6-bob. PUL-KREDIT SEKTORINING IQTISODIY TAHLILI §6.1. Pul-kredit sektorining boshqa makroiqtisodiy hisoblar bilan o‘zaro aloqasi
Pul-kredit sektori to‘lov balansi bilan hisobot ma’nosida bog‘liq, chet el aktivlari va pasivlari summasining o‘zgarishi orqali va DMS – davlat boshqaruv organlarining bank tizimiga sof qarzi orqali. Biroq pul-kredit obzori (tizimi) bilan milliy daromad va mahsulot o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rtacha hisoblanadi: iqtisodiyotda likvidlik zahirasining o‘zgarishi mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish va daromadlar hajmining o‘zgarishiga olib keladi. Milliy daromad va xarajatlarning o‘zgarishi esa import talabi va eksport taklifiga ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida sof tashqi aktivlar summasining o‘zgarishiga va nihoyat, pul massasiga ikkilamchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
§6.2. Pul vositalarining oqimi Iqtisodiyotning asosiy sohalari hisob-kitoblarini har bir sohaning “to‘lov balansi”ni ko‘rsatuvchi yagona jadvalga keltirish mumkin. Bu jadval shu bilan birga balansining sohalar orasidagi qarzlar va kreditlar yordamida mablag‘ bilan qanday ta’minlanishini ko‘rsatadi. Pul oqimlarining bunday jadvali 1-bo‘limda ko‘riladigan turli xil hisoblarning tabiiy holda davomi hisoblanadi. Uning yordamida iqtisodiyot sohalari orasidagi moliyaviy aloqalar tabiatini aniq kuzatib borish mumkin.
Sohaning daromad va xarajatlari orasidagi farqni bu sohaning “moliyaviy bo‘lmagan harakatlar saldosi” deb ataymiz. Pul oqimining jadvali iqtisodiyotning har bir sohani “moliyaviy saldo”si sohaning moliyaviy bo‘lmagan harakatlar saldosi bilan teng bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘zlashtirish va kreditlash harakatlarini ko‘rsatib beradi. SHunga ko‘ra, ichki sohalar orasida moliyaviy harakatlar saldosi yig‘indisi xalqaro kapital oqimlari miqdoriga teng, shuningdek, daromad va xarajatlar (ichki iqtisoddagi) orasidagi farq kundalik to‘lov balansi harakatlari hisoblari saldosiga teng.
Pul oqimlari jadvalini tuzishda quyidagicha farazlar qilingan:
bank tizimining moliyaviy balansi saldosi nolga teng deb qabul qilingan, bu sohaning moliyaviy bo‘lmagan harakatlari esa xususiy sohada qamrab olinadi;
tashqi sohadagi zarar musbat belgiga ega, musbat saldo esa manfiy belgiga ega, shuningdek bu ustun o‘ziga kuzatilayotgan mamlakatning chet davlatlar bilan balansini ko‘rsatadi (13.1-jadvalda bu ustun “chet davlatlar” nomi bilan berilgan);
moliyaviy oqim uchun aktiv qiymatlarning o‘sishi manfiy belgiga (fondlarning ishlatilishi), passiv qiymatlarning o‘sishi musbat belgiga ega (fondlarning manbai) va shunga muvofiq qarama-qarshi belgilar aktiv va passiv qiymatlar pasaygan holda qo‘llangan.
Pul oqimining sxemasi 13.1-jadvalda ko‘rsatilgan. Davlat iqtisodiyoti xususiy sohaga, markaziy hokimiyat sohasiga, bank va tashqi sohaga bo‘linadi. YAnada to‘liq va nazariy to‘g‘ri bo‘lgan sinflash davlat tashkilotlari sohasini ham qamrab oladi. Birinchi qatordagi sonlar moliyaviy bo‘lmagan harakatlar balansi 7 tenglama komponentlari kundalik harakatlar hisobi saldosi bilan muvofiq tushadi:
(SP-IP)+(TX-G)-CAB0 (6.2.1)
SHunday ekan, (SP-IP) qiymat xususiy sohaning moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosi. Modomiki, kundalik harakatlar hisobi teskari qiymat bilan olingan ekan, unga jadvalning birinchi qatori nazariy jihatdan nolga teng bo‘lishi kerak.
Sohalarning moliyaviy bo‘lmagan balansi va pul oqimining sxemasini tuzishda turli xil xatolarga yo‘l qo‘yilish mumkin. Xatolarning birinchi kategoriyasiga hisob ichidagi statistik tafovut sabab bo‘lsa, boshqasiga turli hisoblarning mos tushmasligi sabab bo‘ladi. Uchinchi xil xato turli davrlardagi hisoblarga bog‘liq holda kelib chiqadi, masalan, agar mahsulotning milliy daromadi pul-kredit ko‘rinishi, to‘lov balansi va statistikasi kalendar yil negizida, davlat moliyasi statistikasi esa moliyaviy yil negizida aytilgan bo‘lsa, hato kelib chiqish mumkin.
Pul oqimlari jadvalini tuzishda va moliyaviy bo‘lmagan harakatlar muvozanatini yuzaga keltirishda tovar va xizmatlarning eksport va import bo‘yicha ma’lumotlari to‘lov balansi va pul-kredit ko‘rinishi jihatidan mahsulot va milliy daromad hisobidan; markaziy hokimiyat xarajatlari jihatidan davlat moliyasi statistikasi bergan ma’lumotlardan olinadi.
Bunda soddalashtirish uchun bank sohasidagi moliyaviy bo‘lmagan harakatlar yo‘q deb faraz qilingan. Natijada bu sohaning har qanday nolga teng bo‘lmagan saldosi xususiy sohasining moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosini qamrab oladi.
Bu faraz va markaziy hokimiyatning moliyaviy bo‘lmagan harakatlar haqida bergan ma’lumotlari hisobiga davlat moliyasi statistikasidan boshqa yo‘l bilan olib bo‘lmaydigan ma’lumot “xususiy sohaning moliyaviy bo‘lmagan harakatlar saldo”sini olish mumkin, bu markaziy hokimiyat hisobiga kiritish mumkin bo‘lgan milliy daromad hisobining turli yillik raqamlari orasidagi farq sifatida hisoblanishi mumkin.
Quyida hisoblashning hamma bosqichi keltirilgan:
1. GNDIqGDP+YF+TRF
2. Umumiy mablag‘ q GNDI-C
3. Ichki iqtisodiyotning moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosi + umumiy mablag‘ - umumiy investitsiya.
4. Markaziy hukumat hisobiga kiritish mo‘ljallangan daromadning umumiy miqdori q daromadning umumiy miqdori – transfert to‘lovlar uchun xarajatlar.
5. Markaziy hukumat mablag‘ining markaziy hokimiyat mo‘ljallangan daromad – markaziy hukumat mo‘ljallangan daromad – (ish haqi+xizmat va tovarlarni sotib olish).
6. Markaziy hukumat moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosi q markaziy hukumat mablag‘lari – markaziy hokimiyat investitsiyasi.
7. Xususiy soha moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosi q ichki iqtisod moliyaviy bo‘lmagan sohasi saldosi – markaziy hukumat moliyaviy bo‘lmagan soha saldosi.
Moliyaviy bo‘lmagan xarajatlar saldosini hisoblab, makroiqtisodiy hisoblar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi, pul vositalarining harakati haqida hisobot tuzish mumkin. Bu hisobot bitta jadvalda iqtisodiyotning alohida sohalari disbalanslarining umumiy iqtisod imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, u iqtisodiy siyosatning asosiy o‘zgaruvchanligini aniqlab beradi.