§6.3. Pul-kreditni tartibga solish tashkilotlari 1. Umumiy qoidalar. Moliyaviy tashkilotlarni 2 guruhga bo‘lish mumkin (nazariy jihatdan bular orasidagi farqlar aniq, amaliyotda esa ular umumiyroq).
Birinchi guruhga davlatning to‘lov vositalarini yaratuvchi moliyaviy muassasalar kiradi. Ular an’anaviy ravishda “pullar” deb ataladi.
Ikkinchi guruhga esa pul yaratmaydigan moliyaviy tashkilotlar kiradi. Birinchi guruhga kiruvchi pul-kreditni nazorat qiladigan tashkilotlar va pul-depozit (tijorat) banklari nazariy jihatdan ko‘proq ahamiyat kasb etadilar, sababi bu guruh agregatlar likvidliligini, hajmini o‘zgartirish xarajatlar va iqtisodiy faollik darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
“Xalqaro moliyaviy statistika” jadvalida keltiruvchi pul va moliyaviy ma’lumotlar 3 bosqichda beriladi. Quyida ularning ikkitasi to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Birinchi bosqichda pulkreditni nazorat qiluvchi va pul-depozit banklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarida bir necha qismlarda beriladi. “Xalqaro moliyaviy statistika” ma’lumotlari pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlarga asosiy o‘rin berilgan.
Xorijiy zahiralar hajmini inobatga olgan holda ular pullarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida baholash uchun asosiy ma’lumotlar bazasini yangidan to‘ldirib boradilar va shu bilan birga pul-kredit siyosati yaratiladi.
Ikkinchi bosqichda esa pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar va pul-depozit banklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumiylashtirilib “Pul kredit to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar” yig‘iladi. Bular orqali pul va kredit holati, statistikasi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish mumkin.
2. Birinchi bosqich.
a) Pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar.
Pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar mamlakat zahirasini oltinlarda, xorijiy valyutalarda va maxsus huquqli qarzlarda saqlaydilar (SDR). Bulardan tashqari pullarning xarajati, aylanish tezligini nazorat qiladi va davlat tashkilotlarini nazorat qiluvchi bank sifatida namoyon bo‘ladi. Odatda bunday funksiyalarni markaziy bank amalga oshiradi, ammo ko‘p mamlakatlarda tanga zarb qilish bilan davlat zahira idoralari shug‘ullanadi, ba’zi mamlakatlarda esa oltin zahiralari va xorijiy valyutalar davlat zarbxonalarida yoki valyutani nazorat qiluvchi fondlarda joylashadi.
Bunday monetar funksiyalar davlatning markaziy bank hisoblari bilan uzviy bog‘lanishi kerak. Bu ishlar pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlarning barcha funksiyalarini yagona hisob-kitob o‘lchov birligiga keltirish maqsadida qilinadi. Pul kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlarning asosiy hisob-kitob balanslari berilgan bo‘lib, unda pul-kredit to‘g‘risida to‘liq axborot olish mumkin.
Zahira pullar asosiy passivlar hisoblanadi. Bu – pul bazasi. Bu baza orqali Markaziy bank depozit banklarining likvidligiga ta’sir ko‘rsatadi va shu orqali depozit pullar yaratilishiga ta’sir qiladi.
Zahira pullarning asosiy komponentlaridan biri bu bankdan tashqarida aylanuvchi pullardir. Iqtisodiyotni tahlil qilish uchun banklardagi zahira va depozitlarda saqlanayotgan pullar muhim ahamiyatga ega. Xususiy sektor depoziti, xuddi talab singari uncha ahamiyatli emas, yoki 0 ga teng bo‘ladi. Xorijiy majburiyatlar o‘z ichiga rezidentlar majburiyatlarini milliy hamda xorijiy valyutalarda, shu bilan birga pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar depozitini qamrab oladi.
Bu ma’lumotlarga XVF (MVF) kreditlarining ishlatilishi ham kiradi, ammo hisob-kitob balanslarida bu ma’lumot “qolgan ma’lumotlar” turiga kiritiladi, “qolgan ma’lumotlar” tarkibiga moliyaviy muassasalar tarkibining, kapitalining harakatchanligi va zahira aktivlari kiradi.
Xorijiy valyuta depozitlari tarkibiga faqat rezidentlar oldidagi majburiyatlar kiradi, shuning uchun ham ular xorijiy passivlar turiga kirmaydi, hukumatning markaziy depozitlari alohida ko‘rsatiladi va ular zahira pullar tarkibiga kiritilmaydi.