N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Huquqiy madaniyat 
- davlat tomonidan belgilangan 
qonun-qoidalarga rioya etishdagi shaxsning xulqi, munosabati 
tushuniladi. Bir so'z bilan aytganda huquqiy madaniyat ongli 
ravishda huquqiy me'yorlarga rioya qilish va bo'ysunishdir.
Huquqiy ong 
- huquqiy madaniyatning ajralmas qismi 
bo'lib hisoblanadi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning 
qonun me'yorlariga munosabatidan, ularni qabul qilish 
xususiyatlaridan, o'rnatilgan qonunni qo'llash, unga rioya 
qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. Jamiyat hayotini huquqiy 
tartib asosida tuzish to'g'risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy 
ong shakli - huquqiy ong deyiladi. Ijtimoiy ong o'z navbatida 
quyidagi guruhlarga bo'linadi:
- Siyosiy;
- Axloqiy;
- Diniy;
- Huquqiy.
Huquqiy ong 
- O'zbekiston davlati va uning organlari 
tomonida qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga 
rioya etish, ulardan ongli ravishda foydalana olish qobiliyatidir.
Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda 
qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan: "Ta'lim to'g'risidagi 
qonun1', "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" "Jamiyatda 
huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi", O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarori qonunlar 
hisoblanadi.
12 Karimova O.A., G ’afforov Z.M . Davlat va huquq asoslari. Т.: 0 ‘qituvchi -
1995.
271


Xo'sh qonunning o'zi nima?
Qonun deganda 
davlat hokimiyatining oliy organi 
tomonidan qabul qilingan ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ huquqiy akt 
tushuniladi. Qonunning asosiy jihatlari quyidagilar:
1. Qonun davlat hokimiyati yuqori vakillik organi tomonidan 
chiqariladi;
2. Qonun yuqori yuridik kuchga ega;
3. Me’yoriy-huquqiy xarakterga ega;
4. Unda turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
5. Qonunlar davr talablarining bajarilishiga qaratiladi.
6. Qonun xalqning irodasini mujassamlashtiradi.
Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim tofg'risida"gi qo­
nunning 4-moddasi fuqarolarning bilim olish huquqiga 
bag'ishlanib, unda jinsi, till, yoshi, milliy mansubligi, e'tiqodi, 
dinga munosabati, ijtimoiy kelib chikishi, xizmat turi, ijtimoiy 
mavqeyi, turar joyi, O'zbekiston hududida qancha vaqt 
yashayotganligidan qat'iy nazar har kimga bilim olishda 
teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari 
O'zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq 
bilim olish huquqiga ega, ular bilim olishda O'zbekiston 
fuqarolari bilan teng huquqlarga ega deyiladi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham fuqaroning eng 
asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijobiy 
qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi, 
kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ta'minlash, uzluksiz 
ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni 
shakllantirish nazarda tutiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish 
nafaqat oila va Maktabgacha ta'lim muassasalarida beribgina 
qolmasdan, balki bunda mahalla, ko'cha-ko'y, qo'ni-qo'shnilar, 
kattalar, qolaversa, butun jamiyat a'zolari qatnashishi lozimdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, huquqiy tarbiya berish 
shakllarini quyidagicha ifodalash mumkin:
272


1. Huquqiy bilim;
2. Huquqiy ma'naviyat;
3. Jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar;
4. Huquqni himoya qiladigan davlat organlari bilan 
tanishtirish.
Demak, huquqiy tarbiya davlat tomonidan belgilangan 
maxsus tarbiya tizimlaridan tashkil topadi va aniq maqsadni 
ko'zda tutadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin