N. R. Karimova boshlang`ich ta`lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi



Yüklə 12,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix17.09.2023
ölçüsü12,73 Mb.
#144851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Krossvord.
“Krossvord” atamasi ingliz tilidagi “cross” va “word” 
so’zidan olingan bo’lib, mantiqan (“cross” – kesib o’tish, kesishma, “word” – 
so’z) “bir-biri bilan kesishadigan so’zlar yig’indisi”, lug’aviy ma’nosiga ko’ra 
esa “kataklarni xarflar bilan to’ldirib, shu kataklarga yashirilgan, ishlanayotgan 
so’zni topish o’yini
1
” , - mazmunini anglatadi. 
Rebus.
Lug’aviy ma’nosiga ko’ra (“lotincha” narsa, buyum, narsalar 
bilan, narsalar vositasida) tushunchasi “voqea, hodisa, harakat ma’nosi mavxum 
so’zlar, teskari, chalkash ifodalar yordamida ifodalash
2
”, demakdir. Ushbu 
vositalardan foydalanish dars samaradorligi va refleksiv ko’nikmalarni 
rivojlantirishda asos bo’la oladi.
O’yin
- inson faoliyatining ko’rinishlaridan biridir. Murakkab va qiziqarli 
hodisa sifatida u turli kasbdagi kishilar diqqatini jalb etadi. O’yin - inson 
o’zligining namoyon bo’lishi, uning takomillashuv usulidir. O’yin kattalar 
hayotida muayyan o’rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. 
Uni “bolalikning hamroxi” ham deb atash qabul qilingan. U bolalar hayotining 
asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgan 
holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ullanadigan ko’p 
jiddiy ishlar o’yin shaklida bo’ladi. O’yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar 
ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o’ylaydi.
Bola shug’ullanadigan ko’pchilik jiddiy ishlar o’yin shaklida bo’ladi. 
O’yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi
gapiradi, idrok etadi, o’ylaydi, o’yin jarayonida bolaning xotirasi faol ishlaydi, 
ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo’ladi. O’yin tarbiyaning muhim 
vositasi sifatida namoyon bo’ladi. O’yinning pedagogik nazariyasini uning 
mohiyati va xususiyatlarini chuqurroq tushungandagina yaratish mumkin. 
O’tkazilgan tadqiqotlar o’yin nazariyasining asosiy masalalarini birmuncha 
chuqurroq yoritish imkonini beradi, chunonchi: 
1
O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi. Konimex – Mirzo/ Bosh tahrir hay’ati a’zolari: M.Aminov va boshq. 5-tom. T.: “O’zbekiston Milliy 
entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyot, 2002.-418 b. 
2
Rasulov I.M. talabalarning loyixalash madaniyatini kompyuter texnologiyalari vositasida rivojlantirish: pedagogika fanlari bo’yicha falsafa 
doktori ()...dis.-Toshkent:2018.-44-46 b. 


11 
1.O’yinning mohiyati va o’ziga xosligi. 
2.O’yinning bola tarbiyasidagi o’rni va uning bolalar bog’chasidagi 
pedagogik jarayonda tutgan mavqei.
Pedagogikada bolalar o’yini o’zida kattalar harakati va ular o’rtasidagi 
munosabatlarni aks ettiruvchi tarixan tarkib topgan faoliyat turi sifatida 
baholanadi. O’yin buyumli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni anglash 
ishiga yo’naltirilgandir. U o’zining kelib chiqishiga ko’ra ham, yo’nalishi va 
mazmuniga ko’ra ham ijtimoiy voqelik hisoblanadi.
O’yinning turlari. Bolalar o’yinlari o’zining rang-barangligi bilan ajralib 
turadi. Ular o’z mazmuni va tashkil etilishiga ko’ra, bolalarga ta’sir ko’rsatish 
darajasiga ko’ra, qo’llaniladigan buyumlarning turlariga, kelib chiqishiga ko’ra 
turlichadir. Bularning barchasi bolalar o’yinlarini turkumlashtirishni favqulodda 
qiyinlashtiradi, biroq, o’yinlarga to’g’ri rahbarlik qilish uchun ularni, albatta, 
guruhlash zarur. Pedagogikada o’yinlarni ikki katta guruhga bo’lish juda keng 
tarqalgan: ijodiy o’yinlar va qoidali o’yinlar.
Qoidali o’yinlar kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib 
kiriladi. Mazmuni qoidalarining murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi 
bolalarga mo’ljallangan bo’ladi. Tayyor qoidali o’yinlarning katta guruhni xalq 
o’yinlari tashkil etadi, ularning ko’plari avloddan avlodga o’tib, bizga yetib 
kelgan.
O’yinning tuzilishi. O’yin - bu bola faoliyatining turi. SHunday ekan, 
barcha faoliyatda bo’lgani kabi unga ham qator hislatlar: maqsadning 
mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali harakatlar, natijaning 
mavjudligi kabilar xosdir. Har qanday ko’rinishdagi o’yin tushunib olingan va 
maqsadga qaratilgan faoliyat tarzida kechadi. Har bir o’yinda bola uchun 
ahamiyatli bo’lgan maqsad mavjud: qizchasini ovqatlantirish, kosmosga uchish, 
quvlashmachoq 
o’ynayotganda 
o’yin 
qatnashchisiga 
qo’l 
tekkizish, 
“qopqondan” qutulib chiqish va hokazolar.


12 
Bola o’yin mavzusi va mazmunini kelisha oladigan, rollarni 
taqsimlaydigan, o’z o’yin faoliyatini muayyan darajada rejalashtiradi. Boshqa 
faoliyat turlarida bo’lgani kabi o’yin jarayoniga bolaning butun shaxsiyati, uning 
psixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti va ta’sirchanligi, ehtiyoj va 
qiziqishlari jalb etiladi. O’yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, o’z bilimlarini 
qo’llaydi.
O’yin o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ular orasida sabablarning 
o’ziga xosligi asosiy hisoblanadi. O’yin - bu bolaning shaxsiy tashabbusiga 
ko’ra vujudga keladigan, o’zining faol ijodiy yo’sindagi, yuksak ta’sirchanlik 
ruhi bilan ajralib turadigan erkin va mustaqil faoliyati sifatida bola shaxsining 
tarkib topish darajasiga ko’ra kechadi.
Bolalarning o’yindagi erkinligi va mustaqilligi shundaki, o’yinda amaliy 
ehtiyojlarga qaram bo’lmaydi, u o’zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan 
kelib chiqadi. Bola o’yindan zavq olish maqsadida foydalanadi. Bola o’yinining 
asosiy sababi “voqelikning uning uchun ahamiyatli bo’lgan tomonlarini boshdan 
kechirish” hisoblanadi
3
.
O’yin faoliyatining ijodiy tabiati. Haqiqiy o’yin doimo tashabbus, 
topqirlik, zukkolik bilan bog’liqdir. O’yinda bolaning tafakkuri va xayoloti faol 
ishlaydi. O’yin bola uchun ermak, quvonch manbaigina emas, uning diqqati, 
xotirasi, ijodiy tafakkuri va tasavvurini o’stirishga xizmat qiladigan vosita 
hamdir. Bola hayotida o’yin uning harakatga, ishga, atrofdagi hayot 
taassurotlarini tushunishga bo’lgan intilishini qondiradigan muhim faoliyat 
turidir.
Talab darajasida rivojlanayotgan bola ko’p harakat qiladi va ishtiyoq bilan 
o’ynaydi. O’yinni bolalar hayotini tashkil etishning forma va ko’rinishlaridan 
biri deb bejizga aytishmaydi. O’yin bola hayotini qiziqarli mazmun bilan 
to’ldiradi, uning xulq – atvorini shakllantirib boradi. Ko’p va diqqat bilan 
o’ynaydigan bolalar kamroq sho’xlik qilishadi, barcha bilan muloqotga kirisha 
3
S. L. Rubinshteyn. 


13 
oladigan, tartibli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lib ulg’ayadi. Jozibali 
o’yin ta’sirida bolaning qanchalik o’zgarib ketishiga bir nazar tashlang-a
kamgap bola ko’p gapiradigan, odamovi bola dilkash, qo’rs bola xushmuomila 
bo’lib qoladi. Tinib - tinchimas bola o’yinga berilganda boshqa hollarda bajara 
olmagan ishlarni o’yin jarayonida osonlik bilan amalga oshiradi. O’yin 
jarayonidagi muloqotlar bolalar uchun xulq - atvor normalarining amaliy 
maktabi bo’lishga erishishimiz kerak. 
Bunda ular o’yin harakatlarida nima yaxshi-yu nima yomonligini, 
vijdonan, adolatli, o’rtoqlarcha ish tutish nima, u qanday ekanligini anglab 
yetishlariga yordam beradi. O’yinlarni shunday tashkil etish kerakki, bunda 
soddalikdan asta sekin murakkablikka o’tish qoidalariga rioya etish kerak. 
Vaqti-vaqti bilan o’yin turlarini yangilab turish kerak. O’yin jarayonida 
bolalarning hamkorlik kabi ijodiy harakatlarini rag’batlantirib borish kerak. 
O’yinlar bolalarni ham aqliy, ham ma’naviy, ham axloqiy tarbiyasidagi tutgan 
o’rni benihoya kattadir. Bolalar tafakkurining shakllanishi va rivojlanishini
yaxshilash niyatida foydalanish mumkin bo’lgan quyidagi o’yin mashg’ulotlarni 
tavsiya qilmoqchimiz.

Yüklə 12,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin