N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


Reja – bu bajarilishi shart bo‘lgan, bir ma’noli direktiv hujjat. Prognoz



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə53/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

Reja – bu bajarilishi shart bo‘lgan, bir ma’noli direktiv hujjat. Prognoz – bu odatda ko‘p variantli, majburiy bo‘lmagan, ehtimolli mulohaza. Rejani aniq ifodalangan maqsad, qat’iy chegaralangan resurslar ajratib turadi. Prognoz uchun xos bo‘lgan xususiyatlar: maqsadlar – nazariy jihatdan erishiladiganlari, yo‘l va vositalar – ehtimollilari, resurslar –mavjudlari.
SHu o‘rinda ba’zi bir boshqa farqlari ham yuzaga keladi. Reja majburiy hujjat sifatida faqatgina boshqariladigan jarayonlarga tegishli bo‘lishi shart. Prognoz esa boshqariladigan jarayonlarni ham, boshqarilmaydigan jarayonlarni ham, yoki qisman qisman boshqariladigan jaryonlarni ham qamrab olishi mumkin. Aytaylik, ishlab chiqarish – bu shunday tizimki, uni prognozlashtirish ham, rejalashtirish ham mumkin. Qisman boshqariladigan jarayonlar ham oz emas. Ularga demografik, ilmiy-texnik, tashqi iqtisodiy jarayonlar, aholining talabi va taklifi va boshqalar. Ularga ma’lum miqdorda ta’sir etish mumkin, demakki, qisman rejalashtirish ham mumkin, biroq to‘liq holda ularni faqatgina prognoz qilish mumkin xolos.
Boshqa farqlariga kelsak, ular oldini olish (ogohlantirish) vaqtiga taalluqli. Rejaning direktivlik xususiyati rejalashtirish muddatini qoida bo‘yicha besh yilga cheklaydi. Vaqt bo‘yicha prognoz imkoniyatlari doirasi chegaralanmagan, ammo amaliy jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, ilmiy asoslangan prognozlar (ilmiy fantastikadan farqli o‘laroq) yuzlab yillar davom etmaydi albatta.
Ishlab chiqarish va boshqarish jarayoni sxemasida prognozlar va rejalar orasida dasturlar joylashtirilgan bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra ham ular oraliq xarakterga ega. Direktivlik nuqta’i nazardan ular rejalarga yaqin, ammo vaqt bo‘yicha olislik hamda cheksizlik bo‘yicha prognozlarga yaqindirlar. Axir odatda rejalar tarmoqlar, hududlar va besh yillik muddatlar orqali aniqlashtirilgan bo‘ladi. Dasturlar ko‘pincha tarmoqlararo, hududlararo hamda ko‘pyillik bo‘lishadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish faqatgina optimal qarorlarni tanlash va amalga oshirishni ta’minlashi lozim, chunki jamiyat uchun bugun asossiz qaror qabul qilinganligi oqibatida potensial zararning qiymati kelajakda ko‘p karrali miqdorda oshadi.
Xo‘jalik yuritishning hozirgi sharoitlari prognozlashning miqyosini maksimal darajada kengaytirish, prognozlarni ishlab chiqish metodologiyasini va uslubiyatini yanada takomillashtirishni talab etadi. Ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini prognozlash darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamiyatda ushbu jarayonlarni rejalashtirish va boshqarish shunchalik samarali kechadi.


Prognoz deb kelajakda ob’ektning ehtimol holatlari, muqobil yo‘llari va ularni amalga oshirish muddatlari to‘g‘risida ilmiy asoslangan fikr-mulohazalarning miqdori tushuniladi. Prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognozlash deb ataladi.
Prognozlash ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ularning nazariya va amaliyotini bog‘lovchi muhim zanjiri hisoblanadi. U ikkita turli ko‘rinishdagi aniqlashtirish holatlariga ega: bashorat qilish (tavsiflash) va boshqa u bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni boshqarish toifasiga kiradigan oldindan belgilash (ko‘rsatma berish). Prognozlash ehtimol va istalgan istiqbolni, holatlarni, kelajakdagi muammolarning echilishini tavsiflashni nazarda tutadi. Ko‘rsatma berish esa ushbu muammolar echimining o‘zi bo‘lib, maqsadga muvofiq faoliyatida kelajak to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanishni nazarda tutadi. Prognozlash muammolarida ikkita jihatlar: nazariy-bilimga oid jihatni hamda olingan bilimlar asosida boshqaruv qarorlarni qabul qilish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv jihatini alohida ajratish lozim bo‘ladi.
Ijtimoiy rivojlanishni prognozlashning eng muhim yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy prognozlash hisoblanib, u ilmiy iqtisodiy fan bo‘lib, uning ob’ekti muayyan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni, predmeti esa istiqbolda faoliyat ko‘rsatayotgan iqtisodiy ob’ektlarning ehtimol holatlarini bilish, iqtisodiy progozlarni ishlab chiqish qonuniyatlarini va uslublarini tadqiq etishdan iborat.
Makroiqtisodiy prognozlash bozor islohotlari sharoitida jamiyat rivojlanishining qonuniyatlarini bilish, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyot tendensiyalarini aniqlash sohalaridagi yutuqlariga asoslanadi. Iqtisodiy prognozlashni takomillashtirish, ishlab chiqilayotgan prognozlarning haqqoniyligini oshirishda har qanday tabiatiga mansub ob’ektlarni rivojlantirish prognozlarni ishlab chiqish qonuniyatlari va uslublarini o‘rganadigan ilmiy-amaliy fan, ya’ni prognostika, shuningdek, uning muhim sohasi hisoblangan iqtisodiy prognostika muhim ahamiyat kasb etadi.
YUqoridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy prognozlashga quyidagi tarifni berish mumkin.

Makroiqtisodiy prognozlash iqtisodiy hodisalarni bilishning ilmiy usullariga va iqtisodiy prognostikaning usullari, vositalari va uslublari yig‘indisidan foydalanishga asoslangan makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi.
Prognozlash, shu jumladan iqtisodiy prognozlash, yanada kenroq tushunchaga ega, ya’ni tabiat, jamiyat va fikrlash qonuniyatlarini bilishga asoslangan borliqni bashoratlash bilan bog‘liq. Aniqlilik darajasi va tadqiq etilayotgan jarayonlarni amalga oshirishga ta’sir etish harakteriga qarab uchta bashoratlash shakli ajratib qo‘yiladi: gipoteza (umumilmiy bashorat), prognoz va reja.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin