§5.3. Davlat boshqaruv organlarining operatsiyalar hisobi Kassa tamoyili. Davlat Moliya statistikasi ma’lumotlarini to‘plash bo‘yicha Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning normalari tomonidan davlat operatsiyalarini qayd qilishda kassa tamoyili: tushumlar va to‘lovlar to‘lov amalga oshirilayotgan paytda qayd qilish kerakligi uchun qo‘llaniladi.
Agar qilingan haridorlar yoki olingan daromad qarz majburiyatlari harakteriga ega bo‘lsa, operatsiyalarning turli qismlari turli bitimlar sifatida ko‘rsatiladi. Masalan, agar davlat belgilangan muddatda qarzni to‘lash yoki kelishuv majburiyati asosida naqd pulga sotib olinishi mumkin bo‘lgan o‘z haridorlarining qimmatli qog‘ozlar bilan moliyalashtirsa, unda bunday operatsiya ayni vaqtdagi zayomlar bilan xarajat qilish sifatida o‘tkaziladi. Bunday qarz majburiyatining ketidan qarzni to‘lash amalga oshiriladi.
Konsolidatsiya. Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari tayyorlashda davlat sektori ichidagi birliklararo operatsiyalarni va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan umumiy kategoriyalar qatorida barcha operatsiyalarni birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Asosiy e’tibor, markaziy hokimiyat operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashga qaratiladi, qaysiki ular hisobot davri tugashi bilan davlat boshqaruv sektorining boshqa subsektorlari operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarga ko‘ra etib keladi, shuningdek, ular katta chastotaga ega bo‘lib, batafsil yoritilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, markaziy hokimiyat o‘zining mohiyati bo‘yicha boshqa subsektorlardan ustun turuvchi, soliq-byudjet nuqtai nazaridan qaraganda davlat boshqaruv sektorining eng asosiy subsektorlar hisoblanadi.
§5.4. Davlat boshqaruv organlari operatsiyalarining tavsiflanishi Ushbu bo‘limda DBO operatsiyalarini tasniflashning nazariy asoslari statistik tizimning asosiy kategoriyalari bo‘yicha yoritilgan: daromadlar, olingan transfertlar, xarajatlar, sof kreditlash, minus qarzlar to‘lovi va moliyalashtirish.