§4.2. Importni tahlil qilish Kichik davlat gipotezasidan foydalanilganda, chet el valyutasidagi import narxi jahon bozorida aniqlanadi va o‘sha davlatning boshqaruvi organli tomonidan boshqarilmasligi nazarda tutiladi. Bu holda import hajmi ichki talab bilan importga bo‘lgan talab quyidagi formula ko‘rinishida aniqlanadi:
(4.4.1)
(+) (-)
BU ERDA:
M – importning qiymati;
Pm – eksportning milliy valyutadagi narxi;
Yd – ichki daromad (yoki ichki talab);
Py – ichki narxlar darajasi.
Import hajmi haqiqiy daromad yoki haqiqiy ichki xarajatlar oshganda o‘sishi mumkin. Narxlarning raqobatbardoshlik o‘zgaruvchanligi ularning nisbatan o‘zgarishiga import hajmining reaksiyasini, chunonchi mos valyutalarda ichki va tashqi narxlarning harakatini, shuningdek, almashish kursini aks ettiradi. Davlat ichida ishlab chiqariladigan tovarlar narxi import qilinadigan tovarlar narxiga nisbatan past bo‘lganida import tovarlar o‘rnini shu davlatda ishlab chiqarilgan tovarlar egallashi tendensiyasi kuzatiladi. Nisbiy narxlarning o‘zgaruvchanligi manfiy ma’no kasb etadi.
Importga bo‘lgan talabning kenglik shakli turli tovarlarda turlicha bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham importni mayda kategoriyalarga ajratadi: kapital, tayyor va yarim tayyor mahsulotlar prognoz qilinadigan ko‘rsatkichlarni masshtablar o‘zgaruvchanligi ishonchliligini oshiradi. Bundan kelib chiqqan holda kapital tovarlar importi uni amalga oshiradigan kapital qo‘yilmalarga, iste’mol tovarlar importini esa shaxsiy iste’molga bog‘liq ekanligini kutish mumkin. Bundan tashqari import bilan raqobatlashuvchi mamlakatlarda ishlab chiqilgan tovarlarning narxlar indeksi importning turli kategoriyalari bo‘yicha o‘zgarishi mumkin.
Importga bo‘lgan talabga daromad va nisbiy narxlardan tashqari boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kreditning mavjudligi bevosita import kreditlar taklif qilinganda importga ta’sir qiladi. SHuningdek, ichki xarajatlar darajasiga ta’sir etuvchi boshqa kreditlar orqali bilvosita ta’sir etadi. Miqdoriy chegarali va import takliflarining yuqori bo‘lishi importga bo‘lgan talabni cheklaydi. Prognozlashtirishda shu cheklovchi omillarning mumkin bo‘lgan o‘zgarishini hisobga olish kerak. Me’yoriy cheklashning o‘ziga va uning amalda ta’sir qilishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil bo‘lib chet el valyutasining yo‘qligi xizmat qilishi mumkin.