N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§8.8. Makroiqtisodiy jarayonlarni prognozlash tizimi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə61/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§8.8. Makroiqtisodiy jarayonlarni prognozlash tizimi
“Tizim” tushunchasi grekchadan “system” so‘zidan kelib chiqib, butun, qismlardan tarkib topgan yoki birlashma deb anglatadi. Hozirgi kunda fan tomonidan ko‘p sonli iqtisodiy va ijtimoiy prognozlar ishlab chiqilgan. Jamiyatni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning murakkablashishi va ko‘payishi tufayli ijtimoiy-iqtisodiy ierarxiyaning barcha pog‘onalarida progozlarning muvofiqligi va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlab beradigan ko‘p sonli yakka prognozlarni yagona tizimga birlashtirish muammosi vujudga keladi.
Makroiqtisodiy jarayon iqtisodiy va ijtimoiy tizim majmuasidan tashkil topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash tizimiga prognozlarni muvofiqligini, doimiyligini va izchilligini ta’minlovchi ularning metodologiyasi, tashkil etish va ishlab chiqishning muayyan hamjihatini tushunish mumkin. Iqtisodiy prognozlashning tizimi jamiyatni qurish istiqbolli maqsadlarni rivojlantirish bilan muvofiq holda doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib boradi.
Iqtisodiy va ijtimoiy prognozlar tizimi ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatalarining istiqbolli rivojlanishi bir yaxlitga birlashadi. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni rejalashtirishda iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash tizimi quyidagi asosiy ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining jihatlarini o‘z ichiga oladi: mehnat unumdorligi, mehnat resruslardan foydalanish va uni takror ishlab chiqarish; asosiy fondlarni ishlab chiqish; sarmoya qo‘yilmalarning hajmi va tarkibi hamda ularning samaradorligi; iqtisodiy o‘sish sur’atlari, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi,ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlar; chiqarilayotgan mahsulotning dinamikasi, hajmi, tarkibi va sifati; tarmoqlararo aloqalari; ishlab chiqarishni hududlar bo‘yicha joylashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududiy-ishlab chiqarish majmualarni mamlakatning iqtisodiy hududlar bo‘yicha shakllantirish; tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalar.
Ijtimoiy rivojlanish prognozlari va aholining turmush darajasini oshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aholi tomonidan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, chakana tovar aylanmasi; ijtimoiy infratuzilmasohalarini rivojlantirish prognozi; uy-joy kommunal xo‘jaligi, aholining maishiy xizmati, xalq ta’limi, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari; sog‘liqni saqlash, dam olish, sayohlik, jismoniy tarbiya va sport; atrof muhitni muhofaza qilish.
Iqtisodiy prognozlash tizimida yana bitta prognozlar guruhiga alohida e’tibor beriladi. Unga tabiiy xomashyo zaxiralari va atrof muhitning holatini qamrab oluvchi resurslar prognozi; fundamental tadqiqotlar rivojlanishining istiqbollarini va ilmiy-texnik taraqqiyotining yutuqlarini tatbiq etishdagi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ilmiy-texnik prognozlari; demografik jihatlari (aholining tabiiy harakati, tug‘ilishi, o‘lishi, jins va yosh tarkibidagi nisbatlari).
Iqtisodiy prognozlash tizimida takror ishlab chiqarishning birlamchi omillar, ya’ni tabiiy resurslar prognozlari, aholi soni demografik prognozlari, istiqboliga mo‘ljallangan mehnat resurslar prognozlari hisoblanadi.
Tabiiy resurslar prognozlari va ularni xo‘jalik aylanmasiga kiritish ijtimoiy ishlab chiqarish va atrof muhitning tabiiy bazasini tashkil etuvchi barcha turdagi resurslarni qamrab oladi: yoqilg‘i va mineral resurslar, Jahon ummonning resurslari, ayrim turdagi energiya (quyosh, shamol, daryo va dengizdagi suvning ko‘tarilishi va kamayishi)
Ushbu prognozlarning mohiyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi. Birinchidan, xomashyo resurslarning mavjudligi (yo‘qligi) ishlab chiqarishning rivojlanishi, uning ixtisosligi, o‘lchamlari, tarkibi, transport xarajatlarning miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy resurslarning joylanish sharoitlari, hajm, tarkibi oxir oqibat ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan tabiiy resurslarni qazish va ulardan foydalanish miqyosi kengayib borayotganligi va ularni qayta tiklashga imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganligi tufayli ko‘mir, neft, gaz, torf va boshqa resurslarning zaxiralari keskin kamayib bormoqda, shu bois hozirgi kunda past sifatli, tarkibida foydali unsurlari kam bo‘lgan resurslardan foydalanishga, o‘tib borish qiyin bo‘lgan hududlarda qazilma boyliklarni qazib olishga, ikkilamchi va sirtdagi resurslardan foydalanishga o‘tish masalasi ko‘ndalang turibdi. Uchinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarishning tabiiy resurslarning mavjudligiga nisbatan bog‘liqlilik darajasi o‘zgarib turibdi, shu bois progozlarni ishlab chiqishda resurslarni miqdoriy va sifatli baholashlarni e’tiborga olish lozim.
Ilmiy-texnik prognozlar. Ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari ishlab chiqarishni joylashtirish va tabiiy omillarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, atom energiyani ishlab chiqish va undan foydalanish, o‘ta olis masofaga energiyani uzatish imkoniyatlari paydo bo‘lishi energiya ko‘p talab etiladigan ishlab chiqarishlarni joylashtirishni o‘zgartirishga imkon beradi.
Fan va texnika rivojlanishini prognozlash muhim rol o‘ynaydi, chunki ilmiy-texnik jarayoni sur’atining tezligi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholining shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish darajasi va uslublari, mamlakatning ishlab chiqarish dastagini unumli tashkil etish va takomillashtirish. Iqtisodiyotni boshqarish va rejalashtirish usul va vositalar tizimi, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish, mamlakatni mudofaa qilish qobiliyatini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatadi.
Ilmiy-texnik taraqqiyoti prognozlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlashtirish mumkin:
Birinchi yo‘nalish – inson faoliyatining muhim sohalaridan biri bo‘lgan fanning rivojlanishini, istiqbolli davri uchun eng jo‘shqin hisoblangan asosiy fundamental, amaliy tadqiqotlarni prognozlash hisoblanadi. Ikkinchi yo‘nalish – ilmiy-texnik jarayonlarining rivojlanishi va ularni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish (yangi ishlab chiqarish texnika, texnologiya, tashkil etishni joriy etish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tarmoqlar kesimida amaliy tadqiqotlar, ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va h.k.)ni prognozlash. Uchinchi yo‘nalish – ijtimoiy hayotning turli sohalarida ilmiy-texnik taraqqiyotining ijtimoiy oqibatlarini aniqlash.
Fan va texnika rivojlanishini prognozlash insonni bevosita ishlab chiqarish funksiyalardan ozod etishga olib keladigan avtomatlashtirish sharoitlarida mehnat tavsifini o‘zgartirishni aniqlashi lozim. Prognoz qurilish, loyihalash va boshqa aqliy mehnatning intellektual turdagi faoliyatida inson imkoniyatlaridan to‘liqroq foydalanish istiqbolini ko‘rsatishi lozim.
Prognozlashning yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlari asosida murakkab tadqiqotlar tizimi sifatida ifodalanuvchi iqtisodiy prognozlar shakllanadi. Unga bandlik va mehnat resurslardan foydalanish, ijtimoiy boylikni takror ishlab chiqarish, noishlab chiqarish ehtiyojlarni, shu jumladan iste’mol talabini shakllantirish, aholining turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarinirivojlantirish, ishlab chiqarishda hududiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish va uni boshqarish tizimini rivojlantirish, jahon xo‘jaligini va tashqi iqtisodiy hamda davlatlararo aloqalarni rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish kiradi.
Prognozlashning doimiyligi nuqtai nazardan uning ob’ektini tahlil qilish ham prognozlarning barcha shakllanish bosqichlarida doimiy ravishda amalga oshiriladi, buning natijasida real ob’ekt bilan prognostik modeli o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik vujudga keladi. Tahlil qilishga oid ishlar shuningdek xalq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga ko‘mak beradigan milliy va jahon tajribalarni chuqur o‘rganish, boshlang‘ich pog‘onasini va eng muhim muammolarni topish asosida ob’ektning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarni aniqlashdan iborat.
Xo‘jalik jarayonlarni va iqtisodiyot rivojlanish tendensiyalarini ilmiy jihatdan tahlil qilish natijasida qabul qilingan qarorlar kelgusi rivojlanishga qay tarzda mos kelganligi aniqlanadi, iqtisodiyotda nomutanosibliklar (mamlakatda erishilgan yutuqlar darajasi jahonda erishilgan yutuqlar darajasi bilan solishtiriladi) aniqlanadi. Ilmiy tahlil mavjud tendensiya va shakllangan holatini o‘zgartirishga olib keladigan faol ta’sir etuvchi omillarni o‘rnatishga imkon beradi.
Ilmiy prognozlashning muhim metodologik asosi muayyan sharoitlarda takroriylikni ifodalovchi sababiy-oqibatli aloqalarning aksi bo‘lgan ob’ekti iqtisodiy qonunlar to‘g‘risida ta’limoti hisoblanadi. SHu bilan birga prognozlashda iqtisodiy qonunlarning ehtimollilik harakatlari bilan shartlangan noaniqlilik, ular to‘g‘risida bilimlar etarli emasligi, qarorlar qabul qilishda sub’ektiv omillarning mavjudligi, axborotlarning to‘liq va etarli emasligini ham hisobga olish lozim.
Iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik prognozlarni shakllantirish sharoitlaridan biri uning davriyligi, ya’ni davlat rejalari bilan muvofiqliligi hisoblanadi. Har bir prognoz iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan uning vaqt chegarasiga mos keluvchi davomiylikka ega bo‘lgan jarayonlarga asoslanadi. Prognozlash o‘z mohiyatiga ko‘ra doimiy jarayon hisoblanadi. Bu davlat rejalarini bajarish chog‘ida vujudga keladigan prognozlarni aniqlashtirish zarurati bilan ifodalanadi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin