Kerakli yo'llanma, metodik yordam o'z vaqtida ko'rsatiladi.
Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish
turlari mavjud: 1] birlamchi; 2)
ikkilamchi; 3) katta tekshiruv;
4) ogohlantiruvchi tekshiruv turlari mavjud.
Maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tekshirish yakuni
bo'yicha АКТ tuziladi.
Bu hujjatni tuzishda - tekshirish bo'yicha
olingan
ma'lumotlarni, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Ta’lim-
tarbiyaviy jarayonlar,
tashkiliy-metodik, moliyaviy-xo'jalik
faoliyatlarni kuzatish, suhbatlarni
maxsus kuzatish daftariga
yozib borish lozim. Hujjatlarni chuqur o'rganib, muassasa
faoliyatiga aniq, isbotlangan xulosalar chiqariladi.
Akt 2 nusxada tuziladi: birinchisi
Tuman Maktabgacha
ta'lim bo'Iimiga, ikkinchisi bolalar muassasiga.
Kuzatish sxemasi quyidagicha:
Kuzatilgan jarayon.
Kuzatilayotgan kun, yil, oy.
Ish mazmuni.
Tayyorgarlik.
Bolalarning bilim, ko'nikma va malakasi.
Tarbiyachining bilim, ko'nikma va malakasi.
Qo'llanilayotgan usul va usublar.
Yutug'i.
Kamchiligi.
Taklif va mulohazalar.
Dostları ilə paylaş: