N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§ 8.7. Makroiqtisodiy prognozning ob’ekti, predmeti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə60/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§ 8.7. Makroiqtisodiy prognozning ob’ekti, predmeti

va amaliy ahamiyati
Amalda qonunlar umumiylik darajasi – ularning harakatlarini qamrab oluvchi hodisalar doirasi bilan farqlanadi. Ushbu belgi bo‘yicha ular quyidagilarga bo‘linadi: ommaviy - borliqning barcha hodisalardagi faoliyati; umumiy –fundamental faoliyat soha (tabiat, jamiyat, fikrlash) qonunlari; maxsus – borliqning nisbatan tor sohalarida amal qiladi (iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning boshqa qonunlari). Ushbu tasnifiy belgilari iqtisodiy prognozlashning metodologik tamoyiliga mansub umumiy, yagona va alohida dialektik o‘zaro bog‘liqlilik tamoyili bilan uzviy bog‘langan. Makrodarajada prognozlashning ishonchli natijani olish uchun prognozni amalga oshirish vaqti chegaralarida o‘zgarmaydigan prognoz qilinayotgan hodisaning sharoitlari va o‘lchamlarini aniqlash muhim hisoblanadi. Ushbu o‘lchamlarni aniqlashda ommaviy va umumiy qonunlarning amal qilishiga tayanadi. Maxsus qonunlarga keladigan bo‘lsak, ular prognoz qilinayotgan jarayonlarning alohida tomonlarining mumkin bo‘lgan sifatli o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xulosalar uchun asos yaratib beradi.
Iqtisodiy prognozlashda hodisaning rivojlanishi, faoliyati va tarkibi (ichki tuzilishi) muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu guruh qonunlari prognozlashning deyarli barcha iqtisodiy hodisalari bilan bog‘liq. Ushbu qonunlar, boshqa ob’ektning qonunlari kabi, nafaqat metodologik mohiyatga ega, balki progozlarni tuzishning bevosita dastagi sifatida xizmat qiladi. Ularning o‘zaro aloqalarini tahlil qilmay turib, tizim sifatida prognoz qilinayotgan ob’ekti, hodisaning kelgusi holatini to‘g‘ri aniqlashga imkon bermaydi. Bu shu bilan shartlanadiki, ular birgalikda tadqiq etilayotgan ob’ektning turli taraflarini tavsiflaydi. Har qanday tizim rivojlanishning yurgizib turuvchi omillaridan uning tarkibiy unsurlari va faoliyat aloqalari o‘rtasidagi ziddiyatlar hisoblanadi, bu o‘z navbatida, tuzilma va faoliyat qonunlarida o‘z ifodasini topgan talablar o‘rtasida ziddiyatlarning natijasi deb yuritiladi. Tizimning rivojlanish qonunining amal qilish natijasi sifatida tarkibiy unsurlar o‘zgarishiga mos ravishda tarkibiy aloqalarni qayta qurish asosida ushbu ziddiyatlarning amal qilishga ruxsat etiladi. Iqtisodiy prognozlashni ushbu jarayonlardan chetlatish mumkin emas, aks holda u o‘zining haqiqatliligini yo‘qotadi.
Prognozlash jarayonida tadqiq etilayotgan hodisalarda ob’ektning qonunlari amal qilishdagi farqlarini hisobga olish lozim.Birinchi qonunning o‘ziga xos xususiyati ular har doim qat’iy tarzda amal qilinadi. Mutlaq qonunlarning amal qilishi ular asosidagi hodisa va jarayonlarni prognozlashni osonlashtiradi. Tendensiya qonunlariga keladigan bo‘lsak, ular asosidagi bashoratlash tadqiq etilayotgan ob’ektga ta’sir etuvchi barcha omillarni dastlab aniqlashni talab qiladi, bu esa prognozlash jarayonini bir muncha murakkablashtiradi.
Prognozlash uchun ob’ektiv qonunlarning dinamik va statistik turlariga bo‘linishi katta ahamiyat kasb etadi. Dinamik qonunlar aniq tarzda amal qiladi, shuning uchun ularni ko‘pincha qattiq determinatsiya qonuni deb ataladi. Statistik qonunlar mutlaq doimiyligi bilan ajralib turadi, ya’ni ularning amal qilinishi bir xillik emas, variantli hisoblanadi. Demak, statistik qonunlar ehtimol turidagi qonunlarga kiradi. Iqtisodiy prognozlash ob’ektlarning aksariyati statistik va tendensiya qonunlari bilan uzviy bog‘liq.
Qonunlar ham miqdoriy ham sifatli jihatlarga ega. Ushbu jihatlarning ahamiyati turlicha. Ayrim qonunlari uchun miqdoriy, matematik ifodasi yoki erisha bo‘lmaydigan, yoki unchalik muhim emas, chunki mazkur hodisaning mohiyatini ifodalamaydi. Boshqa qonunlar uchun miqdoriy jihati muhim hisoblanadi, chunki miqdoriy, matematik ifodasiz ular o‘zining aniqliligini yo‘qotadi va faqatgina tendensiya sifatida ishtirok etadi, ya’ni jarayonning yo‘nalishini ko‘rsatib beradi.
Prognozlash uchun uning haqiqiy ekanligi to‘g‘risida masala muhim ahamiyat kasb etadi. Prognozlashning haqiqatligi deb kelajakda amalga oshirilishi va ushbu kelajakning nihol ko‘rinishida hozirgi paytda mavjud bo‘lgan ob’ektiv imkoniyatlar, tendensiyalarni bashoratlash shakllarining muvofiqligi tushuniladi. Kelajakni bashoratlash haqiqatligi umumiy ko‘rinishda tadqiq etilayotgan sohada nazariyaning holati, u to‘g‘risida bilimning tavsilotiga bog‘liq.
Ushbu masala prognozlash haqiqatligining mezonlar muammosi bilan ham bog‘liq. Ular ikki sinfga bo‘linadi: amaliy mezonalar va mantiqiy (bevosita) mezonlar. Bosh mezoni sifatida amaliyot hisoblanadi. Iqtisodiy prognozlarning ishlab chiqish jarayonida amaliyot prognozlashning barcha bosqichlarida: tadqiq etilayotgan ob’ektga mos bo‘lgan prognozlash usullarini tanlashda; prognoz qilinayotgan ob’ektni tavsiflovchi dastlabki axborotlarni tanlashda; prognozni tuzishda va uni keyinchalik amalga tadbiq qilishda va h.k.da haqiqatlik mezoni sifatida ishtirok etadi.
Mantiqiy mezonlar to‘g‘risida gap yuritganda ular amaliy mezonining alohida holatlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Prognozlash amaliyotida mezonlarning ikkala guruhi hamjihatlikda ishtirok etadi. Bu shu bilan shartlanadiki, amaliyot o‘zi haqiqat mezoni sifatida mutlaq emas, balki nisbiydir va shu bois qo‘shimcha mezonlarni talab etadi.
SHunday qilib, amaliyot fan qonunlari asosida prognozning ilmiy haqqoniyligi orqali prognostik taffakurida haqiqatlik mezonining o‘ziga xos o‘rnini egallaydi. Prognozlarning haqiqiyligini tekshirishning ushbu uslubi bilan barcha bilim turlarini mantiqiy asoslanganligi, sezib bo‘ladigan haqqoniyligi, sinov va intuitiv baholash kabi tekshirish shakllari chambarchas bog‘liq. Ularning orasidan iqtisodiy prognozlash uchun mantiqiy asoslanganligi va sinov aynan muhim hisoblanadi.
Mantiqiy tahlil qilish usuli kelajak to‘g‘risida bilimni amaliyot bilan tasdiqlangan ob’ektning hozirgi va o‘tgan holati to‘g‘risidagi bilimdan chiqarilishiga asoslangan. Undan samarali foydalanishning asosiy sharti dastlabki ma’lumotlarning ob’ektivliligi hisoblanadi. Prognoz qilinayotgan hodisaning o‘tgan va hozirgi holati bo‘yicha to‘plangan bilimlarning to‘liqligi va chuqurliligi hisoblanadi.
Iqtisodiy sinov ilgari surilgan gipoteza, konsepsiyalarni ham shartli iqtisodiy-matematik modellari, ham maxsus ajratilgan iqtisodiy ob’ektlarda (sex, korxona, ishlab chiqarish birlashma, tarmoq va boshqalar) bevosita tekshirishdan iborat. Prognozlash haqiqatligining boshqa tomoni ularni olish uchun muayyan talab va sharoitlarni aniqlash va ularga amal qilish hisoblanadi. Bularga quyidagilar kiradi: tarixiy va mantiqiy yondoshuvlarning hamjihatligi, prognozlashning har tomonligi va majmuaviyligi va h.k. Prognozlashning haqiqatliligini bir vaqtning o‘zida ta’minlanishi nafaqat umumiy metodologik talablar bilan, balki prognozlash uchun maxsus bo‘lgan tadqiqot vositalaridan foydalanish kabi holatlar bilan bog‘liq. SHu bilan birga ushbu prognostik vositalar prognozlashning ikkilamchi, qo‘shimcha umumiy metodologik usuli va vositasi hisoblanadi, ularsiz haqiqiy prognozlarni olish mumkin emas. Makroiqtisodiyprognozlashning maksimal samaradorligi faqatgina uning maxsus usullarining dialektik va tarixiy materializmning umumiy metodologik usul va talablari bilan uyg‘unlashganligi asosida ta’minlanishi mumkin.
Iqtisodiy prognozlarning qiymatligi nafaqat prognoz qilinayotgan hodisalarning ijtimoiy ahamiyati bilan, balki ularning aniqligi va to‘laligi bilan tavsiflanadi. Aniqlik va to‘lalik ko‘rsatkichlari prognoz qilinayotgan ob’ektning sifatli va miqdoriy aniqlilik darajasini ifodalashni nazarda tutadi. Ularning mohiyati prognoz qilinayotgan ob’ektning xususiyatlari bilan bog‘liq. Ayrim hollarda buning uchun faqatgina kelajak rivojlanishining umumiy tendensiyasini bilish kifoya qilinadi, boshqa hollarda esa uning miqdoriy o‘lchamlarini kengaytirilgan baholash talab etiladi. Umumiy talablar prognozning aniqligi va to‘laligi prognozlash maqsadlariga muvofiqligi hisoblanadi.
Rivojlanayotgan davlatlarda prognozlashning ilmiy tavsifi tabiat va jamiyat qonunlarini bilishga asoslangan. Rivojlangan mamlakatlardagi jamiyatshunoslar ob’ektiv qonunlar mavjud emas deb e’tirof etadi. SHu nuqtai nazardan ijtimoiy prognozlash fan qonunlaridan chetlanadi va birinchi qatorda amaliy prognostika usullari va u yoki bu hodisaning miqdoriy va sifatli baholash kabilari joy oladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalar universal tavsifga ega emas, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalarning alohida tomonlariga mansub bo‘ladi, prognozlash o‘zi esa alohida yakka masalalar ko‘pincha ommaviy hodisalar sohasidagi masalalarni echishga qodir bo‘lgan amaliy fan sifatida ishtirok etadi.
Iqtisodiy prognozlash sinfiy tavsilotga ega. U tarixan belgilangan ishlab chiqarish uslublari, mavjud bo‘lgan va rivojlanayotgan ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tarkibidan yirok ravishda ko‘rib chiqilishi mumkin. SHundan kelib chiqadiki, rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarning tizimlari o‘rtasidagi farqlar iqtisodiy prognozlashning maqsadi, usullari va mohiyatida ekanligidadir. O‘zbekistonda iqtisodiy prognozlash mamlakatning barqaror rivojlanishi, xalq farovonligini oshirish va xukumat strategiyasini to‘liq bajarishga uchun xizmat qiladi. Rivojlangan mamalkatlarda esa iqtisodiy prognozlar monopoliyalar, ustun turuvchi sinflar manfaatdlarida amalga oshiriladi, hattoki milliy manfaatlariga zid bo‘lgan holatlarda ham eng yuqori daromad olish uchun sharoitlarni yaratishga dastak hisoblanadi.
SHu bilan bir qatorda rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy prognozlashning kamchiliklari mavjudligiga qaramasdan iqtisodiy prognozlashni ishlab chiqish texnika va uslubiyati muayyan qiziqishni uyg‘otadi va ushbu tajribani tanqidiy ravishda tahlil qilish sharti bilan ularni mamlakatimiz iqtisodiy prognozlash amaliyotiga tatbiq etish mumkin.
Fanning vazifasi mamlakat iqtisodiyoti yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarorlaridan kelib chiqadi. Ushbu vazifalar hozirgi bosqichda mamalakatning iqtisodiy strategiyasi bilan belgilanadi. Har qanday strategiya kabi mamlakatning iqtisodiy strategiyasi vazifalarni, fundamental va uzoq muddatli maqsadlarni qo‘yish bilan boshlanadi. Ulardan eng muhimi aholining yashash tarzini moddiy va ma’naviy yuksalishi hisoblanadi. Iqtisodiy strategiya qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yo‘llarni va vositalarni aniq belgilash kabilarni o‘z ichiga oladi. Bunda iqtisodiy prognozlash muhim o‘rin egallaydi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin