N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə22/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

To‘xtatgich tirgagini hisoblash. Tirgak g‘ildirak tishi bilan ilashganda, siqilish yoki cho‘zilish va egilishga ishlaydi. Bunday sharoitda tirgakning xavfli kesmasida hosil bo‘ladigan kuch­lanish quyidagicha aniqlanadi:
a = BTb +f? ' [ a e. ] • (84)
bu yerda: В — tirgak eni; I — xavfli kesma geometrik o‘qi bilan tirgak aylanish markazi orasidagi masofa; b — tirgak qalinligi, mm; [a ] — ruxsat etilgan kuchlanish.
66
Tirgak 40X markali po‘latdan tayyorlanib, termik ishlov be- riladi (NRc 48...50). Bunday tirgak uchun ruxsat etilgan kuchlanish:
(85)
n =5 olinadi.
Tirgak o'qini hisoblash. Tirgak o‘qi asosan egilishga tek- shiriladi:


(86)
Meg
0,1[°eg] ’
bunda: Meg — o‘q xavfli kesmasidagi eguvchi moment, N-mm:
M„ = F ■ /1 = F (4 + c);
[° ] — o‘q materiali uchun ruxsat etilgan kuchlanish.
Tirgak o‘qi St3, 2,5 markali po‘latlardan tayyorlanadi.
Ruxsat etilgan kuchlanish [° ] < 50 MPa olinadi.
12-jadval
[^egb q,
n qiymatlari

Tishli g‘ildirak materiali

q, N/mm

^ = A m

Ehtiyot koeffitsienti

l^egl
MPa

Cho‘yan SCH15

150

2...4

5

30

35L11 55L11

300

1,5...4

4

80

St3

350

1...2

3

100

45

400

1...2

3

120


3.2.7. Tormozlar
Yuk ko‘taruvchi mashinalarda ko‘tarilayotgan yukni is- talgan balandlikda to‘xtatish, ko‘tarilayotgan va tushirilayot- gan yukning tezligini rostlash uchun tormozlardan foyda- laniladi.
67

  1. Bajaradigan vazifasiga qarab tormozlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. to‘xtatuvchi tormozlar — bunday tormozlar yukning harakatini to‘xtatadi;

  2. yukning tezligini rostlovchi tormozlar — bunday tormoz­lar yukni ma’lum tezliklarda ko‘tarish va pastga tushirishni ta’- minlaydi.

  1. Tormoz detallarining konstruksiyasiga qarab, tormozlar — kolodkali (qolipli), tasmali, diskli, konussimon va hokazo turlarga bo‘linadi.

  2. Ish sirtlarining o‘zaro ta’siriga qarab qisib qo‘yilgan va bo‘shatib qo‘yilgan turlarga bo‘linadi.

Normal qisib qo‘yilgan tormozlarning ishqalanuvchi sirtlari doimo bir-biriga tegib turadi. Ularni ajratish uchun qo‘shimcha kuch ishlatish talab qilinadi.
Normal bo‘shatib qo‘yilgan tormozlarning ishqalanuvchi sirtlari bir-biriga tegib turmaydi. Ularni yaqinlashtirish uchun qo‘shimcha kuch ishlatish talab qilinadi.

  1. Ishlash prinsipiga qarab tormozlar avtomatik va boshqa- riladigan tormozlarga bo‘linadi.

Kolodkali tormozlar. Yuk ko‘taruvchi mashinalarda kolodkali tormozlar keng tarqalgan. Kolodkali tormozlar richag va tor- mozlovchi kolodkalardan iborat bo‘lib, kolodkalar soniga qarab bir kolodkali va ikki kolodkali bo‘lishi mumkin.
Bir kolodkali tormozlar. Rasmda (45-rasm, a) bir kolodkali tormozning hisoblash sxemasi ko‘rsatilgan. Agar richag 1 tortuvchi kuch F bilan tortilsa, richakka o‘rnatilgan kolodka 2 N kuch bilan harakatlanayotgan valga o‘rnatilgan shkiv 3 ga ta’sir qiladi.
N kuchning miqdorini quyidagi tenglikdan aniqlash mumkin: bu yerda: lF kuchning yelkasi, mm; l1N kuchning yelkasi, mm.



Ftl = N ■ l1;

N = , N,
li

68


45-rasm. Kolodkali tormozlar sxemasi.

Harakatlanayotgan shkiv va kolodkaning ishqalanishidan hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi Fi shkivni to‘xtatishga harakat qiladi. Kolodka bilan shkiv o‘rtasidagi siquvchi kuch N va ishqalanish kuchi F quyidagicha aniqlanadi:


Fi = Nf
bu yerda: f — ishqalanish koeffitsienti (13-jadval).
Shkivni to‘xtatuvchi momentni Ft bilan belgilasak, siquvchi kuch N va tortuvchi kuch Ft quyidagicha aniqlanadi: richagning aylanish o‘qiga nisbatan muvozanat tenglamasi:
Ft-l - Nlr - F.-b = 0,
bu yerda: l — Ft kuchining yelkasi; lr — N kuchining yelkasi; b F kuchining richagning aylanish o‘qiga nisbatan yelkasi.
Yuqoridagi tenglikdan:
r _ Nir + Fi- b _ Nli + Nfb _ N (4+fb)
Л 1 l l
Agar shkiv soat miliga teskari yo‘nalishda aylansa,
69

Umumiy holda
F = N (/1 ± fb)
Л l •
Kolodka bilan shkiv o‘rtasidagi siquvchi kuch N richag ta- yanchlariga va shkiv valiga ta’sir qiladi, natijada shkiv vali va podshipniklarning o‘lchamlarini kattaroq olish kerak bo‘ladk Shu sababli bir kolodkali tormozlar juda kam (asosan dastaki yuritmali mexanizmlarda) ishlatiladk
13-jadval


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin