Tovarlar va xizmatlar. MHT doirasida har bir ishlab chiqarish birligi u tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishidan qat’i nazar kiritiladigan resurslardan foydalanadi, mahsulot ishlab chiqaradi va qo‘shilgan qiymatni yaratadi, deb hisoblash qabul qilingan. Barcha ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratiladigan qo‘shilgan qiymat jamlanadi, YAIMga hamma vaqt xizmatlar sohasida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat ham qo‘shiladi. Har bir turdagi mahsulotning qiymati bozorda olish mumkin bo‘lgan narx yoki tartibga solinadigan narx bilan o‘lchanadi, bu (masalan, telefon xizmatlari uchun) "tabiiy" monopoliyalar holatida o‘rin tutadi. Davlat boshqaruvi sektorida uning mahsulotining qiymati barcha kiritiladigan omillar qiymati bilan, ya’ni davlat sektorida ish haqining umumiy summasi bilan o‘lchanadi.
YAIMni hisoblash usullari.
Ishlab chiqarish usuli. Ushbu usulga muvofiq, YAIM mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi qo‘shilgan qiymat summasi yoki ishlab chiqarish hajmi bilan ishlab chiqarishda foydalanilgan barcha tovarlar va xizmatlar qiymati (ya’ni oraliq iste’mol) o‘rtasidagi farq bo‘yicha hisoblab chiqiladi. SHunday qilib,
GDP = ΣVA, (2.2.1) bu erda ΣVA = iqtisodiyotning barcha sektorlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat summasi.
Ta’kidlash lozimki, YAIM konsepsiyasi rezidentlik tushunchasiga asoslangan bo‘lib, faqat rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni qamrab oladi. SHuningdek, u yalpi konsepsiya hisoblanadi, chunki amortizatsiyani (asosiy fondlarni iste’mol qilishni) o‘z ichiga oladi. Daromadlar usuli. YAIMni rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan barcha daromadlar summasiga teng deb ham hisoblash mumkin. SHunday qilib,
GDP (bozor narxlari bo‘yicha) = GDP (faktoriy qiymat bo‘yicha) + TSP= 53 = W+OS + TSP, (2.2.2) bu erda W (wage) – ish haqi va xodimlarga to‘lanadigan boshqa mukofotlarning umumiy summasi; OS (operating surplus) - ishlab chiqarish birliklarining operatsion foydasi (shu jumladan ijara to‘lovi, foizlar, foyda va amortizatsiya); TSP – soliqlar minus mahsulotni subsidiyalash (ya’ni sotuvlardan tushgan soliqlar va korxona tomonidan hukumatdan olingan transfertlar chegirma qilingan holda mahsulot uchun davlat boshqaruvi organlariga to‘lanadigan boshqa soliqlar).