N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim muassasalarida huquqiy tarbiya



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta'lim muassasalarida huquqiy tarbiya
berishda Sharq mutafakkiriari merosidan foydalanish
Davlat va huquqning vujudga kelishi to'g'risida Sharqning 
alloma-yu fuzalolari, mutafakkiriari o'zlarining tarixiy asarlari 
orqali turli falsafiy fikr va qarashlarni bildirganlar.
IX-X asrlarda yashagan Abu Nasr al-Farobiy O'rta asrlar 
Sharq mutafakkirlaridan birinchi bo'lib jamiyat va davlat, 
odilona davlat tuzumi muammolari haqida fikr yuritdi. Bu 
taTimotda ijtimoiy hayotning ko'p masalalari - davlatni
275


boshqarish, ta'lim, tarbiya, axloq, ma'rifat, diniy e'tiqod, mehnat 
va boshqa jihatlar qamrab olindi. Farobiy o'zining "Fozil shahar 
aholisining maslagi" asarida jamiyat ("Inson jamoasi") ning 
kelib chikishi, insonning yetuklikka erishuvi yo'lidagi zahmati, 
kishilarning jamoa bo'lib yashashidagi xulq-atvori, axloq-odob 
me’yorlari haqida fikr yuritib, inson fazilatlarini ikki guruhga 
bo'Iadi. Birinchisi - fikriy fazilat; Ikkinchisi - xulqiy fazilat.
1.
 Fikriy 
- aql, donolik, fahm-farosat, zehnlilikdan iborat.
2. 
Xulqiy fazilat 
- iffatlilik, adolatlilik, saxiylik, odoblilikdan 
iborat deydi.
Farobiy yomon fazilatlarni qoralaydi va unga - razillik deb 
ta’rif beradi.
Mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga 
qarshi chiqadi. Uning "Baxt-saodatga erishuv yo'llari" haqidagi 
asarida davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib 
borish, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo'lga kiritilishini 
ta'kidlaydi.
Farobiy davlatni yetuk shaxs, yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan 
kishilar tomonidan boshqarish lozimligi ta'limotini ilgari 
surdi. Mutafakkir davlat va shahar birlashmasining o'ziga 
xos xususiyatlari, davlatni boshqarish shakllari, vazifalari, 
uslublarini yoritib berib, unda insonlarning farovon hayot 
kechirishi haqidagi siyosiy-ijtimoiy-huquqiy turmushtarzlarini 
yoritadi.
Farobiyning fozil jamoa va komil insonlar haqidagi 
ta'limotlari so'nggi olim-mutafakkirlar ijodiga katta ta'sir 
ko'rsatdi.
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o'rta asr sharoitida 
dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk 
mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning dunyoqarashi Farobiy asarlari 
ta'sirida shakllandi, u ijtimoiy-falsafiy masalalarda Farobiy 
qarashlarini davom ettirdi, ilg'or falsafiy oqimni yangi tabiiy- 
ilmiy fikrlar bilan boyitdi va tizimlashtirdi. Uning falsafiy 
qarashlari:
276


1. Shaxs haqidagi ilm;
2Jnsonning o'zaro munosabatlari haqidagi ilm;
3.Davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilmdir.
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga 
shu mavjud dunyoda erishish mumkin, insonlar o'zaro 
yordam asosida yashashlari kerakligini ta'kidlaydi. Jamiyat 
kishilarning o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli 
qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini uqtiradi. Jamiyat 
a'zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni 
buzish va adolatsizlik, jazolanish, basharti davlat boshlig'i 
o'zi adolatsizlikga yo'l qo'ysa, xalqning unga qarshi chikishi 
to'g'ri va bu holatni jamiyat qo'llab-quvvatlashi lozimligini 
ta'kidlaydi.
Uning "Tadbir al-manozil" (Turar joyni boshqarish), “Axloq 
haqida risola”, “Burch haqida risola", "Adolat haqida kitob", 
"Donishnoma” asarlarida insonlarning umumiy fazilatlari, 
ularda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo 
bo'lish sabablari to'g'risida fikr yuritib, bu sifatlar odatdan 
paydo bo'ladi, odatlarning yaxshi yoki yomon bo'Iishida 
hukumat ahllarining ta'siri katta deydi. Ibn Sino axloqiy 
fazilatlardan iffat, qanoat, saxiylik, shijoat, sabr, adolatlik, 
do'stlik, vafodorlik kabilarga o'z ta'rifini beradi. Ibn Sinoning 
fikricha insonlar xulq-atvoriga yomon nuqsonlardan aldov, 
adolatsizlik, bo'xton, o'ch olish, irodasizlik kabi illatlarni 
bartaraf etishda davlat va jamiyat a'zolari va oilaning ta'siri 
ustida so'z yuritadi. U bola tarbiyasi haqida fikr bildirib, bola 
tarbiyasini unga ism berishdan boshlashni lozim deb biladi. 
Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki oliyjanob 
vazifalaridan deb bilib, uning tarbiyasi bilan, avvalo, ota-ona 
shug'ullanishi kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino o'zining ko'p 
tarmoqli falsafiy qarashlari va boy merosi bilan mamalakat 
taraqqiyotida katta rol o'ynadi.
Yuksak davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur 
ilm-fan, ma'naviyat va davlatni boshqarishga katta e'tibor 
qaratib, yangi davlat tizimini tuzgan mashhur shaxsdir. Amir
277


Temur davlati o'z davrida Ovro'pa va Osiyodagi eng yirik 
mustahkam va rivojlangan davlat sifatida tanildi. U davlatni 
boshqarishga katta e'tibor berib, yangi davlat tizimi bo'yicha 
Devoni Buzrugdan tashqari har bir viloyatda Devon deb 
ataluvchi boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yig'ish, 
tartibni saqlash, ijtimoiy binolarga qarab turish va aholining 
xulqiy-axloqiy harakatlarini ostiga olish bilan shug'ullangan.
Uning “Temur tuzuklari" da davlat tuzilishi, davlatdagi turli 
lavozimlarning vazifasi, davlat boshqarishga asos bo'lgan 
qoidalar haqida fikr yuritadi. U davlat ishlarini har doim 
islom va shariat hukmlari asosida boshqargan. O'z davlatining 
martabasini qonun-qoidalar asosida boshqarganligi, davlat 
ishlariga noqonuniy hech bir kimsani aralasha olmasligi, 
bu ishga qurbi yetmaganligini ta’kidlab, jamiyat ishlaridagi 
odamlarning 12 toifaga bo'linishi, saltanatni boshqarishda 12 
qoidaga amal qilganligi, saltanat 4 qat'iy qoidaga asoslanishi 
kabi masalalaryoritiladi.
Amir Temur saltanatni boshqarishda to'rt narsaga amal 
qilgan. Ya'ni:
1. Kengash;
2. Mashvarat-u maslahat;
3. Qat'iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik;
4. Ehtiyotkorlik.
Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, Amir Temur davlat, 
jamiyat hayotida bo'lib o'tadigan har bir muhim rejani kengash 
oldidan o'tkazar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, 
sarkardalar, temurzodalar, balki sayyidlar, shayxlar, ilm-fan 
ahlini ham taklif etgan.
Temuriylar davri madaniyati ma'naviyatini tez va yuksak 
darajaga ko'tarilishiga olib keldiki, uning yutuqlari so'nggi 
uzoq asrlar davomida madaniy huquqiy rivojlanish uchun 
ozuqa bo'ladi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan 
falsafiy, madaniy-ma'rifiy ta'limotlar, ya'ni:
278


- Axloq-odob, muomalani inson tarbiyasining asosiy 
maqsadlaridan deb bilib, uning adolat, yuksalish, ma'naviyatga 
intilishiga yo'l ochish, imkoniyat yaratish zarur;
- Komil inson faqat rivojlangan davlatchilikda shakllanadi. 
Bunda davlatchilik esa aql va ilmga o'zaro kelishuv, birgalikda 
ega bo'lish natijasida amalga oshiriladi.
- Mustahkam davlatchilik fozil jamoani vujudga keltira 
oladi, bu davlat, jamoaga rahbarlik, hokimlik qilayotgan 
shaxsning ma'rifatli, ilmli, axloqli bo'lishi jamoani kelishib 
boshqara olishga bog'liqdir - degan falsafiy qarashlari huquqiy 
tarbiyaning negizi hisoblanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin