244
X BOB. IQTISODIY TARBIYA
Iqtisodiy tarbiya haqida tushuncha
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasi
da mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgarishlar ro'y berdi.
Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojiantirish yo'lida
o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yan-
vardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
rivojiantirish chora-tadbirlari to'g'risida", 1994-yil 15-mart-
dagi O'zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish-
ning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida, “Kichik va xususiy
tadbirkorlikni rag'batlantirish” to'g'risidagi, shuningdek,
2001—
yil 22-avgust, 2007-yiI 27-aprelda qabul qilingan qarorlar
bunga yaqqol misoldir.
Mamlakatda ro'y berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarni
anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy
ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini
shakllantirishda maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-tarbiya-
chilar oldiga ulkan vazifalar qo'yiladi. Bulardan eng muhimi
bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.
Xo'sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi? Uning muhim
belgilari qanday, degan savolning ma’nosini tushunib yetish
lozim.
Iqtisodiyot bu - kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondi-
rishga qaratilgan faoliyatdir.
Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy
faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit
yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi.
Iqtisodiyot - kishilarning yashashi uchun zarur bo'lgan
moddiy ashyolarni yaratish va iste'molchiga yetkazib, hayot
kechirishni kafolatlaydi.
245
Demak, iqtisodiyot yashash ehtiyoj ini qondiruvchi vosita.
Shu o'rinda ehtiyojning o'zi nima ekanligini anglab olish
zarur.
Ehtiyojlar - insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi
hamda jamiyatda ma'lum mavqega ega bo'lish uchun zarur
bo'lgan turli-tuman noz-ne'matlar, ya'ni barcha mahsulot va
xizmatlarning majmuasidir.
Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi:
1. Moddiy-mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlar bunga oziq-
ovqat, kiyim-kechak, turar joy, uy asbob-anjomlari, transport,
aloqa, kommunikatsiya va boshqalar.
2. Turli xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj. Ya'ni, ta'lim, tibbiy
xizmat, jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat,
madaniy-ma’rifiy xizmatlarni o'z ichiga qamrab olgan ijtimoiy
ehtiyoj dir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning
talab va istaklari asosida namoyon bo'Iadi.
Bola ehtiyoji:
- to'laqonli xohishi bo'yicha ovqatlanishga bo'lgan ehtiyoj
- ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o'z xohishi bilan
sarflash
- dam olish, sayohatga chiqish
- shaxsiy o'yinchoqlar, kompyuter
- shaxsiy o'rin-joy
Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga
o'rgatiladi. Bolalarga har qanday talab - bu huquqiy masuliyat
deb qaralishini tushuntirish zarur.
Bu yoshdagi bolalarga inson yashar ekan uning ehtiyoji
to'xtovsiz o'sib borishi haqida ma'lumot beriladi.
Masalan,
ta'lim
xizmatlariga
bo'lgan
ehtiyoj
turli
yo'nalishdagi o'quv markazlari, chet tillarni o'rganishga
bo'lgan ehtiyojini, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar
ehtiyojlarining o'rin almashinuvi, muloqot yangi ehtiyojlarning
paydo bo'lishi, ehtiyojlarning miqdoran ko'payishi kuzatiladi.
246
Iqtisodiyot hech narsa yo'q yerda bo'lishi mumkin emas. Bu
albatta, iqtisodiy resurslar, kattalar mehnati orqali amalga
oshiriladi.
Iqtisodiy resurslar:
1) Moddiy resurslar
2) Mehnat resurslari
3} Informatsion axborot resurslar
Maktabgacha yoshdagi bolalarni moddiy resurslar bilan
tanishtirganda tabiiy resurslar - yer, suv, yer osti va usti
boyliklari bularningbarchasi tabiat ne'matlari ekanligi, ulardan
oqilona foydalanish, suvning inson hayoti uchun zaruriy
jihatlari, ichimlik suvi uni isrof qilmaslik, o'lkamizdagi barcha
boyliklarni asrab-avaylash kerakligi, tevarak-olam, tabiat,
matematika, nutq o'stirish va boshqa pedagogik jarayonlarda
o'rgatib boriladi.
Inson mehnati bilan yaratilgan bino inshootlar, mashina va
mexanizmlar va barcha mahsulotlar bu moddiy mahsulotlar
ekanligi tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolalarni mehnat resurslari
ular kim tomonidan tashkil etilganligi, kimlarning mehnat
qilib mahsulot ishlab chiqarishi, dala, fermer xo'jaligidagi
kattalarning ishbilarmonlik bilan boshqara olish qobiliyatlari
bilan tanishtiriladi. Endilikda har bir ishni tashkil etishda,
albatta, oldin kerakli mahsulotlar yig'ilar, shularga tayanib,
kelgusidagi ishlab chiqarish rejalashtiriladi. Bu axborot-
informatsion resurs jarayoniga kiradi.
Yuqorida biz iqtisodiyot va iqtisodiy resurs va ehtiyojlar
haqida fikr yuritib, maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy
tarbiya berish dolzarb muammo ekanligi va mamlakat
iqtisodiyotini ko'tarishda jamiyatning hamma fuqarolari faol
qatnashishi zarurligini ta'kidlagan holda maktabgacha ta’lim
pedagogikasi o'z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo'ydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish-
ning maqsadi bolalarga iqtisodiyotga oid bilim va ma'lumotlar
berish orqali iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetish va
ularni iqtisodiy faoliyatga yo'naltirishdir.
247
Shuningdek, miiliy iqtisodiyotimizning barqaror o'sishida
kelajak avlodni tarbiyalshni maqsad qilib qo'yadi.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustu-
vor hisoblanadi:
1. Maktabgacha bolalarning jamiyatning iqtisodiy rivojlan
tirish tamoyillari va qonuniyatlari bilan tanishtirish orqali
ularni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish;
2. Iqtisodiy tushunchalar mazmunini anglash, o'z kundalik
faoliyatlarida ongli ravishda qo'llay olish malakalarini shakl
lantirish:
3. Bolalarda iqtisodiy tafakkur elementlarini shakllantira
borib iqtisodiy muammolarni tahlil, farqlay olish, isbotlay olish
va umumlashtirish ko'nikmalarini tarkib toptirish;
4. O'qitishning zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllaridan
foydalanish.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XII bobi
“Jamiyatning iqtisodiy negizlari"ga bag'ishlangan bo'lib, unda:
bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil
etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga
olib iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini
barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy
jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan
hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona
foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir" deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |