N. M. Kayumova


Tabiat burchagidagi ishlar



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Tabiat burchagidagi ishlar
Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, 
o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash va shular 
orqali tabiatga qiziqish, vatanparavarlik, mehnatsevarlik, 
tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko'paytiruvchi, 
kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalarni 
amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati kattadir.
Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki, uni 
bolalar har kuni ko'radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar 
tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlarni sistemali ravishda 
kuzatib va parvarish qilib boradilar, Natijada o'simlik va 
hayvonot dunyosining rang-barangligi, ularning o'sishi va 
rivojlanishi, ular uchun qanday shart-sharoitlar kerakligi 
to'g'risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab boradilar.
Tarbiyachi bolalarni solishtirma analizga o'rgatadi, ular 
o'rtasidagi umumiylik va farqlarni, ularga xos belgilarni bilib 
oladilar.
Tarbiyachi bolalar diqqatini o'simliklarning chiroyli 
gullashiga, barglarining shakli va tusiga, akvariumdagi 
baliqlarning chiroyli ko'rinishiga va chaqqon harakatiga jalb 
etadi. Natijada bolalar bu go'zallikdan quvonishga o'rganadilar 
hamda ularning estetik didi o'sadi.
Bolalar tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlarni 
tarbiyachi rahbarligida sistemali ravishda kuzatib, parvarish 
qilib borishlari natijasida ma’lum malaka va ko'nikmalarni 
ham egallab boradilar, ularga nisbatan barqaror qiziqish va 
g'amxo'rlik hissi uyg'onadi.
309


Bolalarning tabiatga mehr-muhabbatini o'simliklar va 
hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrab-avaylash bo'yicha 
mehnat faoliyatlarini tashkil etish bilan birga qo'shib olib 
borish kerak. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish 
ishini ularning yosh xususiyatlari, pedagogik, fiziologik 
imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda tashkil etadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin