N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə45/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

B) Mavsumiy ishsizlik:
Imav (t) =R (t)+ Rmav (t), (7.2.2.)
Bu erda: Rmav (t) - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash va aholiga xizmat ko‘rsatishning qizg‘in davrida mavsumiy ish bilan band, mehnatga layoqatli shaxslar soni, ming kishi.
V) Texnologik ishsizlik:
Itex (t) = R old (t) - Rkey (t), (7.2.3.)
Bu erda: R old (t) va Rkey (t) – yangi texnika va intensiv texnologiyani qo‘llashdan oldin (oldi) va keyin (key) ish bilan band bo‘lgan ishlovchilar soni, ming kishi;
G) Tarkibiy ishsizlik:
Itar (t) =(R ij.old. (t) – R ij.key (t)) + (R xx.old. (t) – R xx.key (t) +
(R xk.od. (t) – R xk.key. (t)) + R qk.old (t) – R qk.key.(t), (7.2.4.)
Bu erda: R ij.old. (t) va R ij.key (t) – mulkchilikning ijara shaklini qo‘llashdan oldin va keyin ish bilan band bo‘lgan ishlovchilar soni, ming kishi;
R xx.old. (t) va R xx.key (t) – xususiy xo‘jaliklar paydo bo‘lgandan oldin va keyin ish bilan band ishlovchilar soni, ming kishi;
R xk.od. (t) va R xk.key. (t) – hissadorlik korxonalari paydo bo‘lgandan oldin va keyin ish bilan band ishlovchilar soni, ming kishi;
R qk.old (t) va R qk.key.(t) - qo‘shma korxonalar paydo bo‘lgandan oldin va keyin ish bilan band ishlovchilar soni, ming kishi.
Mehnat potensialidan foydalanishning ijtimoiy - iqtisodiy samaradorligini oshishi ko‘proq ishsizlik darajasiga bog‘liq va bu xorij va o‘zbek iqtisodiy adabiyotlarida turlicha aniqlanadi. Masalan, yapon statistikasida ishsizlik darajasining (I) ikkita usul amal qiladi:

ishsizlar soni


1) I = ---------------------------------------- (7.2.5)
yollanma ishchilar + ishsizlar
ishsizlar soni
2) I = ---------------------------------------- (7.2.6)
ish bilan bandlar + ishsizlar
Boshqacha yondashishda esa ishsizlik normasi ishsizlar sonini (Inor) mehnatga layoqatli aholi soniga nisbatan (A) bo‘lish orqali aniqlanadi:
Inor = I / A * 100% (7.2.7)
Birinchi yondashishning asosiy kamchiligi shundaki, ishsizlik normasining bo‘linuvchisi sifatida barcha ishchi kuchining miqdori emas, balki ish bilan band ishlovchilar soni tanlangan.
Boshqacha yondashishda esa ishsizlik normasini xarakterlashda mehnatga layoqatli aholi soni noto‘g‘ri foydalanilgan. CHunki mehnatga layoqatli aholining barchasi ish joylarida talabga ega bo‘lavermaydi.
Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori bo‘ladi, chunki ixtiyoriy va tarkibiy ishsizlik u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Lekin ishsizlikning tabiiy darajasi inflyasiyaning kuchayishini to‘xtatib turadi.
Hozirga vaqtda rivojlangan mamlakatlarda tabiiy ishsizlik darajasi quyidagi sabablarga ko‘ra ortishi mumkin:
1. Mehnatga o‘smirlar, ayollarning jalb etilishi.
2. Davlatning iqtisodiy siyosati ishsizlarga kam maosh to‘laydigan ishlarga yollanmasdan uzoq muddat yuqori ish haqi to‘laydigan ishni qidirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtdi ko‘pchilik mamlaktlarda ishsizlarga 16 dan 26 haftagacha olayotgan eng so‘nggi ish haqining 50 foizi miqdorida ishsizlik nafaqasi to‘lanadi va soliqlardan ozod etiladi, natijada ular ish haqining 60-70 foizi miqdorida pul ola boshlaydilar.
3.Tarkibiy ishsizlikning kuchayishi ishsizlik tabiiy darajasining o‘sishiga olib keladi. Masalan, qishloq xo‘jaligining sust rivojlanishi.
Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yo‘q. Hali hech kim iqtisodiyot uchun eng maqbul ishsizlik darajasini isbotlashga erishgani yo‘q. Aksincha, ayrim hisoblardan ko‘rinadiki, yalpi milliy mahsulotning yuqori darajada o‘sishi ishsizlikning tabiiy darajasini pasaytiradi.
Ammo u maqbul miqdordan yuqori bo‘lib qolaveradi. CHunki, yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish o‘z imkoniyat darajasiga etmagan bo‘ladi. YAlpi milliy mahsulotni potensial darajasiga o‘stirish esa haddan tashqari iqtisodiy farovonlikka olib keladi va oqibatda inflyasiya kuchayishi mumkin.
Quyidagi tadbirlar ishsizlik tabiiy darajasiga erishishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
- aholini mavjud ish o‘rinlari haqida xabardor etishni yaxshilash;
- mutaxasislar tayyorlashni takomillashtirish;
- ishsizlarni davlat tomonidan hamoyalash darajasini kuchaytirish.
Xalqaro mehnat tashkiloti standarti bo‘yicha tabiiy ishsizlik darajasi 1,5 – 2,5% ni tashkil etadi.
Ishsizlik darajasining tabiiy miqdori qancha bo‘lishi mumkin, degan masala ustida iqtisodchilar juda ko‘p fikr bildiradilar, lekin biror mamlakatda uning aniq miqdori belgilangan emas. Masalan, AQSHda ishsizlar sonining tabiiy darajasi 1960 yillarda 4-6% ga ko‘tarildi. Inflyasiya darajasi yuqori bo‘lgan davrdagi ishsizlik darajasi tabiiy me’yoriy holat deb ifodalanib, ishlab chiqarishning potensial imkoniyati bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Agar bandlik yuqori bo‘lib, ishlab chiqarishda ham ko‘p bo‘lsa, spiralsimon inflyasiya yuzaga keladi.
Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori bo‘ladi, chunki ixtiyoriy va tarkibiy ishsizlik u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Lekin ishsizlikning tabiiy darajasi inflyasiyaning kuchayishini to‘xtatib turadi.
Amerikalik iqtisodchi olim Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning salbiy ta’sirga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. A.Ouken qonuniga ko‘ra, ishsizlikning tabiiy darajasi 1 foizga oshganda yalpi milliy mahsulot 2,5 foizga kamayadi7.

Aholini ish bilan bandligi tarkibi shakllanishida ilmiy-texnik taraqqiyotning o‘rni ham katta. Aholini samarali ravishda ish bilan ta’minlash tizimini rivojlanishi zamirida ishlab chiqarishining o‘sishi va har bir band odamning samarali ishlashining o‘sishi yotadi. Biroq, ishchilarning tajriba va mahorat darajasini oshirmay turib mehnat unumdorligini oshirib bo‘lmaydi. Milliy iqtisodiyotdagi mahoratli ishchilarning qanchalik ko‘p bo‘lishi, shunchalik mehnat unumdorligini va turli xizmat va mahsulotlarning ko‘p bo‘lishini anglatadi. Iqtisodiyotning rivojlanishini aniqlovchi asosiy omil bugungi kunda ishchi kuchining sifatidir.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin