Tasarrufdagi yalpi milliy daromad. Rezidentlar yakuniy iste’mol qilish yoki mablag‘lar jamg‘arish maqsadida tasarruf etishi mumkin bo‘lgan umumiy daromad tasarrufdagi yalpi milliy daromad (TYAMD) deb nomlanadi. Ushbu kattalik chet eldan olingan sof joriy transfertlarni (TRf) yalpi milliy daromadga (GNI) qo‘shish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Tasarrufdagi yalpi milliy daromad YAMD va sof transfertlar summasi sifatida hisoblab chiqiladi:
GNDI = GNI + TRf, (2.2.4) yoki (2.2.7)ni hisobga olgan holda
GNDI = C +I +(X - M + Yf+ TRf). (2.2.5)
CHet eldan olingan sof joriy transfertlar chet elga o‘tkazilgan joriy transfertlar chegirma qilingan holda norezidentlar tomonidan olingan va ishlab chiqarish omillari hisobiga kelib tushgan daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan joriy transfertlarga teng. Mazkur transfertlar ham xususiy, ham davlat transfertlari bo‘lishi mumkin. Xususiy transfertlar asosan xodimlar ish haqi o‘tkazmalarini, davlat transfertlari esa eng avvalo hukumat grantlarini (beg‘araz yordamni) o‘z ichiga oladi. Joriy transfertlar bilan to‘lov balansidagi kapitalning harakati o‘rtasida aniq chegarani tortish amalda juda qiyin, bu jamg‘armalar umumiy hajmini hisoblashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Transfertlar tushunchasi ishchi migrantlar pul o‘tkazmalarini hisobga olish uchun muhim ahamiyatga ega. Agar ular o‘zlari ishlayotgan mamlakatning norezidentlari hisoblansa, u holda vataniga pul o‘tkazmalari transfertlar hisoblanadi. Agar ishchi migrantlar o‘z mamlakatining rezidentlari hisoblanishda davom etsa, u holda ularning pul o‘tkazmalari faktoriy to‘lovlar hisoblanadi.
Milliy jamg‘armalar yalpi hajmi (Gross national saving).Milliy jamg‘armalar yalpi hajmi (S) tasarrufdagi yalpi milliy daromad (GNDI) bilan yakuniy iste’mol (C) o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Tasarrufdagi yalpi milliy daromad (NNDI) daromad va boylikning hosil bo‘lishini tahlil qilish uchun foydalanilishi lozim bo‘lgan umumiy ko‘rsatkichni o‘zida namoyon etadi, amaliy sabablarga ko‘ra buning uchun tasarrufdagi yalpi milliy daromad (GNDI) keng qo‘llaniladi. U ko‘proq moliyaviy mablag‘lar harakatini tahlil qilish uchun mos keladi, chunki tushumlar va xarajatlar makroiqtisodiy hisobvaraqlarda yalpi asosda ifodalanadi. SHunday qilib,