N. M. Kayumova


Bozorlar mazmuni va ishlatilishiga qarab quyidagi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Bozorlar mazmuni va ishlatilishiga qarab quyidagi
turlarga bo'linadi:
- Iste'molchilar bozori - bunda iste'mol uchun zarur bo'lgan 
barcha tovarlar sotiladi;
- xizmat ko'rsatish bozori bunda asosan zarur bo'lgan 
xizmatlar ko'rsatiladi. Bu bozorning rivojlanishi aholining 
iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilab berish bilan bog'liqdir.
- uy-joy bozori - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga 
kelgan bo'lib, asosan uy-joylarni xususiylashtirish va ularni 
sotib olish bilan bog'liq bo'lgan hujjatlardan tashkil topadi;
- innovatsion bozor - ilmiy yangiliklarni texnika va ishlab 
chiqarish texnologiyalarini, turli ixtirolarni o'zida jalb etadi;
Shuningdek, mahalliy, milliy, asosiy, qo'shimcha chakana, 
ulgurchi, mayda-ulgurchi davlatlararo, jahon bozor turlari 
mavjud.
Xaridor bozordan o'ziga kerakli ehtiyoj narsalarni pulga 
sotib oladi. Xo'sh, pulning o'zi nima?
Pul - bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy 
vositasidir.
Pul - bozor munosabatlarining asosiy vositasi, uning 
yordamida barcha iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi.
Ma'lumki, hamma kishilar puldan foydalanadilar.
- Pulga xonadonlar'bozordan davlatga iste'mol tovarlarini 
sotib oladilar.
- Pul - soliqlar, badal, qarz, stipendiya, pensiya kabi 
majburiyatlarni to'lash uchun kerak.
260


Pul 3 ta asosiy funksiyani boshqaradi.
1 - hisob-kitob va iqtisodiy o'lchov funksiyasi
2 - muomala vositasi
3 - jamg'arish vositasi
1994-yil 2-iyundan boshlab “O'zbekistonda milliy pul so'm 
joriy etildi,
Milliy pul - bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi 
va tanho to'lov vositasi deb qabul qilingan puldir. Bunda nechta 
mamlakat bo'Isa, shuncha milliy pullar bor, Ularning nomida 
o'xshashlik bo'lsada, ular farqlanadi. AQSh, Kanada, Avstraliya, 
Gonkong pullari dollar bilan yuritiladi, lekin ular hamma 
jihatdan farqlanadi. Milliy pullar turlicha bo'ladi. Ulardan biri 
tovar shaklidagi puldir, ya’ni bu oltindir.
Qog'oz 
pullar - davlat tomonidan muayyan mamlakatdagi 
yagona to'lov vositasi sifatida kiritiladi va bu tanga pulning 
o'ziga yozib qo'yiladi. Qog'oz pullar kupyura shakliga ega. Ular 
har xil qiymatli bo'lib chiqariladi. Masalan, O'zbekiston milliy 
puli - so'mni olsak, 10, 25, 5 0 ,1 0 0 ,2 0 0 ,5 0 0 ,1 0 0 0 ,5 0 0 0 ,1 0 0 0 0
va 50000 so'mlik pullar shaklida chiqariladi.
Ular yirik va mayda pullarga ajraladi. Yirik pullar qog'oz 
shaklida, mayda pullar tanga va chaqa shaklida chiqariladi.
Milliy 
pul quyidagi xususiyatlarga ega bo'ladi:
- U mamlakatdagi yagona to'lov vositasi hisoblanadi.
- u himoya belgilariga ega [bu belgi 12 tagacha bo'ladi], uni 
qalbakilashtirish qiyin bo'ladi.
- milliy pulning o'z ko'rinishi bor, uni boshqa puldan 
farqlantirib topib olish mumkin. Milliy pul chidamli bo'lib, uzoq 
davrga qadar xizmat qila oladi. Pul o'z shakli jihatidan qog'oz, 
tanga va chaqa pullardan tashkil topsa, muomala jihatidan 
naqd va naqd bo'lmagan pullarga ajraladi.
Naqd pullar - bu aholi qo'lida aniq moddiy shaklidagi qog'oz 
va tanga pullar bo'lib, u qo'ldan-qo'lga o'tib yuradi.
Bank - bu pul bozorda faoliyat yurituvchi moliyaviy 
institutdir.
261


Biroq oldi-sotdi aloqalariga naqd bo'lmagan pullar ham 
xizmat qiladi. Bu - bankdagi ayrim kishilar, fermerlar yoki 
davlat tashkilotlari nomiga yozilgan puldir. Aholi naqd pul 
va bankdagi puldan tashqari plastik kartochkalardan ham 
foydalanadi. Biroq, ularning o'zini pul deb bo'lmaydi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin