N. M. Kayumova


uni boshqarma o‘quv rejasiga qo‘shish taklifi tasdiqlangandi (CGFS)



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

uni boshqarma o‘quv rejasiga qo‘shish taklifi tasdiqlangandi (CGFS)
Researching 
Effective 
Pedagogy 
in 
the 
Early 
Years
Department of Educational Studies University of Oxford(234)
Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi 
tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir. 
Uning mazmuni qo'l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir.
Keyingi bosqich aks ettirish o'yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli 
bolalar o'yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng 
yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta'lim-tarbiyaviy ishlarini 
ma'lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa 
va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu 
yangi bilimlarni o'z o'yinlarida qo'llay boshlaydilar.
Bu yoshdagi bolalar o'yini mazmun jihatidan predmetli 
faoliyatni aks ettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o'yinida 
syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo'lidagi buyum bilan 
undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi.
314


Navbatdagi bosqich rolli o'yin bo'lib, unda bolalar o'zlariga 
tanish bo'lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy 
munosabatlarini aks ettiradilar.
Bolalar o'yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi 
to'g'risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida 
bolalarning o'yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali 
tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Shunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o'yinning 
tutgan o'rni juda katta bo'lib, o'yindan maktabgacha 
yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berishda keng 
foydalaniladi. Zero:
- o'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning 
ruhiyati namoyon bo'ladi;
- o'yin Maktabgacha taiim yoshidagi bolalar hayotini 
tashkil etish shaklidir;
- o'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan 
biridir;
- o'yin bolalarga ta'lim va tarbiya berishning metod va 
usulidir;
- o'yin bolalarni o'quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.
Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari
o'yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning 
mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy 
munosabatlari, bolalar o'yinining rivojlanish darajasiga ta’sir 
etish mumkinligini ko'rsatdi.
Bolalar o'yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga 
ko'ra xilma-xildir.
315


Ijodiy o'yinlarni bolalar o'zlari o'ylab topishadi. Unda 
oldindan belgilangan qoidalar bo'lmaydi. O'yin qoidasini 
bolalar o'zlari o'yin jarayonida belgilashadi.
Qoidali o'yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan 
belgilanadi. Qoidali o'yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik 
o'yinlar, harakatli o'yinlar, musiqaviy o'yinlar, ermak o'yinlar.
Bolalarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning 
o'yinni tanlay bilishi, unga to'g'ri rahbarlik qilish “MTM ta'lim 
va tarbiya dasturfda belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishni ta'minlaydi.
O'yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. 
Psixologlar o'yinni maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat 
deb hisoblaydilar. O'yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish 
bosqichiga 
o'tishini 
ta'minlovchi 
sifatlar 
shakllanadi, 
ruhiyatida sezilarli o'zgarishlar yuz beradi.
O'yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o'zaro 
ta'sir etgan holda shakllanadi. O'ynayotgan bolani kuzatayotib 
uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to'g'risidagi tasavvurini, 
kattalarga va o'rtoqlariga bo'lgan munosabatini bilib olish 
mumkin.
Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa 
tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning 
o'yiniga qiziqishini, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish 
uchun mazmun jihatidan boy o'yinlar yaratilishi kerak. 
Bolalarning ijodiy o'yinlarini rivojlantirish uchun esa o'z 
navbatida yaxshi tashkil etilgan bolalar jamoasi zarur bo'ladi.
O'yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, 
MTMning ta'lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik 
tomonlama tarbiyalashda katta o'rin tutadi,
O'yinda bola organizmiga xos bo'lgan talab va ehtiyojlar 
qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, 
quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy 
tarbiyalash sistemasida o'yin munosib o'rin egallaydi,
O'yin ta'lim va mashg'ulotlar bilan, kundalik hayotdagi 
kuzatishlar bilan uzviy bog'liq bo'lib juda katta ta'lim-
316


tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o'yinlarda muhim bilim 
egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga 
soladi, tafakkurini, xayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni 
talab qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga o'rganadi, 
o'ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq 
usul o'ylab topadi, o'z bilimlaridan foydalanish va uni so'z bilan 
ifodalashga o'rganadi.
O'yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish 
uyg'onadi. Ko'pincha o'yin bolalarga yangi bilim berish va 
ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat 
qiladi. Ijodiy o'yinni tor didaktik maqsadlarga bo'ysundirib 
bo'lmaydi, bu o'yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar 
hal qilinadi.
Qoidali o'yin bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va 
nutqini, ixtiyorsiz diqqati va xotirasini, har xil harakatlarini 
muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. 
Har bir qoidali o'yin ma'Ium didaktik maqsadga ega bo'lib, 
bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'Iadi. Ta'limning 
o'yin shaklida bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'lib bolani 
umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'Iadi. Ta'limning o'yin 
shaklida bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'lib, bolaning yosh 
xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o'yin bolaning aqliy 
faolligini oshiradi, o'yinda bola mashg'ulotdagiga nisbatan 
murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta'lim butunlay 
o'yin shaklida bo'lishi kerak degan gap emas. Ta'lim turli usullar 
va metodlarni qo'llashni talab etadi. O'yin ta'lim shakllaridan 
biri bo'lib, boshqa bir metod bilan qo'shib olib borilgandagina 
yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so'zlab berish va 
hokazolar.
Bola o'ynayotib o'z bilimidan foydalanishni, uni har 
xil sharoitda ishlata bilishni o'rganadi. Ijodiy o'yinlarda 
bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng 
yo'l ochiladi.
O'yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham 
shakllanadi. O'yin jarayonida yuz bergan kechinmalar bola
317


ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o'yin bolada yaxshi 
hislarni, ulug'vor orzular va intilishlarni, sog'lom qiziqishlarni 
tarbiyalashga yordam beradi.
O'yin mustaqil faoliyat bo'lib, bu jarayonda bolalar o'z 
tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy 
maqsad, unga erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. 
Shuning uchun o'yin do'stona munosabatlarni tarbiyalashda, 
jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini 
shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o'yin bilan birlashgan 
kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga 
keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o'yinga jalb 
qilish, bolalar o'rtasida do'stlikka, haqqoniylikka, o'rtoqlarini 
javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o'rnatishdan 
iborat.
O'yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam 
beradi. Bolalar o'z o'yinlarida har xil kasbdagi kishilarrii aks 
ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid 
qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga, mehnatiga 
bo'lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O'yin bolada 
ko'pincha mehnat qilish xohishini uyg'otadi, o'yin uchun kerakli 
narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. O'yinda 
hozirgi zamon bolalariga xos bo'lgan texnikaga qiziqish paydo 
bo'ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va 
texnik o'yinchoqlar bilan o'ynaydilar.
O'yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O'yinda ijodiy 
xayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. Yaxshi 
tanlangan o'yinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam 
beradi. Harakatli o'yinlarda harakatning go'zalligi va maromi 
bolalarni o'ziga maftun qiladi.
O'yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o'z-o'zidan amalga 
oshmaydi. O'yin befoyda, hatto zararli bo'lishi, ba'zan yomon 
hislarni qo'zg'atishi mumkin. Tarbiyachi o'yin yordamida 
bolalarni har tomonlama rivojiantirish vazifasini amalga 
oshirish uchun unga muntazam ravishda ta'sir etib borishi 
zarur.
318


Bu vazifani hal etishda o'yin boialar bog'chasidagi ta'lim- 
tarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan bog'Iangan bo'lishi 
kerak. O'yinda bolalarning mashg'ulotlarda olgan bilim va 
malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola 
hayotga o'rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o'yinda tarbiyalangan 
sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko'chiriladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin