Aniq integralni mexanika masalalariga tatbiqlari. Biz oldin kattaligi o‘zgaruvchan va f(x) funksiya bilan aniqlanadigan kuch moddiy nuqtani [a,b] kesma bo‘yicha harakatlantirganda bajarilgan A ish qiymati aniq integral orqali
formula bilan hisoblanishini ko‘rsatgan edik. Ammo bu bilan aniq integralni mexanika masalalarini yechishga tatbig‘i chegaralanib qolmaydi. Bunga misol sifatida bu yo‘nalishda yana ikkita masalani ko‘rib o‘tamiz.
Notekis harakatda bosib o‘tilgan masofani hisoblash. Ma’lumki, biror v o‘zgarmas tezlik bilan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tekis harakat qilayotgan moddiy nuqtaning [a,b] vaqt oralig‘ida bosib o‘tgan s masofasi s=v(b-a) formula bilan hisoblanadi. Endi tezligi har bir t vaqtda o‘zgaruvchan va v=v(t) funksiya bilan aniqlanadigan notekis harakatda moddiy nuqtaning [a,b] vaqt oralig‘ida bosib o‘tadigan s masofani hisoblash masalasini ko‘ramiz. Buning uchun [a,b] vaqt oraligini a=t0, t1, t2, ….. , tn-1, tn=b nuqtalar bilan ixtiyoriy n bo‘lakka ajratamiz. Har bir (ti-1, ti) vaqt oraliqchalari uzunliklarini ti kabi belgilaymiz va undan ixtiyoriy bir nuqtani tanlaymiz. Moddiy nuqtaning (ti-1, ti) vaqt oraliqchalarida bosib o‘tgan masofasini si kabi belgilab, bu vaqtda uning vi tezligi taqriban o‘zgarmas va vi=v( )dеb olamiz. Bu holda si vi ti =v( )ti bo‘lib, bosib o‘tilgan s masofa uchun
taqribiy tеnglikni hosil qilamiz. Bu masofaning aniq qiymatini topish maqsadida bo‘lakchalar soni n ni cheksiz oshirib boramiz. Bunda cheksiz kamayib boradi deb hisoblaymiz. Natijada, aniq integral ta’rifiga asosan,
(10)
formulaga ega bo‘lamiz.
Misol sifatida tezligi v(t)=t2+3t qonun bo‘yicha o‘zgaradigan notekis harakatda [3,8] vaqt oralig‘ida bosib o‘tilgan s masofani (10) formulaga asosan topamiz:
Bundan tashqari aniq integral bir jinsli bo‘lmagan sim massasini, yassi chiziq va geometrik shaklning og‘irlik markazi, inersiya momentlarini hisoblash uchun ham qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |