N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§7.3. Inflyasiyaning mohiyati va turlari va hisoblash usullari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə46/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§7.3. Inflyasiyaning mohiyati va turlari va hisoblash usullari
Inflyasiya nima? Inflyasiyaning soddalashtirilgan ta’rifi – bu baholarning umumiy darajasining oshishi. Inflyasiyaning to‘liq ta’rifi- bu tovar aylanmasiga zarur bo‘lgan pul massasi muomala vositalarining haddan tashqarari oshib ketishi, natijada pul birligi qadrining tushishi va o‘z navbatiga tovar baholarning oshishi
Inflyasiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi.
Bu erda qog‘oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi.
Qog‘oz pullar inflyasiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi.
Inflyasiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. Narxlar indeksi esa joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi8:

, (7.3.1)


bu erda:

NI – narxlar indeksi;


TNj – joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi;
TNb - bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi.
Narxlar o‘zgarishini hisobga olish qamroviga ko‘ra narxlar indeksining quyidagi turlarini hisoblash mumkin:
- iste’mol narxlari indeksi;
- ulgurji narxlar indeksi;
- narxlar indeksi – YAIM deflyatori;
- eksport va import narxlar indeksi.
Narxlar indeksidan foydalangan holda inflyasiya sur’atini (IS) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:

. (7.3.2)


Inflyasiyalarni kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyasiyaning bir qancha ko‘rinishlarini farqlash mumkin9.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin