S = GNDI – C. (2.2.6) Ba’zan boshqa umumiy ko‘rsatkich – yalpi ichki jamg‘arma qo‘llaniladi. U S minus chet eldan olingan sof joriy transfertlar (TRf) va chet eldan olingan sof faktoriy daromad (Yf) sifatida aniqlanadi.
Real sektorni makroiqtisodiy tahlil qilishning asosiy vazifalaridan biri quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflnuvchi inflyasiya darajasini baholashdan iborat.
Iqtisodiyotdagi barcha tovarlar va xizmatlar o‘rtacha narxlarining oshishini alohida tovarlar va xizmatlar nisbiy narxlarining o‘zgarishidan farqlash lozim. Odatda, narxlarning umumiy oshishi nisbiy narxlar tarkibining o‘zgarishi bilan kuzatiladi, lekin nisbiy narxlarning o‘zgarishi emas, balki faqat narxlarning umumiy oshishi inflyasiya hisoblanadi. Eng muhim tovarlardan biri (masalan, neft) nisbiy narxining o‘zgarishi, hukumat tomonidan ko‘rilgan iqtisodiy siyosat choralari uning o‘sishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lsa-da, ko‘pincha umumiy inflyasiyaga olib keluvchi jarayonni keltirib chiqarishi mumkin. Narxlar darajasining bir yo‘la oshishi bilan asosiy inflyasiyani farqlash zarur. Masalan, narxlarning ko‘rsatmali oshishi dastlab ular umumiy darajasining oshishiga olib keladi. Biroq, bu, o‘z navbatida, asosiy yoki bazaviy inflyasiyani shartsiz ravishda tezlashtirgan holda nisbiy narxlarning zarur o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Asosiy inflyasiya narxlar va aksiz soliqlarining ko‘rsatmali oshishi yoki valyuta kursining diskret pasayishi kabi voqealar tufayli kelib chiqqan g‘ayrioddiy bir yo‘la oshishlarni hisobga olmagan holda narxlar umumiy darajasining muhim o‘zgarishlarini aks ettiradi. Ko‘plab tovarlar va xizmatlar narxlariga bir qator diskret tuzatishlar kiritilishiga olib keluvchi tarkibiy o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilayotgan o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda mutaxassislar o‘z e’tiborini inflyasiya ko‘rsatkichiga emas, balki inflyasiya sur’atlariga qaratishlari lozim.
Ayrim tovarlar, ayniqsa energiya manbalari kabi muhim mahsulot narxlarining bir yo‘la oshishi, shubhasiz, butun iqtisodiyotda narxlar (va ish haqi) oshishlarining seriyasini keltirib chiqarishi mumkin. Agar pul-kredit siyosati etarlicha qat’iy bo‘lmasa, u holda narxlar darajasining bir yo‘la oshishi inflyasiyaning barqaror o‘sishiga aylanishi mumkin (bunday inflyasiya xarajatlarning o‘sishi orqali bilan bog‘liq inflyasiya deyiladi). O‘tgan asrning 90-yillari boshida neft va gaz uchun birinchi marta jahon bozori narxlari bo‘yicha to‘lashga majbur bo‘lgan ko‘plab o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar boshidan kechirishiga to‘g‘ri kelgan, nisbiy narxlar darajasidagi farqlar tufayli sodir bo‘lgan ruhiy larzalar bunga yaqqol misol bo‘ladi. Bir qator mamlakatlarda energiya manbalari narxlarining o‘sishi energiya manbalari narxlarining oshishi boshqa narxlar va ish haqining o‘sishi hisobidan qoplanganligi tufayli inflyasiya "xurujlarini" keltirib chiqardi. Ayni paytda ayrim mamlakatlar qat’iy moliyaviy siyosatning amalga oshirilishi va aholining nisbiy narxlarga tuzatishlar kiritish davrida real daromadlarning vaqtinchalik qisqarishini qabul qilishga tayyorligi tufayli inflyasiyani nazorat ostiga olishga erishdi.
Narxlar dinamikasini tahlil va prognoz qilish iste’mol narxlar qilish indeks va YAIM deflyatori kabi narxlar indekslarini hisoblash orqali amalga oshiriladi.