N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§ 8.4. Prognoz turlarining klassifikatsiyasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə56/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§ 8.4. Prognoz turlarining klassifikatsiyasi
Iqtisodiy prognozlashning eng muhim nazariy muammolaridan biri prognoz tipologiyasini tuzish hisoblanadi. U turli mezon va belgilar (prognozlashni tashkil etish maqsadi, vazifalari, ob’ekti, usullari va x.k.) yordamida tuzilishi mumkin. Ularning eng muhimi quyidagilar hisoblanadi: prognozlashning miqyosi, oldini olish vaqti, ob’ektning tafsiloti, prognozning funksiyasi.

Prognozlashning miqyosi bo‘yicha prognozlar quyidagilarga bo‘linadi: makroiqtisodiy va tarkibiy (tarmoqlararo va hududlararo) prognozlar, iqtisodiy majmualari (yoqilg‘i-energetika, agrosanoat, investitsion, ishlab chiqarish infratuzilma, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasi)ni rivojlantirish prognozlari, tarmoq va hududiy prognozlari, iqtisodiyot tizimining birlamchi bug‘inlari (korxona. ishlab chiqarish birlashmalari hamda alohida ishlab chiqarish va mahsulotlar) prognozi.

Prognozlar vaqt davriyligi bo‘yicha tezkor, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli va olis muddali prognozlarga bo‘linadi. Tezkor prognoz bir oygacha, qisqa muddatli bir oydan bir yilgacha, o‘rta muddatli bir yildan besh yilgacha, uzoq muddatli besh yildan o‘n besh to yigirma yilgacha, olis muddatli esa ushbu muddatdan ortiq bo‘lgan davrga tuziladi.
Sanab o‘tilgan prognoz turlari shuningdek tadqiq etilayotgan jarayonlarni baholash mohiyati va tavsiloti bilan bir-biridan farq qiladi. Tezkor prognozlar prognoz davrida tadqiq etilayotgan ob’ektda miqdor va sifat jihatdan hech qanday sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi degan tahminlarga asoslanadi. Ularda kutilayotgan voqealarning aniq miqdoriy baholash ustun turadi. Qisqa muddatli prognozlar faqatgina miqdoriy o‘zgarishlarni nazarda tutadi. Unga muvofiq holda voqealarning baholanishi ham miqdoriy tarzda amalga oshiriladi. O‘rta muddatli va uzoq muddatli prognozlar tadqiq etilayotgan ob’ektda miqdor va sifat jihatidan o‘zgarishlarga tayanadi, shunda o‘rta muddatli miqdoriy o‘zgarishlar sifatli o‘zgarishlardan ustun turadi. O‘rta muddatli prognozlarda voqealarning miqdoriy-sifat, uzoq muddatli prognozlarda esa sifat-miqdoriy baholash amalga oshiriladi. Uzoq muddatli prognozlar faqatgina sifatli o‘zagrishlarga tayanadi, bu erda faqatgina tadqiq etilayotgan ob’ekt rivojlanishining umumiy qonuniyatlari to‘g‘risida gap boradi. Bunda prognoz qilinayotgan voqealarni baholash shakli sifatli hisoblanadi.

Tadqiq etilayotgan ob’ektning tafsilotiga qarab prognozlarning bo‘linishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli jihatlari bilan bog‘liq. Ushbu belgi bo‘yicha quyidagi iqtisodiyot prognozlari ajralib turadi: ishlab chiqarish munosabatlarning rivojlanishi; ijtimoiy-iqtisodiy asoslari va ilmiy-texnik taraqqiyotining oqibatlari; o‘sish dinamikasi (uning sur’ati, omillari va tuzilmalari); mehnat resurslarning takror ishlab chiqarishi, bandliligi va kadrlarni tayyorlash; tabiiy resurslardan iqtisodiy foydalanish; asosiy fondlar va sarmoya qo‘yilmalarining takror ishlab chiqarishi; aholining hayot tarzi; moliyaviy munosabatlar, daromad va narxlari; tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalar.


Ushbu sanab o‘tilgan yo‘nalishlardan har biri alohida ahamiyatga ega va mustaqil tarzda ishlab chiqilishi mumkin. SHu bilan birga ular o‘rtasida xalq xo‘jaligini prognozlashning ilmiy tavsilotini ta’minlovchi metodologik hamjihatliligi mavjud. Iqtisodiy prognozlash hamjihatlikda boshqa prognozlashningturlari (ijtimoiy, siyosiy, demografik, ilmiy-texnik, tabiiy resurslarni prognozlash va shu kabi) bilan birga amalga oshiriladi. Ushbu progozlarning natijalari xalq xo‘jaligi va iqtisodiy prognozlashningboshqa turlarida inobatga olinadi. O‘z navbatida iqtisodiy prognozlar boshqa barcha ijtimoiy jarayonlarning prognozlash va rejalashtirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Turli xil prognozlarning aloqasi ularni ishlab chiqish ketma-ketligida ham o‘z ifodasini topadi. Xususan, iqtisodiy prognozlar ilmiy-texnik taraqqiyoti, tabiiy resurslar, demografik jarayonlar va x.k. ning prognozlaridan keyin ishlab chiqiladi.
Prognozlar tipologiyasi, shuningdek,kelajak to‘g‘risidagi axborotning manbalari va prognozlashning uslublari kabi masalalar bilan uzviy bog‘langan. Prognoz axborotlarning manbalari uch turga bo‘linadi: to‘plangan tajriba (tadqiq etilayotgan hodisa, jarayon, voqealarning kechiishi va rivojlanishining qonuniyatlarini bilishga asoslangan); mavjud tendensiyalarning ekstrapolyasiyasi (rivojlanish qonuni o‘tgan va hozirgi paytda ma’lum); prognoz qilinayotgan ob’ektlar bo‘yicha modellarni kutilayotgan yoki belgilangan sharoitlar uchun tuzish. Ushbu axborot manbalari doirasida bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi prognozlashning uchta uslubi mavjud: ekspertli (dastlab axborotlarni –so‘rovnoma, intervyu, savolnoma –yig‘ish va uni qayta ishlashgahamda prognoz uchun qo‘yilgan vazifalarga nisbatan ekspert(lar) fikrlariga asoslangan), ekstrapolyasiya –ob’ektning kutilayotgan rivojlanishini o‘rganish va ushbu rivojlanishning qonuniyatlarini o‘tgan va hozirgi davrdan kelajakka o‘tkazilishi; modellashtirish – prognoz qilinayotgan ob’ektning kutilayotgan va belgilangan o‘zgarishi doirasida uning qidiruv va me’yoriy modellarini tadqiq etish. Prognozlash amaliyotida sanab o‘tilgan barcha axborot manbalaridan va prognozlarning barcha uslublaridan birgalikda foydalaniladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin