N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə3/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Reykali domkratlar. 2-rasmda reykali domkratning kinema- tik sxemasi ko‘rsatilgan. Bu domkrat uzatmasi tishli g‘ildirak 3 va tishli reyka 2 dan iborat bo‘lib, ishchi dastak 5 ni aylantirganda dastak bilan birga tishli g‘ildirak aylanib, reykani harakatga kel- tiradi, reyka esa yuk 4 ni ko‘taradi. Reyka va tishli g‘ildirak dom­krat korpusi 1 ichiga o‘rnatilgan. Domkratning yuk ko‘ta- ruvchanligi tishli uzatmaning uzatish nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Reykali domkratning foydali ish koeffitsienti // = 0,4 ... 0,5 bo‘lib, massasi 10 ... 20 tonna bo‘lgan yuklarni ko‘tara oladi. Yuk ko‘ta- rish tezligi v = 0,1 ... 1 m/min.
Gidravlik domkrat. Gidravlik domkratlarning foydali ish koeffitsienti //= 0,7... 0,8 bo‘lib, massasi 500 tonnagacha bo‘lgan yuklarni ko‘tara oladi. Bu domkratni yozda suv yordamida, qishda har xil suyuq moylar, glitserin, spirt va suv aralashmasi yordamida ishlatish mumkin. 3-rasmda gidravlik domkratning kinematik sxemasi keltirilgan. Bu domkratning ishchi porsheni 3 nasos 4 yordamida harakatga keltiriladi. Nasos porsheni richag 6 yordamida suyuqlikni ishchi porshen

3-rasm. Gidravlik domkratning kinematik sxemasi.
1 — korpus; 2 — ishchi porshen; 3 — yuk; 4 — nasos porsheni;
5 — suyuqlik; 6 — richag.




4-rasm. Chig‘irning kinematik sxemasi:
1 — yuk; 2 — arqon; 3 — baraban; 4 — arqonni barabanga bog‘lovchi
moslama; 5 — dastak.
ostiga haydaydi. Bunday domkratlarning uzatish nisbati D2/d2 ga teng bo‘ladi, bunda:
D — ishchi porshen diametri, mm;
dnasos porshenining diametri, mm.
Lebyodkalar. Lebyodkalar yuklarni vertikal yo‘nalishda ba- landlikka ko‘tarish, pastga tushirish, ayrim hollarda gorizontal yo‘nalishda surish ishlarida qo‘llaniladi.
Yuklarni ko‘tarib tushiruvchi lebyodkalar yuk ko'taruvchi lebyodkalar deyiladi.
Yuklarni gorizontal yo‘nalishda siljituvchi lebyodkalar tor- tuvchi lebyodkalar deyiladi.
Lebyodkalar qo‘l kuchi yordamida yoki elektrodvigatel yordamida harakatga keltiriladi.
Qo‘l kuchi yordamida ishga tushiriladigan lebyodkalar (4- rasm), arqon o‘raluvchi (g‘altak) baraban 3 va barabanni aylan- tiruvchi dastak 5 hamda yuk tortuvchi organ — zanjir yoki arqon 2 dan iborat bo‘ladi. Arqon yoki zanjirning bir uchi barabanga mahkamlanadi, ikkinchi uchiga ilgak mahkamlanadi. Bunday lebyodkalar chig‘ir (vorot) deyiladi. Chig‘irlarning uzatish nisbati dastak radiusi L ning baraban radiusi R ga nisbatiga teng bo‘lib, uncha katta bo‘lmaydi. Shuning uchun chig‘irlarning yuk ko‘taruvchanligi katta bo‘lolmaydi. Yuk ko‘ta-

5-rasm. Tortuvchi lebyodkaning kinematik sxemasi:
1 — yuk; 2 — arqon; 3 — baraban; 4 — tishli uzatma; 5 — dastak, 6 — korpus.

6-rasm. Yuk ko‘taruvchi lebyodkaning kinematik sxemasi: 1 — yuk; 2 — muvozanatlovchi blok; 3 — arqon; 4 — tishli uzatma;
5 — baraban, 6 — dastak.

ruvchanlikni oshirish maqsadida chig‘ir barabani va dastak o‘rtasiga uzatish nisbati kattaroq bo‘lgan uzatmalar o‘rnatiladi. Bunday chig‘irlar lebyodkalar deyiladi.


5-rasmda tortuvchi lebyodkaning kinematik sxemasi ko‘r- satilgan. Bunday lebyodkalarda yuk 1 tortuvchi organ 2 ga mahkamlanadi yoki arqon uchidagi ilgakka ilib qo‘yiladi. Arqonning ikkinchi uchi baraban 3 ga mahkamlanadi. Dastak 5 bilan baraban 3 o‘rtasiga tishli uzatma 4 o‘rnatiladi. Tor­tuvchi lebyodkalar yuklarni gorizontal yo‘nalishda surishga xizmat qiladi.
6-rasmda yuk ko‘taruvchi lebyodkaning kinematik sxemasi ko‘rsatilgan. Yuk ko‘taruvchi lebyodkalarda yuk biror baland- likka ko‘tariladi. Ko‘tarish balandligidan balandroqqa mu­vozanatlovchi blok 2 o‘rnatiladi. Bu blok o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qilish imkoniga ega. Yuk ko‘taruvchi arqon 3 ning bir uchi baraban 5 ga mahkamlanadi. Arqonning ikkinchi uchi muvozanatlovchi blokdan o‘tkaziladi va unga yuk 1 osiladi. Baraban 5 bilan dastak 6 o‘rtasiga tishli uzat- ma 4 o‘rnatiladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin