Ko'priksimon kranlar. Ko‘priksimon kranlar quyidagi gu- ruhlarga bo‘linadi:
— tayanchga o‘rnatilgan va osma kran balkalar;
— ko‘prikli kranlar;
— chorpoyali (kozlovoy) kranlar;
— kabelli kranlar.
Tayanchga o'rnatilgan kran balkalar. Tayanchga o‘rnatilgan kran balkalarning yuk ko‘taruvchanligi nisbatan kam bo‘lib, tayanchlar orasidagi masofa L uncha katta bo‘lmaydi. Kran aravachasi 2 bosh balka 1 bo‘ylab harakatlanadi. Kran g‘ildi- raklari 3 tayanchlarga o‘rnatilgan relslar bo‘ylab harakatlanadi (11-rasm).
Osma kran balka. Osma kran balka 1 osma tayanchlar 2 da (tayanchlar qurilish konstruksiyasiga osib qo‘yilgan) harakatlanadi (12-rasm).
13
14-rasm. Chorpoyali kran sxemasi: 1 — kran metallkonstruksiyasi; 2 — aravacha; 3 — rels.
15
Kabelli kran. Bir-biridan biror masofa uzoqlikda joylashgan ikkita ustuncha 1 va tarang tortilgan arqonlar 2 dan iborat kran kabelli kran deyiladi. Bu kranlarda tarang tortilgan arqonlar ko‘prik vazifasini o‘taydi. Arqon-ko‘prik ustiga aravacha o‘rna- tilgan bo‘lib, yuk ko‘tarish va yuk siljitish mexanizmi arava- chaga o‘rnatiladi (15-rasm).
Ko'targichlar. Ko‘targichlar yuklarni yoki passajirlarni ver- tikal yo‘nalishda balandlikka ko‘tarish va pastga tushirish ishlarida ishlatiladi. Ko‘targichlarda yuk ko‘taruvchi element vazifasini kabina, kovsh (cho‘mich) va platformalar bajaradi. Yuk tashuvchi elementlar yuk ko‘tarish mexanizmi yoki yuk tortish mexanizmi bilan ulangan bo‘ladi. Ko‘targichlarning tuzilishi bilan keyingi boblarda tanishamiz.