N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə30/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar.
  1. To‘lov balansi nima?


  2. To‘lov balansining makroiqisodiy ahamiyati nimalardan iborat?


  3. Nima uchun to‘lov balansida ikki tomonlama yozuvdan foydalaniladi?


  4. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarining asosiy tamoillarini ta’riflab bering.


  5. Importga bo‘lgan talab qanday aniqlanadi?


  6. Eksport taklifi qanday aniqlanadi?


  7. Eksportga bo‘lgan talab qanday aniqlanadi?


  8. Eksport va importda munosabat saldo nima?


  9. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi nimalardan iborat?


  10. Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi uchun import tarkibi qanday bo‘lishi kerak?




5-BOB. BYUDJET-SOLIQ SEKTORINING MAKROIQTISODIY TAHLILI

§5.1 Byudjet – soliq sektorining tarkibiy tuzilishi va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali ham erishiladi.
Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyasion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. YA’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyasiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. CHeklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini kamaytirish yoki soliqlarni oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyasiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston respublikasi davlat byudjeti moliyalashtirish davlat moliyasi orqali amalga oshiriladi. Davlat moliyasi o‘z navbatida davlat byudjeti, byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar, davlat majburiyatlariga yo‘naltiriladi.



    1. Yüklə 0,5 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin