Elektromagnitlar
Qora prokat metallar, cho‘yan bo‘laklari, metall qirindilar va har xil metall parchalarini transportga yuklash uchun elektromagnitlar ishlatiladi. Ular doira (M-22B, M-42B, M-40B, M-62B) va to‘g‘ri to‘rtburchak (PM-15 va PM-25) shaklda ish- lab chiqariladi. Doira shaklidagi elektromagnitlar plitalarni, metall g‘o‘lalarni, cho‘yan bo‘laklari, po‘lat list rulonlari, qirindi va hokazolarni ko‘tarish uchun ishlatiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakli elektromagnit uzun po‘lat buyumlar — shveller- lar, quvurlar, relslar, balkalar, aylana va kvadrat profilli po‘lat va boshqalarni ko‘tarishda ishlatiladi.
Ularning kamchiligi: yuk ko‘taruvchanligi nisbatan kichik; to‘xtovsiz ishlaganda ancha qiziydi.
39-rasm. Doira shaklidagi elektromagnit.
59
40-rasm. To‘g‘ri to‘rtburchakli elektromagnit.
Doira shaklidagi elektromagnitda (39-rasm) ikkita: tashqi 1 va ichki 9 qutblar bor. Elektr toki kabel orqali klitsa 7 bilan kontakt qisqichli quti 6 ga uzatiladi. Magnit zanjir 8 ga osiladi. Seksiya 10 li elektromagnit g‘altagi 2 doirasimon po‘lat korpus 3 ga joylashgan va pasti metall shayba 11 bilan, usti esa shayba 4 va tiqin 5 bilan berkitiladi. 1 va 9 qutblar, shuningdek, korpus kam uglerodli, magnit o‘tkazuvchanligi yuqori po‘latdan quyiladi.
To‘g‘ri to‘rtburchakli elektromagnitning (40-rasm) asosiy qismi quti 1, korpus 2, g‘altaklar 3 va 12, tashqi 5 va ichki 7 qutb, g‘altak qobig‘i 4, magnitsiz shayba 6, kontaktli shpil- ka 10, koromislo 11, g‘altakning chiqish joyi 9 va qopqoq 8 dan iborat.
Vakuumli qisqichlar. Turli list materiallar (po‘lat, rangli metallar, shisha va h.k.)ni, shuningdek turli qutilar, yashik- larni ko‘tarib tashishda vakuumli qisqichlardan foydalani- ladi.
Vakuumli qisqichlarning (41-rasm) asosiy qismi egiluvchan shlang 1, yassi prujina 6, halqa 5, metall disk 4 va kran 2, sharnir 3 dan tashkil topgan. Odatda, massasi 1 kg yuk ko‘tarish uchun 120...130 mm2 vakuum qisqichning aktiv yuzasi talab qilinadi. Shuning uchun diametri 608 mm li vakuum qisqich 1,0 t dan ko‘p yuk ko‘taradi.
41-rasm. Vakuumli qisqich.
Dostları ilə paylaş: |