N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə16/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

Xarajatlar usuli. Mazkur usulni qo‘llashda YAIM undan yakuniy foydalanish moddalarining yig‘indisi bo‘yicha hisoblab chiqiladi. SHunday qilib,

GDP = C + I + (X - M), (2.2.3)
bu erda C – davlat va nodavlat sektorlarining yakuniy iste’moli; I - investitsiyalar yalpi hajmi (asosiy fondlarga investitsiyalar va tovar-moddiy zaxiralarning o‘zgarishi); X - tovarlar va faktoriy xizmatlar eksporti; M - tovarlar va nofaktoriy xizmatlar importi. 2.1-jadvalda uchta usul bo‘yicha taqqoslash keltirilib, eng muhim makroiqtisodiy agregatlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatlar aniqlangan.


Sof faktoriy daromad – bu rezidentlarning mulki bo‘lib, chet elda turgan ishlab chiqarish omillaridan foydalanishdan olingan daromadlar bilan norezidentlarga ushbu mamlakatda o‘zlariga qarashli chiqarish omillaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar o‘rtasidagi farq.
Sof omil daromadga quyidagilar kiradi:
• chet eldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalari uchun olingan foyda hamda xorijiy banklardagi depozitlar uchun foizlar kabi investitsiyaviy faoliyatdan olingan daromadlar bilan norezidentlarga ushbu mamlakatga qo‘yilgan xorijiy kapital uchun foyda hamda norezidentlarning mahalliy banklardagi omonatlari bo‘yicha foizlarni to‘lash o‘rtasidagi farq; mamlakatga va mamlakatdan chet davlatning emas, balki o‘z mamlakatining rezidentlari hisoblangan ishchi migrantlar pul o‘tkazmalari o‘rtasidagi farq; odatda ular chet elda qonun hujjatlari bilan cheklangan vaqt mobaynida bo‘ladi, bu ularni chet davlat rezidentlari deb hisoblash imkonini bermaydi;
• ushbu mamlakat rezidentlariga tegishli bo‘lib, chet elda ijaraga berilgan ko‘chmas mulk uchun olingan renta, chet eldan olingan mualliflik qalam haqlari (royalti) va hokazolar summalari bilan norezidentlarga tegishli bo‘lib, lekin ushbu mamlakatda turgan ko‘chmas mulk uchun to‘langan renta, norezidentlarga to‘langan mualliflik qalam haqlari va hokazolar summalari o‘rtasidagi farq.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin