N. M. Kayumova


Zahiriddin Muhammad Bobur



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Zahiriddin Muhammad Bobur 
(1483-1530) faqat shoir 
bo'lmay, balki tabiatshunos ham bo'lgan. Boburining eng yirik 
asari "Boburnoma" asarida shoirning ko'rgan-kechirganlari, 
borgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, 
hayvonot, o'simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb 
egasi bu kitobdan o'ziga keragicha ma'lumot topadi. Asar 
muhim atamalar, manbalarga boy. Unda yer, suv, havo turli 
tabiiy hodisalarga tegishli xalq so'zlari ko'plab topiladi.
Bobur har bir hududni ma'lum bir tartibda tasvirlaydi. 
Avvalo, joyning geografik o'rni, qaysi iqlimga mansubligi, 
shifobaxsh joylari, o'simliklari, qazilmalari, hayvonoti va 
aholisi haqida ma'lumotlar beriladi.
Bobur ajayib botanik bo'lgan. U o'simliklarni sevgan va 
yaxshi bilgan.
Bobur o'zi bo'lgan joylarning tabiati va o'ziga xos 
xususiyatlarini jonajon vatani Andijon bilan taqqoslaydi, 
u ayniqsa gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni 
ko'paytirishga, ularning tarqalishiga e’tibor bergan.
303


Inson onadan tug'ilib, olamga kelgan chog'idanoq tabiat 
ehsonidan bahramand bo'ladi. Ilk bor havodan to'yib nafas 
oladi. Odamzot o'sib-unish uchun oziq-ovqat, suv, quyosh, 
harorati juda zarur bo'lib, u bularning hammasini tabiatdan 
oladi. Tabiat musaffo bo'lsa, odam ham sog'lom, baquvvat 
o'sadi.
Odam har nafas olganda uning o'pkasiga yarim litrgacha 
havo kiradi. Odam bir minutda 16-18 marta nafas oladi yoki 
tanaga 8-9 litr havo kiradi. Bu miqdor bir kecha-kunduzda
11 ming litrdan ortadi. Demak, havo inson tanasi uchun eng 
muhim va zarur tabiat in'omidir. Havoga muntazam ravishda 
aralashib turadigan iflos chang o'pkada gaz almashuviga 
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu insonning sog'lig'ini bora-bora izdan 
chiqarib, turli xastaliklarni vujudga keltiradi.
Tabiat shunday odil mo'jizaki, atrof-muhitni muvozanatga 
keltiradi. 
Chunonchi/ chiqarilgan 
karbonat 
angidridni 
o'simliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi, demak o'simliklar 
dunyosi, ramziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat 
angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bunday inson 
o'z atrofini o'rab turgan tabiatni, uning o'simliklar dunyosini 
ko'z qorachig'iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo'lidan 
kelganicha ko'proq daraxt ekishi, ko'kalamzorlashtirishga 
intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning uchun ota- 
bobolarimiz daraxt ekish, bog'-rog' yaratishni savobli ish deb 
bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi 
obod bo'ladi, deb bejiz aytishmagan.
Muhammad alayhissalom hadislarida bu ishning savobi 
xususida quyidagilar aytilgan: "Ekmoq niyatida qo'lingizda 
ko'chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoim bo'lib qolishi 
aniq bo'lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo'ying".
Inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan suv, oziq-ovqat 
mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi, hattoki 
insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklashi uchun

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin