N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

1.Yashay olish huquqi 
- bunda bola talablarini qondirish 
va hayotiy huquqlarini o'zida mujassam etish kabi asosiy 
shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish, 
boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlardir.
288


2. 
Rivojlanish huquqi 
- bolalarning o'z qobiliyatlarini 
kengroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarur. Ya'ni bilim 
olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish 
va vijdon erkinligi qonunlaridir.
3. 
Bolalar zo'ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan
himoyalangan boTishlari shart. 
Bu borada qochoq bolalar 
masalasidagi muammolarga; adliya tizimidagi zo'ravonliklar 
va qiynoqlarga; bolalarni qurolli nizolarga jalb etish; bolalar 
mehnati; balog'atyoshigayetmaganlarni seksual ekspluatatsiya 
qilish; o'smirlarning giyohvand moddalarini iste'mol qilishi 
muammolariga alohida e'tibor qaratish.
4. Ishtirok etish huquqi: 
Bolani mamlakat va jamiyat 
hayotida faol ishtirok etishga da'vat etadi. Bunda bolalarning 
hayotiga taalluqli muammolar bo'yicha jahonshumul anju- 
manlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o'z fikr- 
mulohazalarini ifoda etishdagi huquqlarini ta'minlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 
1948-yilda "Inson huquqlari haqidagi umummilliydeklaratsiya" 
ni qabul qildi. Bunda bolalar huquqlari ham o'z aksini topadi 
va ko'p o'tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd etilishi 
lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
tomonidan “Bola huquqlari Deklaratsiyasi" qabul qilinadi. Bu 
hujjatning yuzaga kelish tarixi uzoq yillarni o'z ichiga oladi.
"Bola huquqlari Deklaratsiyasi1' bo'yicha asosiy sanalar:
1923-yil - Birinchi “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul 
qilindi.
1924 yil - "Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi" Millatlar 
ittifoqi tomonidan qabul qilindi.
1948-yil - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh 
Assambleyasi "Inson huquqlari haqidagi umummilliy dekla- 
ratsiya"ni qabul qildi.
1959-yil - Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikkinchi "Bola 
huquqlari Deklaratsiya" sini qabul qildi.
1978-yiI - Polsha hukumati "Bola huquqlari haqida 
Konvensiya”ning yangi loyihasini ishlab chiqadi va uni BMT
289


ning inson huquqlari bo'yicha hay'atga o'rganib chiqish uchun 
tavsiya etadi.
1979-yil - Xalqaro bolalar yilida "Bola huquqlari haqida 
Konvensiya" matnini ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirilgan 
ishchi guruh tuzildi. 10 yil davomida bu guruh izchillik bilan 
mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi.
1989-yil 20-noyabrda - Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Bosh Assambleyasi tomonidan "Bola huquqlari haqida 
Konvensiya" qabul qilindi.
1990-yil 2-sentabrda - Konvensiya xalqaro qonun sifatida 
kuchga kirdi.
Deklaratsiya ruhini saqlab qolgan ushbu "Bola huquqlari 
to'g'risidagi Konvensiya" oxirgi 30-yillar ichida kelib chiqqan 
zamonaviy muammolarni:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Giyohvand moddalardan saqlanish;
- Turli xildagi bolalar zo'ravonligining oldini olish kabi 
muammolarni o'zidaifoda etadi.
O'zbekiston Respublikasi 1992-yilda Birlashgan Millatlar 
Tashkilotiga a'zo bo'ldi va “Bola huquqlari to'g'risidagi 
Konvensiya" bo'yicha xalqaro shartnoma tuzdi.
Maktabgacha ta'lim tizimida Konvensiya haqida tushuncha 
va bilim berish dastlabki jiddiy qadam hisoblanib, u bolalarga 
nafaqat odob-axloq me'yorlariga rioya qilish kafolatini 
beribgina qolmay, balki uni qonunga mos ravishda harakat 
qilishga undaydi.
Ta'lim-tarbiyaviy jarayonda “Konvensiya" dan foydalanishda 
tarbiyachi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Bola huquqlarini o'rganish - bunda muammo bo'yicha 
axborot materiallarni tanlash, ularni o'rganish, tahlil qilish;
2.To'plangan materiallarga e'tibor qaratish - istiqbolli 
yo'nalishlar bilan tanishish, huquqiy muammolarni insonlar 
tomonidan qabul qilinish hissini shakllantirish, xayrixohlik 
hissini tarbiyalash, mashg'ulotlarga qiziqishini rivojiantirish.
290


3. 
Bolalar muayyan hayotda ro'y berayotgan jarayonlarda 
ishtirok etishlari orqali kichik muammolardan global 
muammolar kelib chikishini, ular ham dunyoda adolat 
va konstruktiv o'zgarishlar bo'lishi uchun qilinayotgan 
harakatlarda 
ishtirok 
etayotganlarini 
his 
qilishlari 
shakllantiriladi.
Bu jarayonlarda bolalar inson huquqlari bu - ulardan 
uzoqdagi qandaydir kishilarning huquqlari. bo'lgan mavhum 
tushuncha emas, balki o'zlari yashab turgan muayyan muhitga 
tegishli ekanligini tushunadilar.
“Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ning asosiy 
vazifalari:
- Yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikning asosi - teng 
huquqlilik, jamiyat a'zolarining o'ziga xos bo'lgan qadr- 
qimmatini ta'minlashni ifoda etadi;
- Insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha'ni va 
qadr-qimmatiga bo'lgan ishonchlarini tasdiqlaydi;
- Har bir insonning irqi, jinsi, terisining rangi, tili, dini, 
siyosiy va boshqa e'tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chikishi, 
mulkiy ahvoli, tug'ilishi va boshqa holatlar bilan bog'liq 
belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat'iy nazar o'z huquq 
va erkinliklariga ega ekanligini tasdiqlaydi;
- Har bir bolaning sog'lom va har tomonlama uyg'unlashgan 
kamoloti uchun u oila g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va 
ongli tushunilish vaziyatida o'sishi zarurligini ta'minlaydi;
- Bolani jamiyatda mustaqil hayotga to'la tayyorlashni, 
ularning farovonligi masalalariga e'tibor qaratadi;
- Maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarga tug'ilgunga qadar va 
tug'ilgandan keyin ham munosib darajada g'amxo'rlik qiladi;
- Bolaning himoya qilinishi va uyg'un ravishda rivojlanishi 
uchun shart-sharoitlar yaratadi;
- Bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun 
zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish Konvensiyaning 
asosiy mazmun-mohiyatidan iboratdir.
291


Konvensiyada 
bolalarning huquq 
va 
majburiyatlari 
quyidagicha aks etadi:
- “18 yoshga to'lmagan har bir inson bola hisoblanadi. 
Barcha huquqlar hamma bolalarga taalluqli. 
Bolalar 
diskriminatsiyaning barcha 
shakllaridan 
himoyalangan 
bo'lishlari shart" - deyiladi. Bunda voyaga yetganlik yoshi 18 
yosh deb belgilanishi ta'kidlanadi.
- Har bir bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hech 
qanday kamsitishlarsiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, 
siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib 
chikishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog'lig'i va tug'ilishi, uning ota- 
onasi yoki huquqiy vasiysi yoki biron bir boshqa holatlardan 
qat'iy nazar hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta'minlab 
beradilar.
Ishtirokchi davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi 
yoki boshqa oila a'zolarining qarashlari yoki e'tiqodida 
o'z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish 
yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini 
ta’minlash uchun zarur choralarni ko'radilar.
- 3-modda - Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda 
bolaning manfaatlari yaxshiroq ta'minlanishiga birinchi 
navbatda e'tibor qaratilishi. Bolaning farovonligi uchun zarur 
hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlash, ota-onasi 
yoki vasiysiga ularning huquq va majburiyatlarini e'tiborda 
tutishni oladilar, qonuniy va ma'muriy chora-tadbirlarni 
ko'radilar. Bolalar haqida g'amxo'rlik ko'rsatish va ularni 
himoya qilish uchun mas'ul hisoblanga vakolat organlari 
tomonidan belgilab qo'yilgan me'yorlarga, xususan xavfsizlik 
va sog'liqni saqlash talablariga javob berish.
- 4-modda - Iqtisodiy ijtimoiy va madaniy huquqlar 
imkoniyatlaridan foydalanish.
- 5-modda - Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat 
qilishi va ularning bolalarning rivojlanish qobiliyatlariga 
muvofiq holda nazorat qila olishlarini ta'minlashi lozim.
292


- 6-modda - Har bir bola hayot kechirish huquqiga ega va 
davlat bolaning rivojlanishi hamda yashay olishini ta'minlashga 
majbur.
- 7-modda - Bola tug'ilgan zahoti ro'yxatga olinadi va 
tug'ilgan daqiqalaridan boshlab ism bilan atalishi va fuqarolikga 
ega bo'lishi, ularning g'amxo'rliklaridan bahramand bo'lish 
huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. Davlat bunday 
huquqlarni o'z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga 
oshiradi. Har bir bola o'z ismiga, millafiga ega bo'lishi hamda 
o'z ota-onasini bilish va ularning vasiyligi huquqlariga ega. 
Bolaning tug'ilganligi haqidagi guvohnomasi - bola shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatdir.
- 8-modda - Bolaning o'z individualligi, jumladan, fuqaroligi, 
ismi va oilaviy aloqalaridan g'ayriqonuniy ravishda mahrum 
etilgan bo'lsa, davlat bolani himoya qilishi va zarur bo'lsa uning 
shaxsini aniqlab berishi shart. Bu bolaning ismini, millatini, 
oilaviy aloqalarini tiklashni o'z ichiga oladi.
- 9-modda - Davlat bola o'z ota-onasidan ularning 
xohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta’minlaydi, ota- 
onaning bittasida yoki har ikkisidan ham ayrilgan bolaning 
ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar yoki 
to'g'ridan-to'g'ri aloqalar bog'lab turish huquqini hurmat 
qiladi. Bola uchun zararli bo'lgan hollardan tashqari vaziyatda 
u ota-ona bilan yashash huquqiga ega.
- 10-modda - Bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish 
maqsadida boshqa davlatga kirish yohud undan chiqish uchun 
bergan arizalari shu davlat tomonidan ijobiy, insonparvarlik 
ruhida va tezkorlik bilan ko'rib chiqilishi lozim. Ota-onasi turli 
davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari ota- 
onasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar, aloqalar 
bog'lab turish huquqiga egadir.
- 11-modda - Davlat bolalarning g'ayriqonuniy ravishda 
ko'chirilishiga va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib 
borish chora-tadbirlarini ko'radi. Bolani chegara ortida ota-
293


onalardan biri yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan ushlab 
turgani yoki bolalarni o'g'irlagani uchun jazo berishi va 
ularning oldini olishi shart.
- 12-modda - Bolaga taalluqli bo'lgan barcha masalalar 
bo'yicha erkin fikr bildirishi va bu fikrlar inobatga olinishi 
shart.
- 13-modda - Bolalar har qanday chegaralardan qat'iy 
nazar ularni qiziqtiruvchi ma'lumotlarni olish hamda o'z 
nuqtayi nazarlarini aytish huquqiga egadirlar. Bular bola 
shaxsi huquqlari va obro'sini hurmat qilish, davlat xavfsizligi 
yoki jamoat tartibini, aholining sog'lig'i yoki ma'naviyatini 
muhofaza qilish imkoniyatini yaratadi.
- 14-modda - Davlat bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi 
huquqini hurmat qiladi. Ota-ona yoki qonuniy vasiylarning 
bolaga, uning rivojlanayotganqobiliyatlariga muvofiq keladigan 
usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish 
huquqiga egadirlar.
- 15-modda 
-
Bolaning 
assotsiatsiya 
yig'ilishlar 
huquqini, ya'ni bolalar boshqalar bilan uchrashish huquqiga, 
tashkilotlardan chiqish yoki ularni o'zlari tuzish huquqiga 
egalar.
- 16-modda - Bolalar o'z shaxsiy hayotlariga, uy-joy daxlsiz- 
ligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyli- 
giga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga o'zboshimchalik bilan 
yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha'ni va 
obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin 
emas. Bola qonun yo'li bilan himoyalanish huquqiga egadir.
- 17-modda - Davlat ommaviy axborot vositalarining 
muhim mavqeyini e'tirof etadi. Bola turli xil milliy va xalqaro 
manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa ijtimoiy, 
ma'naviy va axloqiy farovonlik, shuningdek, bolaning sog'lom, 
jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan 
axborotlardan bahramand bo'lishini ta'minlaydi, salbiy ta'sir 
qiluvchi materiallardan himoyalanish huquqini beradi.
- 18-modda - Bola tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun
294


ota-onaning umumiy bir xil javobgarligi, bolaning eng yaxshi 
manfaatlari ular ko'rsatadigan asosiy g'amxo'rlikning predmeti 
hisoblanadi. Bunda davlat ota-onalarni qo'llab-quvvatlaydi 
va bolalar muassasalari tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. 
Ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun mo'ljallangan xizmatlar 
hamda bola parvarish qilinadigan muassasalardan foydalanish 
huquqi beriladi.
- 19-modda - Davlat bolaning jismoniy va ruhiy 
zo'ravonlikning, haqoratlash va suiiste'molliklar, g'amxo'rlik 
ko'rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo'lish, qo'pol 
muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida 
g'amxo'rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan 
ekspluatatsiya qilish, jumladan, shahvoniy suiiste'molliklarga 
qarshi zaruriy qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ma'rifiy chora- 
tadbirlarni ko'radi.
Davlat zo'ravonlikni oldini olish va bundan jafo ko'rganlarni 
himoya qilish dasturlarini ishlab chikishi zarur.
- 20-modda - Oila mahrumligidan vaqtincha yoki doimiy 
mahrum bo'lgan bolalar o'zlariga taalluqli bo'lgan madaniyatga 
muvofiq maxsus muassasalar qaroviga, muqobil oilalarga va 
maxsus himoya qilinish huquqiga egadirlar.
- 21-modda - Bolani farzandlikka olish imkoniyatiga ega 
bo'linsa, buni faqat bola manfaatlari to'liq e'tiborga olingan 
holda tegishli tashkilotlar nazoratidan o'tkaziladi.
- 22-modda - Qochoq hisoblangan bolalar yoki qochoq 
statusini olmoqchi bo'lgan bolalar maxsus himoyaga 
loyiqdirlar. Davlat qochoq bolaning ota-onasini yoki oilasining 
boshqa a'zolarini izlashda, o'z oilasi bilan qo'shilishi uchun 
barcha zaruriy choralarni ko'radi.
- 23-modda 
- Aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi 
rivojlanmagan bola o'zining qadr-qimmatini ta'minlaydigan, 
o'ziga 
ishonch tug'diradigan, jamiyat hayotidagi 
faol 
ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda to'laqonli hamda 
munosib tarzda yashash huquqiga ega. O'ziga nisbatan 
alohida g'amxo'rlik ko'rsatilishini talab qilish huquqi beriladi.
295


Shuningdek, ta'lim, kasb-kor tayyorgarligi, tibbiyot, sog'liqni 
saqlash, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko'rish sohasidagi 
xizmatlardan samarali ravishda bahramand bo'lish, dam 
olish, bolani ijtimoiy hayotga jalb etish kabi imtiyozlardan 
foydalanadilar.
- 24-modda - Bolalar eng yuqori darajadagi andozalarda 
tibbiy yordam olish huquqiga, sog'liqni himoya qilish 
xizmatlaridan foydalanish huquqiga egalar.
- 25-modda - Davlat tomonidan bolalarni tarbiyalash, 
himoyalash yoki ruhiy davolash maqsadida joylashtirilgan 
muassasalar muntazam ravishda nazoratdan o'tkaziladi.
- 26-modda - Bolalar ijtimoiy sug'urtalanishga kiritilganlari 
holida, ijtimoiy himoyalanish imtiyozlaridan foydalanish 
huquqiga egalar.
- 27-modda - Bolalar ma'naviy, ruhiy, jismoniy aqliy 
rivojlanishiga muvofiq keladigan hayot darajalariga, turmush 
saviyasiga ega bo'lish huqquqiga egadir. Ota-ona zaruriy 
turmush sharoitinita'minlashda javobgarlikni sezishlari kerak. 
Bu mas'uliyatni amalga oshirishda davlat kafolat berishi shart.
- 28-modda - Bolalar ma'lumot olish huquqiga egalar. 
Boshlang'ich, umumiy ma'lumot bepul va majburiy bo'lishi 
kerak. Har bir bola uchun o'rta ma'lumotli bo'lish imkoni 
yaratilgan bo'lishi shart. Oliy ma'lumotli bo'lish huquqiga 
hamma o'z qobiliyatiga ko'ra ega. Maktab intizomi huquq va 
bolalar qadr-qimmatini hisobga olgan holda ta'minlanishi 
zarur deyiladi.
- 29-modda - Ma'lumot olish huquqi bolada ruhiy va 
jismoniy qobiliyatlarini, uning jismoniy va ruhiy iste'dodini 
o'stirishi lozim. Bolalarga jamiyatning huquqiy a'zolari sifatida 
o'zi va boshqalarning madaniyatini hurmat qila oladigan shaxs 
darajasida tarbiya berish zarur,
- 30-modda - Agar bolalar mayda millat vakillariga taalluqli 
bo'lsa, o'z madaniyati, o'z dini va o'z tiliga ko'ra hayot kechirish 
huquqiga ega.
- 31-modda - Bolalar dam olish, o'ynash, madaniy va badiiy 
tadbirlarda ishtirok etish huquqiga ega.
296


- 32-modda - Bolalar rivojlanish, ma'lumot olish, sog'lig'i 
uchun xavfli bo'lgan ishlarda ishtirok etishdan, iqtisodiy ta'qib 
qilinishdan himoyalanish huquqlariga ega.
- 33-modda - Bolalar giyohvand moddalarni iste'mol 
qilishdan, shuningdek, bu giyohvand moddalarni ishlab 
chiqarish va tarqatishga jalb qilinishdan himoyalanish 
huquqlariga egalar.
- 34-modda - Bolalar pornografiya, fohishabozlik hamda 
shunga o'xshash zo'ravonlik va seksual ekspluatatsiyalardan 
himoyalangan bo'lishlari shart.
- 35-modda - Davlat bolalarni o'g'irlash, sotish, qilishning 
oldini olishning imkoni bo'lgan barcha chora-tadbirlarni qabul 
qilishi zarur.
- 36-modda - Davlat bolani uning farovonligiga oid har 
qanday jihatdan zarar yetkazadigan narsalardan himoya 
qiladi.
- 37-modda - Har qanday bolakay qiynov, qo'pol muomala, 
ta'qiblar, noqonuniy hisobga olinish yoki ozodlikdan mahrum 
bo'lishdan muhofaza qilinmog'i shart.
- 38-modda - 15 yoshdan kichik bo'lgan bolalar qurolli 
nizolarda bevosita ishtirok etishlari mumkin emas. Qurolli 
nizolarga daxldor bo'lgan bolalar maxsus himoya va vasiylikka 
loyiqdirlar.
- 39-modda - Qurolli nizolarni, qiynoqlarni, zo'ravonliklarni, 
ta'qibni boshidan kechirgan bolalar sog'ayishlari uchun kerakli 
davolash va ijtimoiy reintegratsiyalarni oladilar.
- 40-modda - Qonunni buzgan bolalar ulardagi chin insoniy 
fazilatlarni ko'zlovchi va muhofaza qiluvchi har qanday 
yuridik va boshqa imtiyozlardan to'laqonli foydalanish 
huquqiga egadirlarki, ularga jamiyat uchun foydali inson bo'lib 
yetishishlarida ko'mak bo'Iadi.
Bolalar huquqlarini ta'minlash butun jamiyatning vazifasi- 
dir. Bola huquqlarini ta’minlash, ularning har tomonlama 
sog'lom va xavfsiz kelajagini ta'minlash maqsadida fuqarolarni 
birgalikda ishlashga ilhomlantiradi. Bolalar kattalardan,
297


tarbiyachi-pedagoglardan oladigan axborotlari orqali o'z 
huquqlari haqidagi tasavvurlarga ega bo'Iadilar, huquqiy 
me'yorlarga nisbatan mas'uliyat tarbiyalanadi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarni “Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" 
bilan tanishtirish - bevosita O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, "Oila" Kodeksida yoritib berilgan vazifalarni 
uzviy hamkorlikda o'rganish imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin