkinchi tomondan, 
ehnat jarayonini bajarishda uni o'yin shakliga aylantirishadi, 
asalan, barglarni zambillarda tashishadi, mashinalarda yu- 
shadi.
Shu bilan birga o'zining xususiyati, mazmuni, yuzaga ke- 
>h sababiga ko'ra mehnat va o'yin bir-biridan farq qiladi. 
ehnatda maqsad qo'yiladi, uni amalga oshirish, natijasiga 
'ishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topila-
i. O'yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid 
iladi. O'yinda mehnat singari biror aniq natijaga erishilmay-
i, ammo u mehnat kabi bolalarga quvonch bag'ishlaydi, ular 
‘zlarida qoniqish hissini sezadilar. O'yinda bola o'z o'ylaganini 
ivojlantirishi yetakchi rol o'ynaydi, mehnat da esa natijaga
225


Tarbiyachi bolalarni o'z faoliyatlarini taxminiy rejalashtirib 
lishlariga o'rgatish va ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim.
Shunday qilib, butun bog'cha yoshi davrida mehnat va o'yin 
'zaro bog'liq holda kechadi, biroq har qanday holda ham bola- 
зг mehnatini o'yinga aylantirish, ularning farqini ishlab chiqa- 
ish noto'g'ri bo'lar edi. Tarbiyachilar va ota-onalar ta'sirida as- 
a-sekin bolalar mehnati o'z vazifasi, mazmuni, metodi va tash- 
:il etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi.
Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatning majburiy, 
arkibiy qismi hisoblanadi. Ammo bolalar bilan olib boriladi- 
an tarbiyaviy ishda mehnat natijasiga bolalarda mehnatga 
avas hissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogik 
mil deb qarash kerak.
Mehnatda natijaga erishishda, mehnat malakalarini shakl- 
antirishda pedagogning va bolalar o'rtoqlarining bahosi va 
'ziga-o'zi baho berish katta ahamiyatga ega. Bolalar yasagan 
uyumlari o'yin va mashg'ulotlarda qo'llanilsa, ular o'zlari ya- 
ayotgan buyumlar yanada sifatli bo'lishiga intiladilar.
Maktabgacha ta'lim yoshi davrida bolalarning yoshi 
lg'ayishi bilan mehnat sabablari ham o'zgarib boradi. Mu- 
axassislarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijasi shu- 
i ko'rsatadiki, bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish 
rqali ular kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha er- 
a o'zlashtirib olar ekanlar.
Lekin ular biron ishni mustaqil bajarganlaridagina o'z 
lehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravish- 
a bilib oladilar. Masalan, onalar va buvilar uchun 8-mart- 
;a sovg'a tayyorlash, kichiq guruh bolalari maydonchasini 
ig'ishtirishga yordamlashish, yirtilgan kitoblarni yamab be- 
ish, konsert va teatr qo'yib berish va boshqalar bolalardagi 
ciehnatning muayyan natijasiga intilish uyg'otadi, faoliyatning 
itimoiy sabablarini anglatib, mehnatga havasini, ishni baja- 
ishda bolalarning o'z oldilariga qo'yadigan talablarini oshira- 
li.
224


- mehnat ahli o'rtasidagi ijobiy o'zaro yordam berish muno­
sabati;
- har qanday kasb ham muhim ekanligini tushuntirish.
Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishti­
rish:
1. mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati;
2. materiallarni tanlash (mehnat materiallari];
3. jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan asboblar- 
ni tayyorlab olish];
4. mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun bajariladigan 
mehnat harakatlari);
5. natija-mehnat mahsuli.
MTM dasturiga binoan har bir yosh guruhidagi bolalar kat- 
talar mehnati to'g'risida quyidagi bilim va tasavvurlarni egal­
lab olishlari lozim:
Kichik guruh:
1. Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni.
2. Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari.
3. Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli materi­
allar.
4. Ma'lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar.
5. Mehnat natijasi.
6. Kishilar mehnatining ijtimoiy ahamiyati.
O'rta guruhda mehnat to'g'risida qo'shimcha tasavvur va 
bilimlar beriladi:
- Harakat sifati haqida.
- Kishilarning mehnatini yengillatuvchi moslamalar.
- Kishilarning mehnatga muhabbati.
Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasav­
vur va bilimlar beriladi:
1. Kishilar mehnatini yengillatadigan mashina va me- 
xanizmlar to'g'risida.
2. Kishilar mehnati jamoa xarakterida ekanligi to'g'risida.
3. Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o'zaro munosa­
batlari to'g'risida.
229


4. 
Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an'analari 
haqida.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning vosita va metodlari 
MTM da bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish har xil 
tashkiliy yo'llar va metodlar orqali amalga oshiriladi.
Birinchi yo'l - ekskursiya, mashg'ulot, maqsadli sayrlar 
orqali bolalarni kattalar mehnatiga yaqinlashtirish. Bunda ku­
zatish, kino va diafilm, diapazitiv, teleeshittirish, badiiy adabi- 
yot, ko'rgan va eshitgani to'g'risida suhbat, tarbiyachi va bo­
lalarning hikoyalari, Tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, 
didaktik o'yinlar kabi turli-tuman metodlardan foydalaniladi.
Ikkinchi yo'l - mashg'ulot va mashg'ulotdan tashqari vaqt- 
larda kattalar mehnatini bolalarga yaqinlashtirish. Gigiye­
nik va pedagogik jihatdan mumkin bo'lgan ishlarni (binoni 
tozalash, idish yuvish, yuvilgan kirlarni dazmollash va tax- 
lash, bayram kiyimlarini tikish, bolalar bilan o'yin, mashg'ulot 
uchun kerakli materiallarni tayyorlash va boshqalar] bolalar 
oldida bajarish. Kuzatish, ko'rsatib tushuntirish, suhbat, tar­
biyachining so'zlab berishi va shunga o'xshash materiallardan 
foydalaniladi. Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga o'xshash 
mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq boTar edi: 
kutubxonaga borib kelgandan keyin yirtilgan kitoblarni ya- 
mash, modalar atelyesiga borib kelgandan keyin qo'g'irchoqqa 
kiyim tikish va hokazolar.
Uchinchi yo'l - bolalarning kattalar bilan birgalikdagi 
mehnatlari. Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnat- 
lari har xil bo'lishi mumkin (xona o'simliklarini yuvish, poliz- 
da ko'chat yoki urug'larni ekish uchun jo'yaklar tayyorlash, bi- 
noning ichini tozalash va h.k.).
Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlarini tashkil 
etish shakllari ham ish mazmuniga qarab har xil bo'ladi:
1. Asosiy ishni kattalar bajarishadi, bolalar qoTlaridan kel- 
ganicha yordam beradilar.
2. Tarbiyachi ishni boshlab beradi, qolganini bolalar o'zlari 
mustaqil davom ettirishadi.
230


3. 
Kattalar boshlab beradi, bolalar davom ettiradi, keyin esa 
bolalar va kattalar birgalikda bajarishadi.
Bolalar kattalar bilan birgalikda mehnat qilishlari orqali 
mehnat malaka va ko'nikmalarini tez va oson egallab oladilar, 
ularning kattalar mehnati to'g'risidagi bilimlari boyiydi, bun­
day mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydi.
Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirishda hamma 
metod va vositalardan keng ravishda foydalaniladi.
Shunday qilib kattalar mehnati bilan tanishtirish bolalar 
mehnat va axloqiy tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin