§9.5.1. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘lanishlarni
aniqlash usullari
Umumlashgan katta sonni tahlil qilish va konkret kuzatishda u yoki bu qonuniyatlarni aniqlash zaruriyatligi ko‘pgina iqtisodiy tadqiqotlarning harakterli xususiyati hisoblanadi. Real borliqda hech bir iqtisodiy zaruriyat bevosita sof holda namoyon bo‘lmaydi.
Bir qiymatni o‘zgartirish boshqasining o‘rtacha qiymatining o‘zgarishiga olib keladigan hollarda bog‘lanishni o‘rganish katta qiziqish uyg‘otadi. Mana shunday bog‘lanishga korrelyasion bog‘lanish deyiladi. Korrelyasiyani tahlil qilishdan maqsad, hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning zichligini o‘rganishdir. Bog‘lanishlar o‘z mohiyatiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy hodisalar, shu jumladan, iqtisodiy hodisalar odatda murakkab bog‘lanishga ega bo‘ladi.
Korrelyasion tahlil hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlaydigan usullardan biri hisoblanadi. Lekin faqat korrelyasion tahlil bog‘lanishning zichligi haqida oddiy baho bera oladi. Bu holat iqtisodiy tadqiqotlarda korrelyasion tahlilni keng qo‘llash imkoniyatini beradi. Korrelyasion tahlil haqida gapirganda regression tahlilni unutmaslik kerak. Regression tahlil hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning statistik tahlil usuli bo‘lib, bog‘lanish shakllarini tahlil qiladi. Regression tahlil natijalari regressiya tenglamalari va koeffitsientlarida sifat ifodasiga ega bo‘ladi.
Korrelyasion va regression tahlilning samaradorligi ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Korrelyasion va regression tahlil qilishdan oldin o‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasida bog‘lanish har tomonlama sinchiklab tahlil qilinishi lozim. Haqiqatan ham bog‘lanish mavjud bo‘lsa, korrelyasion va regression tahlil usulidan foydalanish hamda real ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni olish mumkin bo‘ladi.
9.5.1-chizma. Korrelyasion bog‘lanish tasnifi
Korrelyasion tahlilning birinchi vazifasi, korrelyasion bog‘lanish shakllarini, ya’ni regressiya funksiyasi ko‘rinishlarini (chiziqli, darajali, logarifmik va boshqalar) aniqlashdan iborat. Bog‘lanish shakllarini tanlash regression tahlil va tanlanayotgan funksiya haqidagi ma’lum gipotezalarni ishlab chiqish hamda tahlil qilishdan boshlanadi. Regressiyalarni tenglashtirish korrelyasion modellarning tarkibiy qismi bo‘lib, uni to‘g‘ri tanlay bilish, modellashtirishning eng mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi.
Tahlil vaqtida garchi ba’zi bir tanlangan shakllarning to‘g‘riligini baholashning ba’zi bir usullari ishlab chiqilgan bo‘lsa ham, bog‘lanish shaklini tanlay olish juda muhim hisoblanadi.
Iqtisodiy hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning murakkabligi ko‘pincha mavjud hodisalar butun kompleksini tahlili bilan qamrab olish mumkin bo‘lmagan holatni keltirib chiqaradi. Regressiyalarni konkret tenglashtirish har doim ma’lum darajada abstraktlash asosida quriladi. Regressiya tenglamalarini qurish hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish konkret shaklini aniqlashda gipotetik eksperiment hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |