N. M. Kayumova


X II  BOB. EKOLOGIK TARBIYA



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

299


X II 
BOB. EKOLOGIK TARBIYA
Ekologik tarbiya berishning nazariy asoslari
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan 
hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Jamiyatning 
atrof-muhit bilan o'zaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik 
o'rtasida katta tashvish uyg'otmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida 
"Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
boTishga majburdirlar", 55-moddasida esa "Yer osti boyliklari, 
suv, o'simlik, va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy 
zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish 
zarur va ular davlat muhofazasidadir" deyilgan.
Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha 
foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib 
bormoqda. Yashil o'rmonlar siyraklashib, o'simlik va hayvonot 
turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab 
bormoqda. Suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi, 
chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida aholini oziq- 
ovqat bilan ta'minlash, energiya va chuchuk suv muammolari 
borgan sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million 
yillar davomida turg'un bo'lgan tabiiy holatga putur yetmoqda.
Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, 
o'zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir- 
birlariva atrof-muhit o'rtasida bo'lib turadiganmunosabatlarni, 
tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini hamda 
ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini 
o'zlashtirishdan iboratdir.
Inson tabiatga, o'zini o'rab olgan muhitga nisbatan 
o'z munosabatini o'zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, 
o'rganishi va ular asosida o'z hayotini rivojlantirish! shart. 
Tabiat qonunlariga mos keladigan hayotyoTlarini ishlab chiqish 
kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib 
chikishiga sababchi bo'Iadi va shu ofatlardan halok bo'Iadi.
300


Ekologik ta'lim va tarbiyaning tub ma'nosi - tabiat va jamiyat 
o'rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bog'Iovchi tabiiy 
hamda ijtimoiy qonunlarni o'rganish, hayotga tatbiq qilishdan 
iboratdir.
Ekolgik ta’lim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam 
qo'ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan 
ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan 
xalqimizning tabiatga hurmat va e'tibor bilan qaraydigan 
urf-odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni 
ko'paytirish, bog'-u-rog'lar, gulzorlar tashkil qilishga undash- 
dan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg'otishdan iboratdir.
Insonni o'rab turgan tabiiy muhit va uning boyliklarini 
biladigan,undantejamkorlikbilanfoydalanadigan, saqlaydigan, 
tabiat boyligiga, go'zalligiga go'zallik qo'shadigan, ijtimoiy va 
tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni yetishtirish - bu 
ekologik tarbiya maqsadi.
O'rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq allomalaridan 
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining 
rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya 
fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, 
o'simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash haqida 
qimmatli fikrlar aytganlar.
Muhammad Muso al-Xorazmiy (782-847) risolalaridan 
birida bunday deb yozadi: "Bilingki, dunyoning ko'zlari 
yoshlansa, uning boshiga g'am, kulfat tushgan bo'ladi. Odamlar, 
daryodan mehringizni darig' tutmanglar". Dunyoning yoshli 
ko'zlari deganda Muhammad Muso al-Xorazmiy nimalarni 
ko'zda tutgan ekan?
Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo'lishini nazarda 
tutgandir? U, eng avvalo, daryo bilan odamlarning bir-birini 
tushinishlari va til topishishlari, o'zaro mehr-muhabbat 
qo'yishlarini nazarda tutgan.
847-yilda Muhammad Muso al-Xorazmiy "Kitob surat al- 
arz” degan asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi
301


qit'alar, qutblar, ekvatorlar, gulllar, tog'lar, daryo va dengizlar, 
ko'llar va o'rmonlar va ulardagi o'simliklar, hayvonot dunyosi, 
shuningdek boshqa tabiiy resruslar - Yerning asosiy boyliklari 
haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika
geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek 
dunyo xalqlarining tabiiy ko'nikmalari va tarixiy-huquqiy 
bilimlari umumlashtirilgan,

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin