borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va
boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin davomida tengqurlari
bilan do'stlashadi. Y.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va
bolani uyg'un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga
bolalar o'yinlariga e'tiborli munosabatda bo'lishni, ularga
oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.
P.F.Lestgaft bolalar o'z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan
taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning
rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda
tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg'or olim va
pedagoglar o'zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali
isbotlab berdilar.
Tarbiyachilar bolalar o'yiniga rahbarlik qilishda quyida-
gilarga rioya qilishi lozim.
1. o'yin bilan mehnat o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish
2. o'yinda bolalarning bo'lajak mehnat ahliga xos bo'lgan
jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.
Shu tariqa o'yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat
faoliyati natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir; o'yin
doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot
o'zgarishi bilan uning mazmuni ham o'zgaradi; o'yin ma’lum
maqsadga yo'naltirilgan ongli faoliyat bo'lib, uning mehnat
bilan ko'p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga
xizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida boladagi o'quv faoliyati
rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o'ynasa, u maktabda
shunchalik yaxshi o'qiydi.
Dostları ilə paylaş: