N. M. Kayumova


Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari.
Ma'lumki, inson oilada rivojlanadi va kamol topadi. Oila bu 
ota-ona, er-xotin, farzandlarva qarindosh-urug'lardan tuzilgan 
jamoa bo'lib, oila a'zolari o'rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, 
majburiyatlarini vujudga keltiradi. O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining XIV - "Oila" bobida oila jamiyatning asosiy 
bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish 
huquqiga ega deyilgan. Oila qonunlarining asosiy vazifalari 
oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni ishonch, 
hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish, oila oldidagi 
burch va majburiyatlarini his qilish va o'z huquqlarini himoya 
qilishdan iboratdir.
Oilada ota-ona, bolalarning huquq va majburiyatlari:
1. Oilada yashash va tarbiyalanish;
2. O'z 
ota-onasini 
bilish, 
ularning 
g'amxo'rligidan 
foydalanish va ular bilan birga yashash.
3. Bola otasi, onasi, yaqinlari va boshqa qarindoshlari bilan 
ko'rishishi;
4. O'z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
5. O'z fikrini ifoda etish;
6. Bola ism, ota ismi va famliyasini olishga;
7. Ism va familiyasini o'zgartirishga;13
8. Oilada umumiy mulk va o'z huquqiy mulkiga ega bo'lish 
va boshqa huquqlarga ega.
Bolaning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
uning ota-onasi (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan
13 Karimova O. Huquqshunoslik. Toshkent, 2009.
273


amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq 
to'la muomala layoqatiga ega deb e'tirof etilsa, u o'z huquq va 
majburiyatlarini, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga 
haqlidir. Oilada bolaga taalluqli har qanday masala hal 
etilayotganida bola o'z fikrini bildirishga, so'zlashga haqlidir.
Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgila­
nadi. Ota-ona turli familiyada bo'lganda ota-onaning kelishu- 
viga binoan bolaga ota yoki onaning familiyasi beriladi. Milliy 
an'analarga muvofiq boboning ismi bo'yicha familiya berilishi 
mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo'limi 
ota-onaning birgalikdagi arizalariga binoan bola 16 yoshga 
to'lguncha uning manfaatlarini e'tiborga olib, uning ismini 
o'zgartirishga (ota yoki onaning) haqlidir.
Ota-onalar o'z farzandlariga teng huquq va majburiyatlarga 
egadirlar. Nikohda bo'lmagan, voyaga yetmagan bolalari 
bo'lgan ota-onalarning bolalari 16 yoshga to'lishlari bilan 
ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga 
haqlidir. Ota-ona o'z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, 
ma’naviy va axloqiy kamoliga g'amxo'rlik qiladi va buning 
uchun javobgar hisoblanadi.
Ota-onalik huquqlarini amalga oshirishda bolaga nisbatan 
shafqatsizlik, qo'pollik, mensimaslik, jismoniy qadr-qimmatni 
kamsitish, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilish qonunga 
ziddir. Farzandlar oldidagi burchlarni bajarmasalar ota- 
onalikdan sud qarori orqali mahrum qilinadi.
Oila munosabatlari O'zbekiston Respublikasi “Oila Kodeksi"- 
da ham o'z ifodasini topgan. Quyidagi hollarda ota-onalar ota- 
onalikdan mahrum etiladi:
- Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish
aliment to'lashdan bo'yin tovlash;
- O'z bolasini uzrsiz sabablarga ko'ra tug'ruqxona va 
boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
- Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lsa, 
jumladan, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy ta’sir ko'rsatilganda;
274


- Surunkali ravishda ichkilikbozlik yoki giyohvandlikga
mubtalo bo'lgan taqdirda;
- O'z bolalaririing hayoti, sog'lig'i yoki er-xotinning hayoti,
sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir etilganda ota- 
onalik huquqidan mahrum qilinadi.
Farzandlar voyaga yetgandan keyin o'z ota-onalariga 
g'amxo'rlik qilishlari lozim. Maktabgacha ta'lim bo'yicha 
qabul qilingan qonunlar va me'yoriy hujjatlar bilan ishlash 
jarayonida biz vasiylik va homiylik kabi iborani uchratamiz. 
Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimiyatining qarori 
bilan belgilanadi.
Vasiylik - 14 yoshga to'lmagan va sud tomonidan ruhiy 
kasalligi yoki zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan 
shaxslarga belgilanadi.
Homiylik - 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga 
hamda kasalligi tufayli mustaqil ravishda o'z huquqlarini 
amalga oshira olmaydigan voyaga yetgan shaxslarga, 
shuningdek sud tomonidan layoqati cheklangan shaxslarga 
nisbatan belgilanadi.
Maktabgacha pedagogika fanini talabalarga o'qitish 
jarayonida ularda O'zbekiston davlati tomonidan qabul qilingan 
qonunlarga nisbatan yuksak hurmat tuyg'usini uyg'otish 
va o'z hayotida ulardan oqilona foydalanish ko'nikmalarini 
shaklllantirish muhim vazifadir.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin