N. M. Kayumova


Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy
tarbiya haqidagi qarashlari
O'rta asrlarda yashab ijod etgan olim va mutafakkirlar 
o'z ilmiy asarlari orqali mamlakat rivojida iqtisodiyotning 
ahamiyati, rolini falsafiy jihatdan yoritib berdilar.
248


Eramizdan oldingi mingginchi yillarning o'rtalarida eng 
qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusidagi 
juda ko'p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo'lib, ular zardushtiylik 
dinining muqaddas kitobi "Avesto”da kiritilgan.
"Avesto”da insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning 
so'zi, fikri, ishi birligiga katta e'tibor qaratiladi. "Avesto"da 
mamlakatni iqtisodiy jihatdan ta'minlashda asosan:
- Shahar va qishloqlarni obod qilish;
- Bog'larni ko'paytirish;
- Chorva va yaylovlarga e'tibor berish;
- Kishilarni madaniy turmush tarziga undash g'oyalari o'rin 
egallaydi.
Shuningdek:
- yer, suv, zamin;
- kiyim-kechak;
- oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga e'tibor berish 
lozimligi 
ta'kidlanadi. 
Zardushtiylik 
ta'limotida 
inson 
shaxsining takomili, tabiatni muhofaza qilish, o'z ehtiyojlarini 
qondirish me'yorlarini tarbiyalash masalalari o'rin egallaydi. 
Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy kamol 
topishi uchun zarur bo'lgan muayyan talablar o'z ifodasini 
topib, hayot kodeksi sifatida faqat sharq xalqlarining emas, 
balki g'arb mamlakatlarining muqaddas merosi bo'lib qoldi. 
Bu davrda G'arb bilan Sharqni, Uzoq Sharq mamlakatlari bilan 
O'rta yer dengizini bog'lovchi buyuk savdo yo'li - "Buyuk 
Ipak yo'li” rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy 
taraqqiyot yuzaga keldi.
Sharq uyg'onish davrida qishloq, hunarmandchilik va savdo- 
sotiqning rivojlanishi yo'l berdi. Natijada Yaqin va O'rta Sharq 
davlatlari bilan savdo ishlari olib borildi. Buning natijasida 
ko'plab sug'oriladigan yerlar ochildi, sug'orish inshootlari 
yaratildi. Paxta, zig'ir, kanop ekilib, ularning Movarounnahrda, 
asosan, Xorazm, Urganch, Farg'ona, Samarqad va Buxoroda 
to'qimachilik mahsulotlari ayniqsa, Samarqand va Buxoro 
shoyisi dunyosi mashhur bo'ldi. Bu davrlarda pul muammosi
249


rivojlandi. 
Jamiyat 
siyosiy, 
iqtisodiy-ijtimoiy 
hayotida 
o'zgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga o'z ta'sirini ko'rsatdi.
Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi 
qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti ta'lim-tarbiya 
iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar.
Al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta'lim metodlari insonni aqliy 
kamolotga yetaklash kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim belgilari va 
omillarini o'z ilmiy asarlarida yoritib berdi.
Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va 
mehnat tarbiyas haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining 
mehnatiga qarab turlarga bo'ladi, Og'ir mehnat sifatida 
binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi. 
Beruniy "Minerologiya" asarida qimmatbaho metallar, toshlar 
haqida emas, hunarmandchilikka oid qarashlari mamlakat 
iqtisodiyotini kengaytirish masalalarini ilgari suradi. Ibn Sino 
materiyanining eng sodda bo'Iaklarga bo'linmaydigan shakli 
to'rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o'simlik, 
hayvonot olamiga ta'siri bebaho boyliklarni asrab-avaylash 
kerakligi to'g'risida o'zining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya" (aqliy 
bilimlar tasnifi) asarida fikr yuritadi,
Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko'tarishgda 
savdoning ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turli- 
tuman ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik 
san'atini taraqqiy ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi, 
mamlakat obodonchiligi yo'lida suv omborlari, to'g'onlar 
qurishga, yangi yerlarni o'zlashtirishga e'tibor berdi. Amir 
Temurning soliqlar haqida qoidasi muhim ahamiyatga egadir. 
Ma'naviyatimizning buyuk siymosi Alisher Navoiy shahar va 
mamlakat obodonchiligiga katta hissa qo'shib, shifoxonalar, 
madrasa qurdirib, ularni kerakli jihozlar, mudarrislar, tabiblar 
va boshqa xodimlarga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh bilan 
ta'minladi.
250


Binolar qurilishi, dehqonchilik ishlarini yo'lga qo'yish, 
mamlakat iqtisodiyotiga o'z hissasini qo'shgan. Navoiy turli 
soha olimlariga homiylik qilib, o'ylab ilmiy risolalar bitirishga 
bevosita rahbarlik qilganligi shu asrda davlatchilikni 
boshqarishda bosh vazifa bu iqtisodiyotni rivojlantirish muhim 
masalalardan biri ekanligini ta'kidlanadi.
Talabalar uchun "Ixlosiya" madrasasi, darveshlar uchun 
"Xalosiya" xonaqoni, bemorlar uchun "Shifoiya" shifoxonasi, 
masjidi Jome yoniga Qorixona (Dor ul-hufroz) qurilib, ular 
uchun nafaqa ajratib, ularni kitoblar va zaruriy ashyolar bilan 
doimiy ravishda ta'minlab borilgan.
Alloma tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari 
ham farovonligini, turmush darajasini o'stirish bilan bir 
qatorda mamlakat iqtisodiyotini ko'tarishga olib keldi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, diyorimizda yashab 
o'tgan har bir olim-u fuzalolar mamlakat taqdiriga befarq 
bo'lmay, o'z asarlari va hayot faoliyatlari bilan mamlakat 
iqtisodiyotini yuksaltirishga o'z hissalarini qo'shganlar.
O'zbekiston diyorimiz mustaqillikka erishgandan so'ng 
Davlatimiz rahbari tomonidam buyuk bunyodkorlik ishlari 
amalga oshirildi. Mamlakatimizda yangidan qad rostlagan 
ta'lim muassasalari, maskanlari 
(maktab, 
litsey-kollej, 
maktabgacha ta'lim muassasalari, oliy ta'lim};
- Shifoxonalar, sanatoriya, dam olish maskanlari;
- Madaniy va ma'rifiy inshootlar;
- Turli xildagi banklar;
- Mashinasozlikka mo'Ijallangan korxona va zavodlar;
- Yo'l, ko'priklar, mamlakat temir yo'li, yangi Qamchiq 
dovoni;
- Respublika havo yo'llari kompaniyasi;
O'zbekiston 
Respublikasida 
tadbirkorlik 
ishlarining 
eng sermahsul zamonaviy tizimini joriy etishning o'zi 
ham davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga e'tibori 
nihoyatda katta ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin