N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


-rasm. Mehnat resurslari tarkibi va aholi bandligini aniqlash ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə42/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

7.1.1-rasm. Mehnat resurslari tarkibi va aholi bandligini aniqlash ko‘rsatkichlari3
Davlatning ish bilan bandlikka ko‘maklashish tamoyili asosida mehnat qilish huquqini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy jihatdan erkin ishtirokchilari iqtisodiy xulq-atvoriga bevosita usullar bilan tuzatish kiritishdan iboratdir. Bunda davlatning ish bilan bandlikka bevosita ta’sir ko‘rsatish choralari rag‘batlantiruvchi tadbirlarining ustuvorligiga asoslanadi. Bu o‘rinda mehnatkashlarning tadbirkorlar va hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini hamda erkinliklarini buzadigan vositalar bo‘lmasligi kerak. Ish bilan bandlikda ko‘maklashish tamoyili bir qancha jihatlarga egadir. Ish bilan bandlikka ta’sir ko‘rsatishning o‘zini ochib berish asosida uni (bandlikni) istalgan yo‘nalishda shakllantirish jarayonini bevosita to‘g‘ri yo‘lga solish yotadi.

Ushbu rasmdagi ko‘rsatkichlar yordamidan foydalangan holda quyidagi formulalarni ishlab chiqish mumkin.


  1. Band bo‘lgan aholining iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha qayta taqsimlanishi:


(7.1.1) 4


Bunda: o‘z ish o‘rnini o‘zgartirishga ehtiyoji bo‘lgan xodimlar hissasini aks ettiruvchi koeffitsient;

-qishloq hududi tarmoqlari bo‘yicha qayta taqsimlanadigan xodimlar soni.


  1. Iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha band bo‘lmagan aholini taqsimlash sharti:


; (7.1.2)


Bu erda: ma’lumot darajasi va yoshi bo‘yicha ish o‘rniga ega bo‘lmagan aholi soni hissasini aks ettiruvchi koeffitsient;

- ijtimoiy ishlab chiqarishda ishchi kuchi sifatida taklif etilgan band bo‘lmagan aholining sohalar bo‘yicha umumiy soni, kishi.


Mehnat resurslari balansi - mehnat resurslari mavjudligini hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar (ishsizlar) soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va iqtisodiy faol bo‘lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MM = MRA - B - IFA, bunda: (7.1.3)
MM - ishga joylashtirishga muhtoj band bo‘lmagan aholi (ishsizlar);
MR -mehnat resurslari;
B - bandlar;
IFA - iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi.
Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yig‘indisi sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MR = MLA + IO‘P5, bunda: (7.1.4)
MR - mehnat resurslari;
MLA -mehnatga layoqatli yoshdagi aholi;
IO‘P - ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar.
MLA soni mehnatga layoqatli yoshidagi aholi (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari, shuningdek imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi:
MLA = E(16-60) + X(16-55) - Nog - Pi, bunda: (7.1.5)
E(16-60) - 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
X(16-55) - 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar;
Nog - mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari;
Pi - imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi pensionerlar.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonini aniqlash uchun bandlik masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganib chiqish ma’lumotlari asosida:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so‘rab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
SCHSi = SSi : SS x 100, bunda: (7.1.6)
SCHSi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar salmog‘i;
SSi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar soni;
SS - mehnatga layoqatli yoshdagi so‘ralganlar soni, hammasi;
b) olingan salmoq ko‘rsatkichi bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
ITNRi = MLA x SCHSi : 100, bunda: (7.1.7)
ITNRi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug‘ullanuvchilar soni;
MLA - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
Mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslar soni quyidagi tartibda bosqichma-bosqich aniqlanadi:
1) Birinchidan, ishga joylashtirishga muhtojlarni aniqlash maqsadi uchun mehnat organlari tomonidan mehnat emigratsiyasi bo‘yicha savolnomaga muvofiq, mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlarni o‘tkazish paytida migrant mehnatchilar sifatida chet elda turganlar soni aniqlanadi. Buning uchun:
a) uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha (mehnat emigratsiyasi moduliga binoan) har chorakdagi o‘rganishlar ma’lumotlari asosida mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslarning so‘ralganlar umumiy sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
MMS = KMMS : SS x 1006, bunda: (7.1.8)
MMS - migrant mehnatchilarning so‘ralganlarning umumiy sonidagi salmog‘i;
KMMS - mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslarning (migrant mehnatchilarning) mehnat bilan bandlik masalasi bo‘yicha uy xo‘jaliklarini o‘rganish davomida aniqlangan soni;
SS - mehnatga layoqatli yoshdagi so‘ralganlar soni, hammasi.
b) migrant mehnatchilarning so‘ralganlarning umumiy sonidagi salmog‘i bo‘yicha migrant mehnatchilarning mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi umumiy soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
MM = MMS x MLA : 100, bunda: (7.1.9)
MM - migrant mehnatchilar soni, hammasi;
MLA - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
v) zarurat bo‘lganda, mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotganlarning soni jo‘nab ketgan yo‘nalishi (mamlakati) bo‘yicha aniqlanadi.
2) Ikkinchidan, umuman respublika bo‘yicha mehnat resurslarini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni hisobga olinadi. Ularning soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida" 2007 yil 15 maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Sxema bo‘yicha, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi:
a) chet elga ketganlarning soni va maqsadi to‘g‘risida bojxona deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika hisoboti ma’lumotlari;
b) mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha har yilgi sotsiologik o‘rganishlar ma’lumotlari;
v) mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan ruxsatnoma ma’lumotlari;
g) Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
d) uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha har choraklik o‘rganishlar ma’lumotlari.
Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi sonini aniqlash quyidagi formula asosida aniqlanadi:
IFA = O‘ + A + IN + IBB, bunda: (7.1.10)
IFA - iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi;
O‘ - ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan hamda ish haqi va mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar;
A - uy bekalari va bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar;
IN - ishlamaydigan uchinchi guruh nogironlari;
IBB - ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmagan shaxslar, shuningdek ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar.
Bandlik sohasida faol davlat siyosatini olib borish aholini ish bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etish orqali amalga oshiriladi. Bu dastur mehnat bozoridagi holat va uning rivojlanish istiqbollariga mos ravishda shakllanadi.
Bandlikni xududiy tartibga solish xududlar rivojlanishining ko‘plab o‘ziga xos jihatlarini hisobga olishni va ular asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora tadbirlarishlab chiqishni taqozo etadi. Ammo ko‘pchilik xududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida pasiv siyosat olib borilayotir. Masala, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatlarida ishsizlik darajasi yuqori darajada saqlanib turibdi. Bu xududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik resurslaridan etarli darajada foydalanilmayapti. Ulardan foydalanish darajasi o‘rtacha respublika darajasidan past.
SHunday qilib, mehnat bozornini tartibga solish siyosati iqtisodiy siyosatning ajralmas qismi bo‘lib, u quyidagi maqsadlar uchun xizmat qiladi:
-iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish va bo‘shagan ishchi kuchini qayta taqsimlash jarayonini tezlashtirish;
-ishsizlarni iloji boricha tezroq ishga jalb etish;
-ish izlayotgan xar bir kishini ish bilan ta’minlash.
SHuning uchun aholini ish bilan ta’minlash sohasida olib borilayotgan siyosatni qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-inson resurslarini yanada faolroq rivojlantirish;
-fuqarolarni yangi ish joylari va o‘z o‘zini ish bilan ta’minlash borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash;
-aholini ish bilan ta’minlash sohasida olib borilayotgan faoliyatni ijtimoiy iqtisodiy siyosatning boshqa yo‘nalishlarida olib borilayotgan faoliyat bilan muvofiqlashtirish;
-ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning ham tarkibiy ham kasbiy jihatdan balanslashuviga ko‘maklashish;
-qishloq joylarida ishchi kuchi xarakatlanishini va malakasini olishirshni rag‘batlantirish, shuningdek, uy joy bozorining shakllanishini tezlashtirish;
-yangi ish o‘rinlarini yaratish sur’atlarini aholi o‘sish sur’atlariga yaqinlashtirish;
-aholini ish bilan ta’minlash va ishchi kuchi migratsiyasi muammolarini echishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin