N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


-Rasm. Iqtisodiy prognozlar tasnifi sxemasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə58/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

8.2-Rasm. Iqtisodiy prognozlar tasnifi sxemasi


Tashqi iqtisodiy prognozlar – jahon iqtisodiyoti, mamlakatimizning kapital va rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo va xalqaro bozor kon’ukturasi shakllanishining umumiy tendensiyalarini qamrab oladi.
Ekologik prognozlar – atrof-muhitdan foydalanish holatini, tabiiy muhitning ifloslanish muammolarini, o‘simlik va hayvonot dunyosining rivojlanish istiqbollarini, qishloq xo‘jaligi hosillarining unumdorligini, salbiy ekologik oqibatlarni minimallashtirish maqsadida ishlab chiqarishni amalga oshirish imkoniyatlarini tadqiq etadi.
Ushbu ajratib ko‘rsatilgan 10 ta guruhlarning barchasi jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini tahlil qilish va boshqarish uchun juda zarur. Ma’lum bir mustaqil prognozlarning o‘ziga xos xususiyatlari ham aniqlashtiriladi, masalan, rejalar bilan taqqoslanganda. Axir, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 10 ta guruhlardan (2-rasm) faqatgina uchtasida to‘liq, umumqamraboluvchi prognozlashtirishni amalga oshirish mumkin. Bular: “Ishlab chiqarish”, “Kapital qo‘yilmalar va kapital qurilish”, “Moliyalar, daromadlar, narxlar” guruhlaridir. Qolgan ettita guruh to‘liqsiz boshqariladigan jarayonlar va hodisalarga tegishlidir; ushbu guruhlar bo‘yicha qisman prognozlashtirishni amalga oshirish mumkin. YAxlit tarzda esa ularni faqatgina prognozlar qamrab oladi.
Prognozlashtirish muddati (ogohlantirish davri) bo‘yicha operativ, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli, o‘ta uzoq muddatli prognozlarga ajratiladi. Ulardan har birining turli xildagi tipi va guruhi prognozida vaqt oraliqlari doimiy bo‘lmaydi, ammo ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirish uchun ushbu intervallar rejalashtirishning umumbelgilangan muddatlariga yaqin hisoblanadi. Muddati 1 oygacha bo‘lgan prognozlar operativ prognozlar hisoblanadi. Qisqa muddatli prognozlarning ogohlantirish muddati 1 oydan 1 yilgacha bo‘ladi. O‘rta muddatli prognozlarda imkoniyat darajasi 1 yildan 5 yilgacha bo‘ladi. 5 yildan 15 yilgacha bo‘lgan prognozlar uzoq muddatli prognozlar hisoblanadi. 15 yildan yuqori bo‘lgan prognozlar esa – o‘ta uzoq muddatli prognozlar sirasiga kiradi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan prognozlar faqatgina oy va yillar jihatidan emas, balki boshqa yana ko‘plab o‘zining ma’noli xususiyatlari orqali ham farqlanadi. Qisqa muddatli va operativ prognozlar asosan boshqarilmaydigan jarayonlarni, shuningdek, boshqariladigan jarayonlar bo‘yicha rejaning bajarilishiga baho berishni qamrab oladi. O‘rta muddatli prognozlar kompleks tarzda tendensiyalarni, sur’atlarni, nisbatlarni, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning sabab-oqibat omillarini,kapital qurilish hamda investitsion qarorlarning istiqbollarini, pul-moliya tizimidagi o‘zgarishlarni namoyon etadi. Uzoq va o‘ta uzoq muddatli prognozlar yordamida ilmiy-texnika taraqqiyoti, demografik jarayonlar, tabiiy resurslardan foydalanish va ularning holatidan kelib chiquvchi xalq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarning strategik jihatlari tadqiq qilinadi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin