XXIII BOB. MAKTABGACHA TA'LIM BO'LIMLARI
TOMONIDAN MAKTABGACHA TA'LIM
MUASSASALARINI NAZORAT QILISH
Nazorat qilish - Davlat nazorati, maktabgacha
ta'lim bo'limlari tomonidan rahbarlikning
eng muhim shakli ekanligi
Nazorat qilish deganda - Davlat nazorati, maktabgacha ta'lim
bo'limlari tomonidan rahbarlikning tekshirish shakllariga
aytiladi.
Bu -
Mustaqil Davlatimizning qaror, hukumat, ko'rsatma,
yo'l-yo'riqlarini, «Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi qonun»
asoslarini bajarilishini, maktabgacha ta'lim
yoki tashkilotlar
tomonidan,
maktabgacha
ta'lim
ahvolini
tekshirish,
shuningdek, maktabgacha ta'lim bilan bog'liq bo'lgan ariza,
imkoniyat, iltimoslarni tekshirishdir. Bu - «Maktabgacha ta'lim
to'g'risidagi Nizom», «Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi»,
«Ilk
qadam»
davlat dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratdir.
Bu - har bir maktabgacha ta'lim muassasi ishidagi kamchi-
liklarni yo'qotish choralarini ko'ruvchi, pedagogik ta'lim-
tarbiya, pedagogik ish sifatini o'stirishda aniq amaliy yordam
ko'rsatuvchi tekshirish shaklidir.
Nazorat qilish - nazorat qilishning metodologik asosini -
O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, «Maktabgacha
ta'lim Konsepsiya»sida ko'rsatib berilgan ilmiy jihatdan
asoslangan g'oyalar egallaydi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat
hokimiyatining tizimi -
hokimiyatning qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va uni nazorat
qiluvchi tamoyillariga asoslanadi. Davlat o'z faoliyatini inson
va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoy
adolat va qonuniylik
tamoyillari asosida amalga oshira borib, maktabgacha ta'lim
bo'limlarida nazorat ishlarini amalga
oshirishda asosiy negiz
bo'lib xizmat qiladi. «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy
627
va texnikaviy rivojlanishiga g'amxo'rlik qiladi» deyiladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida.
Nazorat qilishda - qonunlarning ustunligi shuni anglatadiki,
bunda barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy
hujjatlar
Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo'lishi talab etiladi.
Ulug' bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: «Qasrda qo
nun hukmronlikqilsa, shuyerda erkinlikbo'ladi». Maktabgacha
ta'lim bo'limlarida nazorat amalga oshiradi.
Nazoratchi-metodist - bu ma'liim sohaga tegishli qonun-
qoidalarning to'g'ri bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs.
Rahbar faoliyatini baholovchi
bosh mezon - uning ishini
tashkil qila bilish qobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil
qilsinki, odamlar «Ha, bu xalq farovonligi yo'lida g'amxo'rlik
qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak qo'yuvchi rahbar,
deya olsin».
Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o'ylangan
tizimini ishlab chiqish, o'tmishni mas'uliyat bilan tahlil etish -
Dostları ilə paylaş: