Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston Res
publikasi Konstitutsiyasi bilan yaqindan tanishtirish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Dastlab, Konstitutsiya o'zi nima,
nima uchun u Respublikamizning bosh qomusi hisoblanadi,
uning mazmuni, mohiyati, inson va fuqarolarning asosiy holati
to'g'risida tushuncha berilishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidayuqorida ko'rsa
tib o'tilgan masalalar o'z ifodasini topgan. Hamma huquqiy
me'yorlar undan kelib chiqadi va unga bo'ysunadi.
"Konstitutsiya" so'zi lotin tilida "Constitutio" - so'zidan
kelib chiqib, "tuzish", "o'rnatish", "belgilash” degan ma'nolarni
anglatadi. Dastlab, qadimgi Rimda jamiyatdagi ijtimoiy muno
sabatlar qonun asosida belgilangan bo'lib, u o'zining uzoq
tarixiga ega. Jahonda birinchi Konstitutsiya 1787-yilda AQShda,
1831-yilda Belgiyada, 1874-yilda Shvetsariyada qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganligining
dastlabkiyillarida o'zining Konstitutsiyasi qabul qilinishi o'zbek
davlatchiligining rivojlanishiga asos bo'ldi. Mustaqillikdan
avval O'zbekiston garchand suveren davlat deb atalgani bilan
barcha masalalarni mustaqil hal eta olmagan. Konstitutsiya-
279
ning yaratilishi 1990-yilning iyun oyidan boshlangan bo'lib,
bunda Respublikamiz olimlari, oliy kengash deputatlari,
butun o'zbek xalqi ishtirok etdi va xalq muhokamasidan o'tib
1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun umumxalq bayrami
deb e'lon qilindi. Qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil
respublikamizning birinchi Asosiy Qonuni hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - xalqning
maqsadini, istagini, davlat suverenitetini, ijtimoiy va davlat
tuzilishini, xalqaro munosabatlarni, inson va fuqarolarning
huquqiy holatini, davlat organlarining vakolatlarini, saylov
tizimi va boshqa muhim masalalarni o'z ichiga olgan.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirishdan maqsad
- o'zi istiqomat qilayotgan davlati, xalq irodasi va uning
manfaatlari, milliy davlat, uning ma'muriy-hududiy tuzilishi,
milliy davlat ramzlari, fuqarolarning burch va majburiyatlari,
unda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari,
urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish, xalqimizning
tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrash,
onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishi, har
kimning bilim olish va huquqlardan foydalanishi, jamiyat va
davlat hayotining eng muhim masalalari saylov, referendum,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, inson erkinligi, sha'ni,
qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari to'g'risida tushuncha
berish orqali bolalarga huquqiy ta'lim va tarbiya berishdan
iborat.
Ma'lumki, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga
ta'lim-tarbiya berish “Ilk qadam" dasturi asosida olib boriladi.
Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan o'rta
guruhdan (3-4 yosh) boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya
saboqlari asosida ilk huquqiy tushuncha berish, bolalarda
ularning umumiy Vatani - O'zbekiston haqida tasavvur
uyg'otish, o'zi tug'ilib o'sgan joyiga muhabbat tuyg'usini
uyg'otish, o'z shahar, qishloq, mahalla va ko'chasi haqidagi
280
bilimlarini kengaytirish, o'zi yashash joyidagi me'morchilik
yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg'otish, ularning
nomlarini to'liq aytishga o'rgatish vazifalari qo'yiladi.
Katta guruhda (4-5 yosh] - bolalarda mustaqil O'zbekiston
davlati haqidagi tushunchalarini kengaytirish, Samarqand,
Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari, "Buyuk Ipak yo'li" haqida
qisqacha ma'lumot berish, O'zbekistonning mustaqilligi,
gerbi, bayrog'i, madhiyasi haqidagi bilimlari shakllantiriladi.
O'zbekiston madhiyasini ijro eta olishga o'rgatiladi. O'zbe
kiston Respublikasi Prezident tomonidan boshqarilishi,
O'zbekistonning poytaxti Toshkent shahri ekanligi haqida
tushuncha beriladi. Bolalarning o'z tug'ilgan yurtiga mehr-
muhabbat hissini shakllantirish, milliy g'ururni tarbiyalash,
"Konstitutsiya saboqlari” asosida ilk tushunchalar beriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh] - Bolalarning mustaqil
O'zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish, O'zbekistonning
qadimiy shaharlari va Buyuk Ipak yo'li haqida "Konstitutsiya
saboqlari”
asosida
tushunchalar beriladi.
O'zbekiston
Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning burchi
ekanligi, tabiatga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda
bo'lishga majbur ekanliklari, o'z sha'ni, qadr-qimmati va
erkinliklari to'g'risidagi huquqiy bilimlarga ega bo'ladilar.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni Konstitutsiya
bilan tanishtirishda eng asosiy g'oya - Mustaqillik g'oyalarini
aks ettirilishi muhim hisoblanadi. Bunda "O'zbekiston -
mening Vatanim", "Konstitutsiya asosiy qomusimiz", "Qonun
muqaddas”, "Mustaqillik bayrami" mavzularida suhbatlar
o'tkazib, bolalarda dastlabki tasavvur va tushunchalar hosil
qilinadi.
-
O'zbekistonda davlat tili - o'zbek tilidir degan modda bilan
tanishtirish, Tushunchalar berishda - "Til - millatning ulkan va
bebaho boyligi” mavzusida suhbat o'tkazish orqali davlat tili va
uning qabul qilinishi bilan bog'liq bo'lgan ma'Iumotlar beriladi.
Ulug' bobomiz A.Navoiy o'zbek tilining "asoschisi" haqida
bilimlar, davlatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari
281
istiqomat qilishi, ularning yashashi va o'sib-ulg'ayishi uchun
hamma bilan teng sharoitlar yaratilganligi, bu millatlarning
tillari, urf-odatlari va an'analarining o'zbek xalqi tomonidan
hurmat qilinishi, bu millatlarning xohishi bo'yicha o'zi istagan
tilda ta'lim olishlari mumkinligi to'g'risida tushuncha beriladi.
O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari Vatanimizning
milliy g'ururi, o'zligimizni namoyon etuvchi, millatimiz sha'ni
va obro'sini butun jahonga namoyon etishdagi faxrimiz-
iftihorimizdir. Davlat ramzlaridan davlat bayrog'i (1991-yil
18- noyabr), davlat gerbi (1992-yil 2-dekabr), madhiya (1992-
yil 10-dekabr) qabul qilinganligi, ularning tuzilishi, unda aks
etgan ranglar va tas virlar, belgi va ishoralar bilan tanishtiriladi.
Mujassam mashg'ulotlar (nutq o'stirish, tasviriy faoliyat, atrof
olam) orqali tushunchalari kengaytiriladi, davlat madhiyasini
baralla kuylab olishga o'rgatib boriladi.
- O'zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri.
8-modda shaharning tarixiy, diqqatga sazovor joylari, ta'lim
maskanlari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan,
shuningdek, o'zi tug'ilib o'sgan shahar, qishloq, mahalla va
ko'chalar, yashash joyidagi tarixiy, madaniy-ma'naviy yodgor-
lik, ularning nomlarini to'liq aytishga o'rgatib boriladi. Bunda
"Ona shahrim Toshkentim", "Samarqand - qadimiy shahar",
"Buxoro shahri"," O'zbek xalqining milliy san'ati", "Xiva shahri",
“Buyuk Ipak yo'li" "Mening mahallam” haqida suhbatlar
o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni - O'zbekiston xalqini
millatidan qat'iy nazar, O'zbekistonning fuqarolari tashkil etadi
deb nomlangan 8-modda bilan tanishtirishda etnik, diniy yoki
til jihatdan boshqa millatga mansub kishilar O'zbekistonda
istiqomat qilayotgan bo'lsalar, ular O'zbekiston Respublikasi
fuqarolari hisoblanishi, ularning o'z diniga e'tiqod qilish va
uning rasm-rusumlarini bajarish va o'z ona tilidan foydalanish
huquqi rad etilmaganligi haqida ma’lumot beriladi.
- O'zbekiston Respublikasi demokratik davlat bo'lib, u
umuminsoniy prinsiplar asosida unda yashayotgan har bir
282
inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, sha'ni va boshqa
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat bo'lib hisoblanishi to'g'risida fikr
yuritilganda, inson shaxsining sha'ni va qadr-qimmati huquq
va erkinliklariga nisbatan davlatimiz tomonidan qilinayotgan
g'amxo'rlik, adolatva tinchlikni ta'kidlash, do'stlikva birdamlik
ruhida tarbiyalashni ta'minlash masalalari, ijtimoiy va huquqiy
tamoyillar to'g'risida tushuncha beriladi.
- Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan, har bir
inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga
e'tiqod qilmaslik huquqiga ega - (31- modda] degan moddani
tushuntirishda davlatimiz har bir bolaning fikrlash, vijdon
va din erkinligi huquqini hurmat qilinishini ta'minlanishini,
bolalar ota- onalar istaklariga muvofiq holda din tanlash, vijdon
erkinligiga, hamda erkin fikrlash huquqlariga ega ekanliklari
to'g'risida ma'lumot beriladi. O'z dini yoki e'tiqodlarini
targ'ib qilish erkinligi faqat qonunda belgilangan hamda
davlat xavfsizligi, jamoat tartibini, aholining ma’naviyati yoki
sog'lig'ini saqlash yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va
erkinliklarini himoya qilish uchun zarur hisoblangandagina
cheklanishi mumkin.
- Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda
ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir - deb nomlangan
37-moddasini tushuntirishda bolalarda kattalar mehnatiga
hurmat va qiziqish hissini uyg'otish va tarbiyalash va
umumlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari, qurilish, dalalar
va boshqa sohalarda qilinayotgan mehnat haqida bilimlarini
takomillashtirish, o'zbek xalqining milliy hunarmandchilik,
duradgorlik mehnati bilan tanishtirish, tarbiyachi, enaga,
oshpaz, bog'bon va kasb egalari mehnatlariga nisbatan
minnatdorchiliktuyg'ularini tarbiyalash, mashinasoz, tikuvchi,
novvoy, oshpaz, o'ymakor, haydovchi, o'qituvchi, shifokor va
boshqa kasblar bilan tanishtirish jarayonida kelajakda qanday
kasb egasi bo'lishiariga zamin tayyorlanadi. O'zbekiston
Respublikasi mehnat qonunchiligida mehnat qilish huquqi 16
yoshdan deb belgilangan.
283
- Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqiga ega (40-modda). Davlatimiz tomonidan sog'liqni
saqlash tizimini takomillashgan xizmatlar turlari tashkil
etganligi, bolalar eng yuqori darajadagi andozadagi tibbiy
yordam olish huquqiga, sog'liqni himoya qilish xizmatlaridan
foydalanish huquqiga ega ekanliklari haqida ma'lumot
beriladi, Shuningdek, bola tug'ilmasdan avvalgi ona va bolaga
ko'rsatilayotgan g'amxo'rliklar, sharoitlar, raqamlar va
bolalar oTimini oldini olish chora-tadbirlari, tibbiy-sanitariya
yordamini rivojiantirish omillari, bolalar to'yimli ovqat va toza
ichimlik suvi bilan ta'minlanishi, atrof muhitni tozalash, tug'ruq
yoshidagi ayollarga ko'rsatiladigan g'amxo'rlik, yordam ishlari,
maktabgacha ta'lim muassasasidagi bolalarga ko'rsatilayotgan
tibbiy yordam, shifokor, hamshira ishlari to'g'risida batafsil
ma'lumot va tushunchalar berilishi lozim.
- Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim
olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat
tomonidan nazoratidadir - deb nomlangan 41-modda
bilan tanishtirishda har bir bola ilm olish huquqiga egaligi
hamma uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi, bu jarayon
maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlanganligi va
quyidagi bosqichlarda davom ettirilishi:
- Bepul va majburiy umumiy ta'lim;
Bepul o'rta maxsus ta'lim.
Shuningdek, bola o'z qobiliyatiga ko'ra oliy maTumotli bo'lish
huquqiga ega. Davlat tomonidan barcha zarur vositalar, shart-
sharoitlar yaratilganligi, o'qitishning zamonaviy usullarini
qo'llash, axborot texnologiyalarini ta'lim jarayonidagi natijasini
ommalashtirish, bolalarning maktabga muntazam borishlari,
maktab intizomi, bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmat
qilish kabi huquqlari haqida tushuncha beriladi.
"1-sentabr - Bilimlar kuni” deb bayram qilinishi. O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan 1-sinfga qadam qo'ygan
bolalar bepul o'quv-qurollari bilan ta'minlanishi, kutbxonalar
284
barcha manbalar bilan ta'minlanganligi to'g'risida fikr
yuritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bobida
fuqarolarning burchlari va majburiyatlari yoritilgan bo'lib,
bunda;
- barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan
burchlarini bajaradilar - deb nomlangan 47-moddada -
maktabgacha yoshdagi bolalarga "burch" iborasining mazmuni
bilan tanishtirishda o'z Vatani, uning milliy an'analari va
odatlariga hurmat bilan qarash, odob bilan muloqotga kirisha
olish (salomlashish, xayrlashish, minnatdorchilik bildirish],
ota-onalari va Vatan oldidagi burchlarini his etish, ularga
g'amxo'rlik va parvarish qilish kabi fazilatlarni o'rgatishda
tarbiyachi bolalarda muloyimlilik, e'tiborlilik, qat'iyat, sabr-
toqat va o'zaro mehrni tarbiyalashi, yuzaga chiqarishi lozim.
Buning uchun "Ota-onaga hurmat”, "Burch”, "Yaxshilik”, "Me
ning majburiyatlarim” kabi mavzularda suhbatlar uyushtiri-
ladi.
- Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va
madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat
yodgorliklari davlat muhofazasidadir (49-modda].
Bunda O'zbekiston hududidagi tarixiy obidalar, qadimiy
yodgorliklar haqida tushuncha beriladi. Bolalar qalbida o'z
xalqiga, uning boy merosiga hurmat va muhabbat tuyg'ulari
tarkib toptiriladi.
Ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarda: "Vatanimiz ziyoratgohlari",
"Shahidlar xotirasi maydoni”ga sayohat uyushtirilishi maqsad-
ga muvofiqdir. Ma'naviy yodgorliklar o'zbek xalqining og'zaki
ijodi namunalari asosida bolalar ongida bularni asrab avaylash
tushunchalari tarbiyalanadi. Bola o'zi yashayotgan shahar va
qishlog'i, ko'chasidagi madaniy yodgorliklar haqida tasavvur
hosil qilinishi, bolalar tariximiz va buyuk Sharq allomalarining
hayoti va ijodi bilan tanishtiriladi.
- Fuqarolar atrof-tabiiymuhitgaehtiyotkorona munosabatda
bo'lishga majburdirlar (50-modda).
285
- Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish, zarur va ular davlat muhofazasidadir
(55-modda).
Bolalarda tabiatdagi go'zallikdan zavq olishni tarbiyalash
orqali ular ongida tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani
zararlamaslik, tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o't-o'lanlarni
bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, hayvon va
qushlarga ozor bermaslik, uyalarini buzmaslik va boshqalarni
bolalar
ongiga
singdirish
kerak.
Bolalarda
ekologik
madaniyatni tarbiyalash, davlatimiz tomonida ekologiya va
tabiatni muhofaza etish, "Suv va suvdan foydalanish", "Yer osti
boyliklari hayvonot dunyosini muhofaza etish va undan oqilona
foydalanish" "O'simlik dunyosini muhofaza etish” borasidagi
chora-tadbirlar haqida tushuncha beriladi.
Ta'lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda: "Park" va
"Bog‘cha”ga sayr, "Dunyodagi eng asosiy narsa suvning
xususiyatlari bilan tanishtirish", o'simlik va hayvonlar haqidagi
videoroliklar namoyish etish, "Qizil kitob" muhofaza ramzi
ekanligi haqida suhbat tashkil etish orqali tabiatga nisbatan
ehtiyotkorona munosabatda bo'lish ko'nikmalari shakllantirib
boriladi.
- O'zbekiston Respublikasini himoya qilish - O'zbekiston
Respublikasi har bir fuqarosiningburchidir. Fuqarolar qonunda
belgilangan tartibda harbiy va muqobil xizmatni o'tashga
majburdirlar - deb nomlangan 52-moddada bolalarda harbiy
qo'shin, milliy armiya to'g'risida tasavvur hosil qilish, ularga
nisbatan qiziqish uyg'otish orqali Vatan muhabbati va uni ko'z
qorachig'idek saqlash hissi tarbiyalab boriladi. Bolalarning
millat tarixiga qiziqishini shakllantirish maqsadida Amir
Temur - yirik davlat arbobi, mashhur sarkarda bo'lganligi
haqida ma'lumot berish. Shuningdek, "14-yanvar - Vatan
himoyachilari kuni”, "jaloliddin Manguberdi", "Ona yurt
himoyachilari - milliy qahramonlarimiz"
mavzularida
suhbatlar tashkil etiladi.
286
Bosh qomusimizda jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lgan
"Oilaga" maxsus bob ajratilgan bo'lib, unda davlatimiz tomoni
dan oilaga, farzandlarga ko'rsatilayotgan yordam, yetim bolalar
va vasiylikka olingan bolalarga ularni boqish, tarbiyalash,
o'qitish jarayonlaridagi ota-ona va farzandlarning huquq va
burchlari, voyaga yetgan va mehnatga layoqatli farzandlar
o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilish majburiyatlari haqida
tushuncha beriladi. Ya'ni, har bir bola oilada yashash va
tarbiyalanish, o'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan
foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga egadir. Ota-ona
o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shartligi,
bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-
oriasi zimmasiga yuklatiladi. Bu modda bilan tanishtirishda
bevosita "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" va "Oila
Kodeksi" dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat boshlig'i
hisoblanadi va ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyatga va nafaqat
uning markaziy bo'g'iniga, balki respublikaning barcha ijro
etuvchi tizimiga rahbarlik qiladi. Davlat boshlig'i sifatida u
hokimiyatning barcha tarmoqlariga boshchilik qilib, ularning
faoliyatini muvofiqlashtiradi. Prezidentimiz davlatimiz tinch-
Hgi, obro'si, shon-shavkatini butun jahonga tanitishdek
ulkan mas'uliyatni amalga oshirayotgan, xalqimiz turmush
farovonligi, ulg'ayayotgan yosh avlod kelajagini ta’minlashdek
ulkan vazifalarni amalga oshirayotganligi to'g'risida to'liq
ma'lumotlar berilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |