N. M. Kayumova


Xilma-xil mehnat turiarining vujudga kelishi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Xilma-xil mehnat turiarining vujudga kelishi
Mehnat qilish muntazam tarzda bo'lib, unda hamma bola­
lar ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u 
tarbiya vositasiga aylanadi.
O'z-o'ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir tu­
ri bo'lib, unda bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqat- 
lanishga, yuvinishga, kiyinish va yechinishga, o'yinchoqlarni 
yig'ishtirib qo'yishga o'rgatiladi. O'z-o'ziga xizmat qilish ja­
rayonida bolalarda mustaqillik, ma'lum maqsad bilan harakat 
qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar qo'llaridan kelgan ish­
ni o'zlari bajarishga o'rganadilar. O'z-o'ziga xizmat bolalarda
231


oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg'otadi, batartib- 
likka, intizomli bo'lishga, xulq-odobga o'rgatadi.
Bolalar xo'jalik-maishiy mehnatga MTMda va oilada jalb eti­
ladi. Uning mazmuni har xil bo'ladi: xona va MTM maydoncha- 
sini yig'ishtirish, stolni bezatish va stoldagi idish-tovoqlar- 
ni yig'ishtirish, choy idishlarini, qo'g'irchoq kiyimlarini, may- 
da narsalarni yuvish, mashg'ulotga kerakli materiallarni tay- 
yorlab qo'yish, mashg'ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni 
yig'ishtirib olish va hokazo.
Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishi­
da muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'simlik va hayvonlar, yil 
fasllari, jonsiz tabiat to'g'risidagi bilimlar manbayi, bolalarda 
mehnatsevarlikni, tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini tarbi- 
yalash vositasidir, shu bilan birga bolalar mehnatning bu tu­
ri orqali tuproqni ekishga tayyorlash va o'g'itlash, ko'chatni 
o'tkazish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qan- 
cha mehnat malaka va ko'nikmalarini egallab oladilar. Mehnat­
ning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar organizmini 
chiniqtiradi, ularning sog'ligini mustahkamlaydi.
Qo'l mehnati - mashg'ulot, o'yinlarga mehnat faoliyati uchun 
zarur bo'lgan o'yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo'yicha 
bolalar mehnatidir (qog'oz qiyqimlarini tashlash uchun, 
o'simliklar urug'i uchun qutichalar, qo'g'irchoq kiyimlari, qal- 
poqchalar, niqoblar va shunga o'xshash narsalar tayyorlash).
Qo'l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi nar­
sa, buyum vujudga keladi. Bolalar yopishtirish, bo'yash, qirq- 
ish, arralash, mix qoqishni, tikish va shunga o'xshash oddiy 
mehnat malaka va ko'nikmalarini egallab oladilar. Ularda ijod- 
korlik, topog'onlik, zehnlilik xislatlari o'sadi.
Bolalarda mehnat faoliyatini shakllantirish. Mehnat faoliya- 
ti har xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, har xil mehnat 
turlarini birlashtiruvchi keng tushunchadir. Mehnat jara- 
yoni-mehnat faoliyatining o'ziga xos bir bo'lagi bo'lib, uning 
tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy qismlari, 
mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol-aslahalari, bi-
232


ron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qi­
lingan barcha mehnat harakatlari, mehnat sabablari va mehnat 
mahsuli yaqqol ko'zga tashlanadi.
Mehnat faoliyatini egallash - bu birinchi navbatda mehnat 
jarayonini uning tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab 
olishdir. Shunga qarab bolalarning mehnat tarbiyasi vazifalari 
belgilanadi va ular quyidagilardan iboratdir:
1. Bolalarni bo'Iajak mehnat faoliyati oldidan maqsad 
qo'yishga o'rgatish.
2. Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini rejalashtirib olish­
ga o'rgatish.
3. O'z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga 
o'rgatish.
4. Mehnat malakasi va ko'nikmalarini o'rgatish.
5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qan­
cha vaqtda bajarilganligiga qarab o'zining va boshqalarning 
ishini to'g'ri baholashga o'rgatish.
6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.
7. Jamoa mehnat faoliyati vaqtida bolalarda ijobiy munosa- 
batlarni shakllantirish.
Maqsad qo'yish. Maqsad qo'yish kattalar taklif etgan 
maqsadni qabul qilishdan boshlab to o'zi mustaqil maqsad 
qo'yadigan bo'lguncha rivojlanib boradi (o'simlikka suv qu- 
yishdan to uni o'stirguncha). Bolalarning o'z oldilariga maqsad 
qo'yib ish bajarishlarini rivojlantirishlari uchun quyidagilarga 
rioya qilish zarur:
1. Bolalar mehnat qilishdan ko'zlangan maqsadni tushunib 
yetishlari kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, 
undan ko'zlangan natija nima?);
2.Kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga o'xshashlar 
tarzida ko'rsatmali tasavvur eta bilish;
3. Ishning mo'ljallangan vaqtda bajarilishi;
4. Bolalar kuchi yetadigan ishlarni qilishi (masalan, ko'chat 
o'tkazish, o'simlikni sug'orish, ularni parvarish qilish va hoka- 
zo) kerak.
233


Bola o'z mehnatidan ma'lum bir natijaga ega bo'lishni ang- 
lab yetgan taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini 
mustaqil belgilaydi va ishtiyoq bilan mehnat qiladi.
Mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olish - Maktab­
gacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar bola mehnat harakatlarini bil- 
masa, u hech qachon mehnat natijasiga erisha olmaydi. Bola­
lar mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallab olganlarida- 
gina mehnat jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan, tikishda 
ipni o'lchab kesib olish, ninaga o'tkazish, uchini tugish, tikish; 
o'yinchoq yasash uchun egish, bukish, taxlash, burchaklarini 
bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olish- 
lari kerak bo'ladi. Bu ish harakatlarini maTum tartib bilan ba­
jarish uchun har bir bola o'z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola 
bilishi kerak.
Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga 
: tarbiyachi o'rgatadi: mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli 
materiallarni, mehnat qurollarini tanlaydi va uni har bir bola 
oldiga tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati jarayoni­
ni qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi.
O'rta va katta guruhlarga borganda bu harakatlarni mus­
taqil bajarishga o'rgatadi. Bunining uchun bolalarga quyidagi 
savollar bilan murojaat qilib boradi:
234


1. Biz nima qilamiz?
2. Buning uchun nima qilishimiz kerak?
3. Ishimiz uchun nimalar, qanday materiallar, qanday ish 
qurollari kerak?
4. Bu material va ish qurollaridan foydalanish qulay bo'lishi 
uchun ularni ish o'rnimizda qanday joylashtirishimiz kerak?
5. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishimiz ke­
rak? (savol mehnat oddiy va murakkabligi, mazmuniga qarab 
bir necha marta takrorlanishi mumkin).
6. Ishni qanday tugatamiz?
Mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o'rgatish mehnatni 
sifatli bajarishga va mehnat madaniyatiga o'rgatadi.
Natija - mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo'lib, 
uni bolalar ongli ravishda anglab yetishlari kerak.
Natijaga erishish bolalarda mehnat qilish odatini, mehnat- 
sevarlikni tarbiyalaydi, mehnat harakatlarini sifatli bajarish­
ga o'rgatadi.
Mehnatning sababi, ya'ni bola nima uchun mehnat qilishini 
bilishi kerak. Bu quyidagi shart-sharoit ta'sirida rivojlanadi:
1. Bolalar mehnatidan keladigan natijani va uning ijtimoiy 
mohiyatini bilishlari kerak.
2. Bolalar yasagan buyumlardan MTMda, oilada foydalanish 
kerak.
3. Bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatini amaliy jihatdan 
tashkil etish.
4. Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar 
uchun foydasini baholash.
Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar 
bilan egallab olinishi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar 
mehnat faoliyatining boshlanishi hisoblanadi.
MTMda mehnatni tashkil etish shakllari. Maktabgacha 
ta'lim yoshidagi bolalar mehnatining asosiy shakllari quyidagi- 
lardan iborat: o'z-o'ziga xizmat qilish, topshiriqni bajarish, 
yakka tartibdagi mehnat, navbatchilik, qo'l mehnati bo'yicha 
mashg'ulotlar, jamoa mehnati, o'z-o'ziga xizmat, topshiriqni
235


bajarish, Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar mehnat faoli- 
yatining boshlang'ich shakli hisoblanadi.
O'z-o'ziga xizmat qilish bolalar mehnatining shakli sifati­
da yosh guruhlarida tashkil etiladi. U kun tartibidagi uyqu va 
sayr dan oldin va keyingi jarayonlar: ovqatlanish, kiyinish va 
yechinish, kiyim va badanni toza tutish bilan uzviy bog'liqdir. 
(Bu mavzu «Jismoniy tarbiya» bobida batafsilroq yoritilgan.)
Yosh guruhlarida topshiriqdan foydalaniladi: u yakka tartib­
da va guruhiy bo'lishi mumkin. Kichkina guruhlarda bolalar­
ga uncha murakkab bo'lmagan va qisqa muddatli topshiriqlar 
beriladi: «O'yinchoqni, kitobni, stulni olib kel, o'rniga olib borib 
qo'y, tushki ovqat uchun stol ustiga qoshiqlarni qo'yib chiq». 
Bunday topshiriqlarni ayrim bolalar guruhdan tashqari joylar- 
da ham bajarishlari mumkin.
O'rta va katta guruhlardagi bolalarga beriladigan topshiriq­
lar ancha murakkab bo'lib, ular endi xonadan tashqarida baja- 
rishga mo'ljallangan va ikkinchi bir kishiga murojaat qilish bi­
lan bog'langan bo'ladi, masalan, boshqa guruhning tarbiyachi- 
siga, enagaga, shifokorga, hamshiraga murojaat qilish va hoka- 
zo.
Bu guruhlarda topshiriqlar 2-3 boladan tashkil topgan 
kichik guruhlar tomonidan bajarilishi mumkin (o'yinchoqlarni 
yig'ishtirish, gullarga suv qo'yish, to'kilgan barglarni terib, te­
gishli joyga olib borib tashlash kabi}.
Maktabga tayyorlov guruhida beriladigan topshiriqlar yana 
ham murakkablashadi. Bunday topshiriqlar endi javobgarlik va 
boshqa kishilarga mehribonlarcha munosabatda bo'lish hissi- 
ni shakllantirish bilan bog'liq bo'lishi mumkin: kichkina guruh 
bolalarini sayrga chiqishdan oldin, uyqudan keyin kiyinishiga 
yordam berish; ularning stolini tushlik ovqatga tayyorlab be­
rish, enagaga toza sochiqlarni osishga, toza choyshablarni olib 
kelishga yordamlashish va hokazo.
Topshiriq uzoq vaqt bajarilishi mumkin. Masalan, ma'lum 
bir gul yoki bir qancha gullar bir hafta davomida parvarish
236


qilinishi yoki bu ish yanada uzoqroq cho'zilishi mumkin (biror 
o'simlikni ekish va o'stirish).
Tarbiyachi bolalarning topshiriqni bajarishlariga rahbar­
lik qilish bilan ham axloqiy, ham mehnat tarbiyasining muhim 
tomonlarini amalga oshiradi, mehnatda qatnashish istagini, 
o'rtoqlariga g'amxo'rlik va e'tibor bilan qarash ruhini singdira- 
di, bolalarni tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro xushmuoma- 
la bo'lishga odatlantiradi, topshirilgan ishda burch va javob- 
garlikni sezish hissini, natijaga erishishda sabotlilikni tarbiya- 
laydi.
Navbatchilik - bu jamoa uchun mo'ljallangan mehnat faoli­
yatining shakli bo'lib, u majburiy tartibda bajariladi. Bolalar­
ning navbatchiligi ikkinchi kichik guruhda yil oxiridan 
(oshxonada) boshlanadi.
Barcha bolalarning mehnatda doimiy ishtirok etishlarini 
ta'minlash 
uchun 
navbatchilikning 
xilma-xil 
turlari 
uyushtiriladi: 
oshxonada 
(hamma 
yosh 
guruhlarida), 
mashg'ulotga tayyorlanishda (o'rta guruhdan boshlab), 
o'simlik va hayvonlarni parvarish qilishda (katta va maktabga 
tayyorlov guruhlarida).
Ikkinchi kichik guruhdagi bolalar oshxonada navbatchilik 
qiladi. Birdaniga 4-5 bola navbatchilik qilishi mumkin, har 
bir bola 1-2 stolni bezatadi.. Katta va tayyorlov guruhlarida 
bolalarning vazifalari kengayadi. Nonushta va tushlik ovqatga, 
kech tushki va kechki ovqatga dasturxon tuzatish, ovqatlanib 
bo'lingandan 
keyin 
idish-tovoqni 
ovqat tarqatiladigan
237


stolga yig'ishtirish, stollar ustini tozalab olish, enagaga choy 
idishlarini yuvishda yordam berish shular jumlasidandir. Bu 
yoshdagi bolalar ikkitadan navbatchilik qilishadi, ammo har 
bir bolaning ish hajmlari ko'payadi.
Mashg'ulotlarga tayyorgarlik bo'yicha navbatchilik qilish 
o'rta guruhda - bolalar oshxonada navbatchilik qilishni bilib 
olganlaridan keyin kiritiladi. Bu navbatchilar stol va stullarni, 
mashg'ulotga kerakli materiallarni, qo'llanmalarni mashg'ulot- 
ga tayyorlaydilar va xonani tartibga soladilar.
Katta guruhdan boshlab bolalar tabiat burchagida 
navbatchilik qila boshlaydilar. Navbatchilikning bu turi ham 
tarbiyaviy, ham ta'limiy ahamiyatga ega.
Navbatchilikning bu turida ham bolalar ikkitadan 
tayinlanadi: biri o'simliklarni parvarish qilsa, ikkinchisi 
jonivorlarga qaraydi. Ulardan qaysi biri bo'sh qolsa, ikkinchisiga 
yordam beradi.
Navbatchilikning hamma turi yaxshi tashkil etilganda 
foydali bo'Iadi. Navbatchilikni boshlashdan oldin «Biz 
navbatchilik qilamiz» degan mavzuda mashg'ulot o'tkazish 
mumkin. Masalan, tabiat burchagida navbatchilikni boshlash­
dan oldin tarbiyachi mashg'ulot o'tkazib, bolalarni tabiat 
burchagida nimalar borligi, o'simlik va hayvonlarni qanday 
parvarish qilish haqida suhbat o'tkazadi. Tarbiyachi tabiat 
burchagida yashovchilarni har kuni va to'g'ri boqish, 
o'simliklarni sug'orish va yuvish, qurigan shoxcha barglarini 
qirqish kabilarga diqqatni jalb etadi, ish usullarni tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarni o'simlik va hayvonlarni kuzatishga, 
o'zgarishlarni aniqlab borishga, burchakdagi o'simlik va 
hayvonlarga g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'lishga, ularda 
yuz beradigan o'zgarishlarni ko'ra bilish va ular to'g'risida 
so'zlab berishga o'rgatadi. Yozda navbatchilarga ertalab 
gulpushtalarni sug'orish, guldasta tuzash, gul solingan 
guldonlar suvini almashtirish topshiriladi.
238


Maktabga tayyorlov guruhi bolalari hayvonlarga ovqat 
berish vaqtini, miqdorini, ovqatni mustaqil tayyorlashni, 
kataklarni tozalashni bilishlari kerak.
Navbatchi la ruing vazifasi va bajargan ishining sifati 
nazorat qilib boriladi. Bunday nazoratda bolalarning o'zlari 
qatnashsalar yana ham yaxshi bo'ladi.
Ba'zan navbatchilarning ish natijalari bolalarning uyga 
ketar oldidan muhokama qilinadi. Tarbiyachi bolalarga: 
bugun navbatchilar o'z vaqtida keldimi? Ular hamma ishni 
qilishdimi? Nonushtaga, tushlik ovqatga stol to'g'ri tuzatildimi? 
Navbatchilar hamma narsani vaqtida bajarib, o'ynashga 
ham ulgurdilarmi? Kim yaxshiroq va chiroyli bajardi? kabi 
savollar beradi va ular ishini baholaydi. Navbatchilar har kuni 
almashtirib turiladi, bu har bir bolaning navbatchilikning 
har xil turlarida qatnashishiga va turli mehnat malakalarini 
egallab olishiga imkon yaratadi.
Navbatchilik ishlari bolalarning sog'lig'iga zarar yetkazmay- 
digan (suyuq ovqatlarni, choyni bolalar tarqatmaydilar, og'ir 
narsalarni bolalar ko'tarmaydilar va hokazo] qilib tashkil 
etilishi kerak. Navbatchilik uchun hamma kerakli jihozlar 
bo'lishi lozim, bolalar ulardan mustaqil, ehtiyotlik bilan 
foydalanishga, ishdan keyin joyiga yig'ishtirib qo'yishga 
o'rgatiladi.
Ayniqsa, navbatchilarni guruhlashga e'tibor berish juda 
muhimdir: passiv bolalarni faolroqlari bilan, navbatchilikni 
endi boshlagan bolalarni tajribali bolalar bilan birga tayinlash 
kerak. Lekin bunda faol bolalarning passiv bolalar ishni 
bajarishlariga yo'l qo'ymaslik darkor. Navbatchilarni tanlash 
va tayinlash har xil bo'lishi mumkin: bolalarning xohishiga 
qarab stollar bo'yicha, ro'yxat bo'yicha, sekin-asta navbatchilik 
galini bolalar o'zlari eslab qoladilarva shu tartib bilan borishini 
nazorat qilib boradilar.
Navbatchilarning borligi boshqa bolalar hamma ishdan ozod 
bo'lishini bildirmaydi, ovqatni yeb bo'lgan har bir bola o'zining 
idishini stol ustiga taxlab qo'yadi, salfetkani ham ma'lum
239


joyga qo'yishadi, stol ustidagi uvoqlarni maxsus cho'tka bilan 
idishga yig'ib olishadi. Mashg'ulotdan keyin ham shu hoi 
takrorlanadi; har bir bola o'zining qalamini qalamdonga solib 
qo'yadi, o'z mo'yqalamlarini yuvib, qiyqimlarni yig'ishtirib 
qo'yishadi va h.k. Eng muhimi - bolalarda o'zaro mehr- 
muhabbatni tarbiyalash, bir-biridan qo'lidan kelgan yordamini 
ayamaslikka o'rgatish kerak. Bularning hammasiga tarbiyachi 
rahbarlik qiladi.
Bolalarning mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllaridan 
yana biri qo'l mehnati bo'yicha mashg'ulotdir. Bilim va malaka 
birinchi marta berilayotgan bo'lsa va tushuntirish hamda 
barcha bolalarga yaqqol, ko'rgazmali qilib ko'rsatishni talab 
etgan hollarda ana shunday mashg'ulotlar o'tkaziladi.
Bolalarning jamoa mehnati dastlabki jamoachilik asoslarini 
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida 
birgalikda harakat qilish, o'zaro yordam, shu bilan birga 
mehnat taqsimoti ham mujassamlashgan bo'ladi. Bunda 
mehnat yutuqlaridan birgalikda quvonadilar, ish yaxshi 
chiqmasa birgalikda qayg'uradilar.
Mehnatda bolalarning birlashishlari tarbiyaviy vazifaga 
qarab har xil shaklda bo'ladi. «Yonma-yon mehnat»da 
hamma bolalar bitta ishni bajaradilar, ammo har bittasi o'sha 
umumiy ishning bir qismini bajaradi (bittasi mo'yqalamlarni 
yig'ishtiradi, boshqasi bo'yoqlarni va h.k,). Ishning bunday 
tashkil etilishi bolalarni mehnat malakalariga o'rgatishda ham, 
ularning ishini nazorat qilib turishda ham o'ng'aylik tug'diradi.
«Umumiy mehnat»da har bir bola o'z ishini bajaradi, ammo 
oxirida hamma qatnashuvchilar mehnati umumlashtiriladi (har 
bir bola xamirdan uzib olib pechene yasaydi va u bitta idishga 
solib pishirishga qo'yiladi, pishgandan keyin bitta idishga solib 
bolalar mehmon qilinadi). Yoki hamma bolalar guruh xonasini 
yig'ishtirishadi - har bir bola biron ishni bajaradi, yig'ishtirib 
bo'lingach, natija bitta qilib yakunlanadi. (hamma yaxshi 
ishladi, shuning uchun guruh xonasi toza, saranjom-sarishta, 
chiroyli bo'lib qoldi).
240


Birgalikdagi mehnat quyidagicha tashkil etilishi mumkin: 
masalan, xonani yig'ishtirishda bolalarning bittasi o'yinchoq- 
larni yuvadi, ikkinchisi artadi, uchinchisi o'yinchoq tokchasini 
tozalaydi va unga o'yinchoqlarni teradi. Yoki tabiatdagi 
mehnatda bittasi tuvaklarga qum va tuproqlarni soladi, 
ikkinchisi urug' yoki ko'chatni o'tkazadi, uchinchisi joyiga 
olib borib qo'yadi. Bu yerda bolalarning ish harakatida o'zaro 
mutanosiblik bo'lishi, ya'ni har bir bola bir xilda chaqqonlik 
bilan harakat qilishi kerak, buning natijasida ma'lum mehnat 
munosabatlari yuzaga keladi. Bunday vaziyatda tarbiyachining 
bolalar o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatishga qaratilgan 
bevosita rahbarligi zarur.
Bunday rahbarlik, ma'lum izchillikda amalga oshiriladi.
Tarbiyachi bolalarga bir necha kishilar birgalikda biron 
ishni bajarayotganligini, ularning ishi bir-biriga bevosita 
bog'liqligini, ulardan har biri umumiy ishning biron qismini 
bajarayotganini, ish qanday izchillik bilan amalga oshirilayot- 
ganini tushuntiradi (buning uchun tushuntirish, hikoya qilib 
berish, bolalar badiiy adabiyotidan foydalanadi).
Bolalarning kichkina guruhi bilan ularning birgalikdagi 
mehnatini tashkil etish. Bunday mehnat ertalab, sayr paytlarida 
tashkil etiladi.
Bolalarning mehnat faoliyatini rejalashtirganda tarbiyachi 
uni mehnat jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy 
vazifalariga ko'ra belgilaydi.
Bolalar bog'chasida mehnat tarbiyasining shart-sharoitlari. 
Bolalar bog'chasida mehnat tarbiyasining vazifasi va mazmuni- 
ni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoit- 
lar yaratilishi kerak. Bolalar mehnati uchun joy va vaqt, 
gigiyenik shart-sharoit yaratilmog'i lozim. Ozodalik, toza havo, 
kerakli darajadagi yorug'lik, mehnatning bolalar imkoniyatiga 
muvofiq bo'lishi, mehnat vaqtini bolalar yoshiga qarab to'g'ri 
belgilash (kichikyoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katta guruh 
bolalari uchun 15-20 daqiqa), bolalar harakatlarini almashtirib 
turishni ham e'tiborga olish kerak.
241


Mehnat bolalarga quvonch bag'ishlaydigan qilib rejalashtiri- 
lishi lozim. U ma'lum izchillik bilan amalga oshirib borilishi 
kerak.
Mehnat qilishlari uchun hamma bolalarga yetarli miqdorda 
kerakli qurollar, asboblar bo'lishi, ular bolalarning yoshiga, 
imkoniyatiga mos kelishi, o'zlari mustaqil foydalanadigan qilib 
joylashtirilishi kerak. Navbatchilar uchun fartuklar, qalpoqcha, 
qo'lqopcha, idish yuvish uchun klyonkadan fartuklar zarur. 
Ovqat tayyorlash uchun kichikroq pichoqlar, tarelkalar, 
o'qlovchalar, xamir qorish uchun tog'orachalar, shaklchalar 
kerak bo'ladi. Xonani tozalash uchun toza latta, kichikroq 
tog'oracha, stoldan uvoqlarni yig'ib olish, polni supurish 
uchun cho'tkalar, axlatni yig'ib olish uchun xokandozlar kerak. 
Kir yuvish uchun tog'ora, chelakchalar, kichkina dazmol 
taxtasi, kiyim tozalash uchun cho'tka, supurgi, tikish uchun 
tugmachalar solingan quticha, ip, nina, mato parchalari, 
o'yinchoqlarni yasash va singanlarini, buzilganlarini tuzatish 
uchun maxsus stol yoki taxtacha, bolg'achalar, mixlar, qisqich, 
yaxshi randalangan taxtachalar, karton, ip, arqon, tashlandiq 
materiallar, gugurt qutilari, konfet, atir qutichalari, ipdan 
bo'shagan g'altaklar va hokazolar zarur. Guruh xonasidagi 
tabiat burchagida, MTM hovlisidagi polizda, gulzorda ishlash 
uchun belkurak, xaskash, supurgi, kichkina zambilchalar, 
chelakchalar, leyka, savatchalar kerak bo'ladi. Barcha buyum 
ishlatib bo'lingandan keyin tozalab joyiga qo'yiladi.
Bolalarga to'g'ri mehnat tarbiyasi berishda kattalarning 
bir-biri bilan o'zaro do'stona munosabat bilan hamkorlikda 
ishlashlari ijobiy natija beradi.
Mehnat tarbiyasi masalalari MTMning yillik rejasida 
aks ettiriladi va tarbiyachilarga mehnat tarbiyasini to'g'ri 
rejalashtirish va amalga oshirilishida yordam beradi.
MTMda mehnat tarbiyasini to'g'ri tashkil etish va unga 
rahbarlik qilish yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash 
vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin